Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Superligadagi moliyaviy muammolar haqida

Superligadagi moliyaviy muammolar haqida

Baho:
+ | -

Chempionat saviyasi tushib ketishi uchun, klublarda moliyaviy muammolar bo‘lishi lozim. Ular o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib, sifat haqida o‘ylay olmaydi. Demak, O‘zPFL yoki umuman O‘FAga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqarishning yo‘li bor — futbol klublarini puldan siqib qo‘yish.

Uzoqqa bormasdan, taxminan 3-4 yil avvalgi holat bilan bugungisini solishtirishga harakat qilamiz. Shuncha yillar oldin quyidagi klublarning yillik smetasi tahminan shunday ko‘rinishda bo‘lgan:

"Bunyodkor" — 50 mlrd so‘m
"Nasaf" — 40 mlrd so‘m
"Buxoro" — 25 mlrd so‘m
"Mash’al" — 20 mlrd so‘m
"Sho‘rtan" — 18 mlrd so‘m
"Neftchi" — 18 mlrd so‘m

So‘nggi ikki yilda esa bu raqamlar quyidagicha o‘zgardi:

"Bunyodkor" — 14 mlrd so‘m
"Nasaf" — 13 mlrd so‘m
"Buxoro" — 13 mlrd so‘m
"Mash’al" — 8 mlrd so‘m
"Neftchi" — 8 mlrd so‘m
"Sho‘rtan" — 6 mlrd so‘m

Ikki yil avval aytilgan 25 mlrd bizning sharoitda yaxshi klub uchun yetarlicha summa. Buning ichida ayollar, futzal, sifatli akademiyalarni shakllantirish mumkin. Biroq klublar hozir mavsumdan mavsumga yetib olsa katta gap. Mana shunday ahvolda ham yuqoridagi klublardan ayrimlari futbolchi va murabbiylar oldidagi majburiyatlarini bajardi, bu haqda kecha yozgandik.

Mana endi o‘ylab ko‘ring, o‘sha yillar davomida klublar nima qildi? Ularni kim nazorat qildi? Pullar qanday maqsadlarda sarflandi? Va hozir-chi? Biz bor-yo‘g‘i 6 klubni misol tariqasida keltirdik. Shugina smeta bilan ulardan akademiya talab qilyapmiz, bechora klublar ayollar va futzal jamoalari ham qilishi kerak. Hokimiyatlar viloyat FA uchun mablag‘ berishi o‘lim bilan barobar.

Klublarni shu qadar siqish evaziga OCHLda yo‘llanmalarimiz soni oshishi kerakmidi? Chempionlar ligasida to‘p surayotgan arab va Sharqiy Osiyo jamoalarining smetalari haqida eshitganmisiz? Ulardagi 1 ta ko‘rsatkich bilan Superliganing yarim klubini 1 yil boqish mumkin. Madomiki shunday ekan, o‘sha "Erudit" gazetasidagi fikrlarimizni yana takrorlaymiz, biz Osiyo Angliyasi yoki Ispaniyasi emasmiz, bo‘lolmaymiz ham. Biz Xorvatiya yoki Serbiya bo‘lishdan uyalmasligimiz kerak, ko‘rpamizga qarab oyoq uzatishimiz mantiqliroq. Avval klublar 100 kilometrga 20 litr yoqilg‘i ishlatgan bo‘lsa, hozir 7-8 litr berib, OFK talablaridan ortda qolmaslik uchun shu yoqilg‘i bilan 130-140 km yo‘l bosishni so‘rayapmiz. Savol: baliq qayeridan boshlab oqsayapti?

Yana bir yo‘li bor. Klublardan katta vazifa va talablarni olib tashlashimiz va indamaygina OFK kubogi darajasidagi futbol mamlakati bo‘lishimiz mumkin. Agar 10 yillar davomida risoladagidek nazorat bo‘lganida, ular faqat oylik-maoshlar, ko‘tarmalar, mukofotlarga emas, maydonlar qurish, akademiyalar bunyod qilish, umuman infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirilganida edi, vaziyat hozir boshqacha bo‘lardi. Oddiy misol, "Buxoro" 25 mlrdni yo‘q qilib (yana mavsumni 3-4 mlrd qarz bilan yopib) nimaga erishdi bilmadim-u, ayni vaqtda klubning na tayinli bazasi, na o‘z maydoni, na akademiyasi bor. Endi klub bor-yo‘g‘i 12 mlrd bilan nima qura oladi? Kim o‘tgan yillardagi isrofgarchilik uchun javob beradi? O‘zPFL muammolari taqvim tuzish, o‘yinlarni ko‘chirmaslikdangina iborat emas, aslida bular kuchli jurnalist ko‘taradigan mavzu ham emas. Haqiqiy muammo futbolga kirayotgan havoning qanchalik to‘sib qo‘yilganida.

Biz klublar xususiy bo‘lishi, davlat korxonalari ularni moliyalashtirmasligi kerak deb hisoblaymiz. Ammo bunga o‘n yillar davomida bosqichma-bosqich kelgan ma’qulroq edi. Bu haqda hali batafsil tushuntirib o‘tamiz, kerak bo‘lsa video ko‘rinishda, "Sokker klub"sifat biror narsa qilib bo‘lsa-da. Biroq bizning ayrim kishilar xuddi o‘sha 2015 yillar kabi hozir ham ba’zi fikrlarga tayyor deb o‘ylamayman.

Diyor Imomxo‘jayev

Kiritildi: 14:23, 24.05.2019.
O'qildi: 4301 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.