Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Go‘zallik va hashamat uyg‘unligi

Go‘zallik va hashamat uyg‘unligi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qatarliklar JCH-2022 uchun mo‘ljallanayotgan bosh stadion loyihasini taqdim etishdi. Arena butun shahar kabi noldan barpo etiladi. «Futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilish huquqini yutganimizga 8 yil bo‘ldi. O‘sha vaqtdayoq bizdan mundialga doir qandaydir hayratomuz narsalar kutish mumkinligi xususida gapirgandik. Mana, va’damiz ustidan chiqyapmiz va shaxsan men yana alohida g‘ururlanyapman», — dedi JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Hasan al Tavadiy turnir uchun tayyorlanayotgan oxirgi - 8-stadion taqdimotida. Gap «Lusayl» arenasi haqida ketyapti. Bo‘lajak jahon chempionatining ochilish va yopilish marosimlari shu stadionda tashkillashtiriladi. Jahon futbol forumining asosiy arenasi loyihasi 15 dekabr kuni Qatarda mamlakat shayxi Tamim bin Hamad al Tani, BMT bosh kotibi Antonio Guterrish va boshqa yuqori mansabdor shaxslar guvohligida namoyish etildi.

Stadion loyihasi Buyuk Britaniyaning Foster and Partners firmasi tomonidan tayyorlangan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, sport inshootining oltinrang fasadi arab me’morchiligi va hududning hunarmandchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan. JCH-2022 tashkilotchilari Qatardagi barcha qurilish ishlarini 2020 yilga qadar yakunlash xususida va’da bermoqda. Mamlakat Moliya vaziri al Emadi bu borada lo‘nda gapirdi: «Odamlar Qatarga kela boshlagan vaqtda devorlarni bo‘yash bilan shug‘ullanmoqchi emasmiz aslo. Hammasi belgilangan muddatdan ancha oldin yakuniy ko‘rinishga kelishi shart». To‘g‘ri, hozircha bo‘lajak stadion uchun tanlangan hududda ko‘zga tashlanadigan alohida binoning o‘zi yo‘q. Rejaga muvofiq, jahon chempionatidan keyin «Lusayl» arenasi mutlaqo boshqa sohalarga moslashtiriladi: hududda maktab, do‘konlar, kafe, turli sport turlariga mo‘ljallangan inshootlar va poliklinika qad rostlaydi. Ko‘zda tutilgan binolarga joy ajratish uchun stadionning aksar modullashgan o‘rindiqlari butun jahondagi sport loyihalariga tuhfa sifatida bepul beriladi.

Ertaknamo stadion poytaxt - Doxa shimolidan 16 kilometr uzoqlikda qurilayotgan yangi shaharcha Lusaylning asosiy ramzi bo‘lishi kutilmoqda. Shaharni qoq cho‘l zonasida noldan bunyod etishyapti - bu «Qatar-2030» megaloyihasining bir bo‘lagi. Qurilish jarayoni 2006 yili boshlangan, lekin Qatar mundialga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan vaqt Lusaylda bitta ham uy yo‘q edi. Alohida ta’kidlashlaricha, yangi shahar juda «aqlli» va ekologik tomondan toza bo‘ladi. Loyihaga muvofiq, Lusayl yagona ma’lumotlar markazi bilan ta’minlanadi va ishlar osongina boshqariladi. Shuningdek, shaharcha aholisi o‘ta qulay sharoitlarga ega bo‘ladi. Xususan, barcha uylar «aql» tizimi bilan jihozlanadi. Deylik, pardani ochish-yopish yoki chiroqni yoqish-o‘chirish kabi ishlar telefon orqali bajariladi. Ushbu keng ko‘lamli qurilish ishlariga chamasi 45 mlrd. dollar sarflanadi (qimmatbaho stadion smetasi ham shuning ichida). Yana 40 mlrd. dollar shahar infratuzilmasini shakllantirish hamda aholi uchun mo‘ljallangan xizmat turlarini takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Darvoqe, shaharcha atigi 450 ming kishiga mo‘ljallangan. Shundan 190 ming kishi - ofis ishchilari va chamasi 60 kishi - do‘konlar xodimlari. Bugungi kunda yangi shahar taxminan 85 foizga tayyor.

Qatarda mundial bosh stadionini taqdim etishayotgan va kelajak shahri haqida ma’lumot berishayotgan vaqtda FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga oshirish masalasi hali ochiq ekanligini bot-bot ta’kidlashdan charchamayapti. U shuning barobarida yangilik amalga tatbiq etilgan taqdirda JCH-2022 doirasidagi ayrim o‘yinlar boshqa mamlakatlarda tashkillashtirilishi mumkinligini ham yashirayotgani yo‘q: «Bitta mamlakatdagi 8ta stadionda 48ta jamoa bilan yaxlit turnir o‘tkazish qiyinligini tushunish uchun Eynshteyn bo‘lish shart emas. Shunday ekan, JCH qatnashchilari sonini oshirish g‘oyasi ma’qullansa, katta ehtimolki, ayrim o‘yinlarni Qatardan tashqarida tashkillashga to‘g‘ri keladi».

 Qatar mundiali tashkiliy qo‘mitasi hozircha bunga oddiygina izoh bermoqda: «Tabiiyki, JCH ishtirokchilari soni bo‘yicha yakuniy qaror FIFA tomonidan qabul qilinadi, albatta. Lekin Qatar hukumati pozisiyasi ham inobatga olinishi muqarrar», — dedi Hasan al Tavadiy kengaytirish g‘oyasi yuzasidan.

• «Lusayl» stadioni JCH-2022 arenalari orasida sig‘imi bo‘yicha eng kattasidir - 80 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

• «Lusayl» loyihasi bilan shug‘ullangan Foster and Partners kompaniyasi «Kamp Nou»ni rekonstruksiyadan chiqargani va yangi «Uembli» chizmasini tayyorlagani bilan mashhur.

• Hozirda bo‘lajak mundialning 8ta stadionidan biri - «Xalifa» (Doxada joylashgan arenaning sig‘imi - 40 ming) to‘liq tayyor. Yana 2ta arena - «Al-Vaqra» va «Al-Bayt» keyingi yilning birinchi yarmida foydalanishga topshirilishi kerak. Barcha stadionlar qurilishiga jami 7 mlrd. dollar sarflanadi.

So‘z

- Yangi stadion - bu o‘tmishimizga hurmat va yorqin kelajagimizga ishora ramzi. U mamlakatimiz asoschisining uyi joylashgan yerda qad rostlaydi. Boshqacha aytganda, yangi shaharning qoq yuragida. Hasan al Tavadiy (JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbari).   

 

JCH-2022 STADIONLARI


AlWakrahStadium

Shahar: Al-Vaqra (aholisi - 87970 kishi)

Doxa markazigacha masofa:19 km.

Sig‘imi: 40000

Me’mor: Zaha Hadid (Buyuk Britaniya)

 

AlBaytStadium

Shahar: Al-Xor (aholisi - 202030 kishi)

Doxa markazigacha masofa: 43 km.

Sig‘imi: 60000

Me’morDar Al-Handasah (Livan)

 

Ahmed bin Ali Stadium

ShaharAl-Rayyan (aholisi - 392428 kishi)

Doxa markazigacha masofa: 23 km.

Sig‘imi: 40000

Me’mor: Ramboll (Daniya)

 

Al Thumama Stadium

Shahar: Doxa (aholisi - 1351000 kishi)

Doxa markazigacha masofa: 13 km.

Sig‘imi40000

Me’morArab Engineering Bureau (Qatar)

 

Education City Stadium

ShaharEdyukeyshn Siti, Doxa tevaragi (aholisi - 50000 kishi)

Doxa markazigacha masofa: 11 km.

Sig‘imi: 40000

Me’mor: FIA Fenwick Iribarren Architects (Ispaniya)

 

Ras Abu Aboud Stadium

ShaharDoxa (aholisi - 1351000)

Doxa markazigacha masofa: 10 km.

Sig‘imi: 40000

Me’morFIA Fenwick Iribarren Architects (Ispaniya)

 

Khalifa International Stadium

ShaharXalifa, Doxa tevaragi (aholisi - 50000 kishi)

Doxa markazigacha masofa: 13 km.

Sig‘imi: 40000

Me’morDar Al-Handasah (Livan)

 

Lusail Iconic Stadium

ShaharLusayl (450000 ming kishiga mo‘ljallanmoqda)

Doxa markazigacha masofa: 16 km.

Sig‘imi: 80000

Me’morFoster and Partners (Buyuk Britaniya)

 

Aytgancha, 8ta stadion ham Doxadan 34 km. radius atrofida. 2ta arena orasidagi eng uzun masofa - 55 km. Barcha arenalarni yagona metro tizimi bog‘lab turadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:39, 30.12.2018.
O'qildi: 5165 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.