Kirish Ro'yxatdan o'tish

Farg‘ona bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari «Neftchi» a’zolari bilan uchrashishdi

Farg‘ona bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari «Neftchi» a’zolari bilan uchrashishdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Farg‘ona shahridagi viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida muassasa tarbiyalanuvchilari hamda “Neftchi” klubi a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.    Unda “Neftchi” jamoasi murabbiyi Ilhom Zaylobitdinov va futbolchilar Anvar Berdiyev, Sherzod Hakimov hamda  Shukurali Po‘latovlar ishtirok etishdi. Mehmonlarni futbol akademiyasi rahbari Bek Valijonovich Bekov  kutib oldi va hamrohlik qildi.    Dastlab “Neftchi” vakillari va futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchilar yosh ijrochilarga millionlar o‘yini dunyosiga qanday kirib kelganliklari, kelajakda mahoratli va professional futbolchi bo‘lib yetishish uchun insondan nimalar talab etilishi hamda yosh futbolchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Davra suhbati ancha samimiy ruhda kechdi.    Shundan so‘ng barcha maydonga yo‘l oldi. Maydonda Berdiyev, Po‘latov hamda Hakimovlar bolalarga mahorat darslarini o‘tashdi. Aytish kerakki, bo‘lajak futbolchilarda viloyatning taniqli futbolchilari bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazish katta taassurot qoldirdi. 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:58, 29.10.2018.
O'qildi: 7248 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.