O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi birinchi o‘yinini Iordaniyaga qarshi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Ushbu o‘yinda tomonlar durangga imzo chekishgan edi.
Ertaga terma jamoamiz Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bugun jamoamizning rasmiy o‘yin oldi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 10:30 da boshlanadi. Terma jamoamiz Guamga qarshi ko‘k rangli libosda o‘ynaydi.
Quyida jamoamiz vakillarining o‘yin oldi mashg‘ulotlaridan fotolavhani tomosha qilishingiz mumkin: