Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Andrey Shipilov: «Metallurg» O‘FA va PFL talablarini doimo bajarib kelgan va shunday bo‘lib qoladi»

Andrey Shipilov: «Metallurg» O‘FA va PFL talablarini doimo bajarib kelgan va shunday bo‘lib qoladi»

Baho:
+ | -

“Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shipilov so‘nggi paytlarda turli nashrlarda klub va uning pozisiyasi haqida berilayotgan materiallarga o‘z munosabatini bildirdi.

— Andrey Sergeevich, keyingi paytlarda Sizning nomingizdan “Metallurg” futbol klubi va uning pozisiyasi yuzasidan ayrim tushunarsiz materiallar chop etilyapti. Go‘yoki, “Metallurg” O‘FA hamda PFLning talablarini bajarishdan bosh tortayotganmish?
— Bu bo‘lmagan gap. Biz O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda Professional futbol ligasi olib borayotgan islohotlar, o‘zgarishlarga aslo qarshi emasmiz. Aksincha, yangilanish yo‘lidagi har qanday ijobiy harakat va qarorlarni qo‘llab quvvatlaymiz. Men ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlarni hurmat qilaman. Ammo savollariga qaytargan javoblarimizni o‘z maqsadlari yo‘lida boshqacha talqin etishlari, bizni yuqori tashkilotlarimizga yomon ko‘rsatib qo‘yishlariga qat’iyan qarshiman. Mamlakat milliy chempionati – Pepsi Superligasining 2019 yilgi mavsumi arafasida klubning yangi mavsum arafasidagi maqsad va vazifalari haqidagi savollarga javob berib, yuksak natijalarga erishish uchun juda ko‘p, tinimsiz mehnat qilish kerakligini ta’kidlaganman. Natija yo‘lida maydonga tushishga eng munosib, tayyor o‘yinchilar xizmatidan foydalanishimni aytganman. Hatto terma jamoaga nomzod o‘yinchiga ham talab bir xil qo‘yilishini bildirganman. O‘yin kuni holati ham jismonan, ham ruhan murabbiylar shtabini qanoatlantirgan futbolchini maydonga tushiramiz, deganman. Xo‘sh, buning nimasi O‘FA yoki PFL talabini bajarmaslik ekan? Menga qolsa 1997 yil emas, undan kichik, 1999, 2000, 2001 yilda tug‘ilgan futbolchi bo‘lmaydimi, ularni ham maydonga tushirishga tayyorman, agar ijobiy natijaga erishishimizga yordam bera olishsa. Qani bu yerda yuqori futbol tashkilotiga bo‘ysunmaslik?

— O‘zi “Metallurg”da Reglament talablari bo‘yicha muammolar yo‘qmi?
— Maqtanishga yo‘ymangu, Osiyo chempionlar ligasida Vatanimiz sharafini himoya etayotgan jamoalardan tashqari “Metallurg” birinchilardan bo‘lib 2019 yilgi mavsum uchun buyurtma topshirdi. Agar klub oldida muammolar bo‘lganida yoki “Metallurg” O‘FA va PFL Reglamenti talablari bajarmaganida jamoa o‘yinchilari ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lardi. Ayni paytda yangi mavsum uchun chiqarilgan Reglament bo‘yicha ko‘z tegmasin barcha talablarni baholi qudrat ado etib kelayapmiz. O‘tgan mavsumlar uchun futbolchilar, murabbiylar oldida qarzdorlik yo‘q. Stadion yangi mavsum o‘yinlarini qabul qilishga deyarli tayyor. Markaziy stadionimizda so‘nggi pardozlar ishlari olib borilayapti. Futbol maydonini sug‘orish tizimi butunlay yangilandi, drenaj holati qayta ko‘rib chiqildi. Tribunadagi singan, yaroqsiz holatga kelib qolgan barcha o‘rindiqlar yangilandi. Yoritgich tizimimizda ham muammolar yo‘q. O‘tgan mavsumda projektor chiroqlari Filips kompaniyasi uskunalari bilan jihozlangach, yoritish tizimidagi kamchiliklar bartaraf etilgandi. Yangi mavsum arafasida shunchaki ularning nastroykasi qayta ko‘zdan kechirib chiqilmoqda. Transformatorimizning elektr muruvvatlari kuchlilariga o‘zgartirildi. Translyasiya jarayoni uchun ijodiy xodimlarga bu yil qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Jumladan, tasvirchilar turadigan maydon (ploshadka) yangilandi. Tasvirchilarning turli ob havo sharoitlarida uzluksiz ish olib borishlarini ta’minlash uchun ploshadkaga maxsus tom barpo etildi. Futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari, nazoratchi, komissar, hakamlar xonalari mavsum o‘yinlariga allaqachon shay. Biz sabrsizlik bilan chempionatning boshlanishini kutayapman. Fursatdan foydalanib, barcha ishqibozlarimizni stadionlarga chorlab qolaman. Keling, jamoamizni qo‘llab- quvvatlang, bizning o‘n ikkinchi o‘yinchimizga aylaning.

— Suhbatimiz yakunida OAV vakillariga ham tilaklaringiz bo‘lsa...
— Jurnalistlarni hurmat qilaman. Ular bor, matbuot bor kamchiliklarimizdan voqif bo‘lib turamiz. Men har qanday tanqidni eshitishga, taklifni o‘rganishga tayyorman. Faqat bitta maqsad – futbolimizni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, yosh, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida birlashaylik. Zero kelajak yoshlarimiz qo‘lida, ular mamlakatimiz dovrug‘ini olamga yoyishadi. Yurtimiz shon-shavkatini ko‘tarishadi. Shu yo‘lda kamarbasta barcha insonlarga omad va ulkan zafarlar tilayman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:47, 28.02.2019.
O'qildi: 2212 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.