Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Badavlat Entoni Joshua nega oddiy uyda yashaydi?

Badavlat Entoni Joshua nega oddiy uyda yashaydi?

Baho:
+ | -

Entoni Joshua – Britaniya boksining asosiy yulduzi, deya yozadi Worldnews.uz axborot agentligi.

U London-2012 ning Olimpiya chempioni, Vladimir Klichkoni nokautga uchratib, nafaqaga jo‘natgan shaxs, profida hech qachon yutqazmagan va og‘ir vazndagi barcha kamarlarni qo‘lga kiritgan (WBA, IBF, WBO va IBO). 

O‘zining g‘alabalaridan keyin kattagina pulga ega chiqadi: misol uchun Aleksandr Povetkin bilan o‘tkazilgan sentyabr jangida 20 million dollardan ko‘proq pul ishlab olgan. Titilgan divan, kir o‘rindiq, alkogolsiz hayot... 

Ayni paytda Entoni Amerika ringidagi debyuti va navbatdagi kamar himoyasi uchun tayyorgarlik ko‘ryapti. 1 iyun kuni Jarrell Miller bilan Nyu-Yorkda uchrashadi va yangi auditoriya yig‘ishga harakat qiladi.

Ayni kunlarda Joshua yozgi jangning tayyorgarliklari bilan band. Agar uni mashg‘ulotlardan keyin o‘zining hashamatli villasida hordiq chiqaradi deb o‘ylasangiz, qattiq adashasiz. 

Entoni 7 yildan beri janglar uchun Sheffildda tayyorgarlik ko‘radi va oddiygina bo‘lgan 2 xonali uyda yashaydi. Ushbu haftada u o‘zining kamtarona uyini boshqalarga ham namoyish qildi. Joshuaning mehmonxonasida ortiqcha narsa ko‘zga tashlanmaydi. Qora divan, bir juft oromkursi, televizor... 

Jihozlar ham antiqa emas: divanning har yeri titilib ketgan, oromkursilarda esa qahvadan qolgan dog‘ bor... Ammo Entoni bularning barchasidan rozi: "Buzilmagan narsani ta’mirlash kerak emas" degan maqolni bilasiz-ku!

Ushbu o‘rindiqlar juda qulay va menga yaxshi xizmat qilyapti. Ularni almashtirish uchun ehtiyoj yo‘q. Ushbu oromkursilarga o‘rnashib olgancha hordiq chiqaraman. Ularning bu yerda turganida 7 yildan oshdi. Bu menga kerakli narsaning barchasi bu!" deydi boks yulduzi. 

Joshuaning mehmonxonasidagi eng qimmat narsa – uning Normatec o‘rindig‘i bo‘lib, sportchi ushbu jihoz yordamida mashg‘ulotlar orasida pulsni qayta tiklaydi va dam oladi. Mazkur kursining narxi esa 130 dollarga teng.  Oshxona ham juda oddiy. Elektrik plita, stol, sovutgich... Sovutgichning ichi esa sabzavotlar, yangi siqilgan sharbat, kokos suvi va Supermalt ichimligi bilan to‘la. 

Bu yerda birortda spirtli ichimlik mavjud emas. Sportchining xonasi ko‘proq omborxonaga o‘xshab ketadi, unga bir kishilik karavot joylashtirilgan. Bu yerga boshqa narsaning ham sig‘ishi qiyin.

Entoni kurash avvalidan shunday sharoitda bo‘lishni yoqtirishi haqida aytdi: "Men og‘ir ish kunidan keyin shunday dam olaman, mashg‘ulotlar, sparring va ringda erishmoqchi bo‘lgan narsalarim haqida o‘ylayman. Bu yer juda sokin joy va menga hech kim halal bermaydi". 

Yana bir yotoqxona sal kattaroq – bu yerda ikki kishilik karavot bor, deraza ortida chiroyli manzarani ko‘rish mumkin. Ushbu xonada esa sportchining menedjeri Devid Gans yashaydi. 

Joshua o‘zining mashg‘ulotlar uyidan juda mamnun. Uning aytishicha, sharoitdagi minimalizm diqqatni bir yerga jamlash va faqat g‘alaba haqida o‘ylash, yutuqlarga erishish uchun yordam beradi. 

Ushbu uyning eng yaxshi tomoni – zalga juda yaqinligidir. Buning uchun shunchaki uydan chiqish, mashinaga o‘tirib, tepalikdan ikki daqiqalik yo‘l bilan pastga tushish kerak holos. "Hamma mendan nima uchun bunday sharoitda yashashim haqida so‘raydi. 

Men esa shu narsa menga yoqishi va uning ish berishini aytaman. Bu yerlar juda tinch. Har kimning o‘z hududi bor. Uhlashim uchun joy, yeyishga taomim mavjud. Uni so‘zsiz ravishda mashg‘ulotlar uchun eng yaxshi joy deya ayta olaman".

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 09:36, 20.04.2019.
O'qildi: 12401 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.