Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yana bir shou yaqin! Meyvezer Nurmagomedovning jang qilish taklifiga rozi bo‘ldi

Yana bir shou yaqin! Meyvezer Nurmagomedovning jang qilish taklifiga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning jang o‘tkazish chaqirig‘iga rozilik javobini berdi.

Avvalroq Nurmagomedov Meyvezerga jang o‘tkazish taklifi bilan chiqqandi.

CBS, Showtime va MGM Grand – pullarni tayyorlang. Leonard Ellerbi (Mayweather Promotions rahbari) sahifasiga qarang, Xabib Nurmagomedov meni jangga chorladi”, deb yozgan Meyvezer instagramda.

Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Adbulmanop Nurmagomedov jang Rossiyada o‘tkazilishi kerakligini aytgan.

“Bizda juda katta motivasiya bor. Jang qachon o‘tishi mumkin? Dastlab diskvalifikasiya muddati yakunlanishini kutish kerak”, deb aytgan Adbulmanop Nurmagomedov.

“Bu raqibni tor-mor etamiz. Xabib yaqin kurashda klinch holatiga o‘tadi, bu sof boksga o‘xshash bo‘lmaydi. Umid qilamanki, Xabibda imkon Makgregornikidan yuqoriroq.

Bizning burchakda Vasiliy Lomachenko, Mayk Tayson va Rossiyaning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo‘lishiga umid qilaman”, deb qo‘shimcha qilgan Adbulmanop Nurmagomedov.

Nurmagomedov 6 oktyabrda UFC 229 musobaqasi doirasida Konor Makgregorni mag‘lub etib, yengil vaznda UFC chempioni unvonini o‘zida saqlab qolgan. Meyvezer esa 2017 yil avgustida boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan jangda Makgregor ustidan g‘alaba qozongandi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 22:48, 15.10.2018.
O'qildi: 18096 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.