“So‘g‘diyona” – “Metallurg” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Ketma-ket 3 mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlarda biroz o‘zlariga ishonch yo‘qolgan edi. Shu sababdan ham bugun yaxshi natija qayd etishimiz shart edi. Yigitlarga borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat. Muxlislarga ham ajoyib qo‘llab-quvvatlashgani uchun tashakkur. Bugun oldinga qadam tashlay oldik, deb o‘ylayman. Lekin hali oldimizda turgan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Endi bor diqqat-e’tiborimizni navbatdagi uchrashuvga qaratamiz, - dedi mutaxassis.