Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Lyuka Din: «Raqibga atayin jarohat yetkazadigan odatim yo‘q»

Lyuka Din: «Raqibga atayin jarohat yetkazadigan odatim yo‘q»

Baho:
+ | -

Lyuka Din 25 yoshni qarshiladi. Mana ikki yildirki, Angliyada «Everton» sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda u France Football nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Avvaliga Fransiya, keyin Italiya, Ispaniya, mana endi Angliya. Sayohat qilaverish jonga tegmadimi?

- Yo‘g‘-e, hammasi joyida. Angliya - bu super! Ajoyib mamlakat, ajoyib chempionat. Har bir turni qandaydir nomdor jamoaga qarshi o‘tkazasiz. Boshqa bunday liga yo‘q. Tezlik, yakkakurashlar... Balki Ispaniya chempionati texnikaga asoslangandir. Lekin boshqa har bir sohada Angliya birinchiligi oldinda.

- Haqiqatan ham tezmi?

- Har bir uchrashuvda 10 mil yuguramiz. Doimiy ravishda yakkakurashlarda qatnashamiz. Harakatlarda vaqt­ni o‘tkazish degan narsa yo‘q. Lekin bu nafaqat muxlislarga, balki futbolchilarga ham yoqadi. Masalan, men bunday futboldan rohatlanaman.

- Futbolchilarning suyaklari to‘qnashishi rostmi?

- Ha. Ayniqsa, havodagi kurashlarda boshlarimiz ko‘p to‘qnash keladi. Boz ustiga, bu yerda havodan to‘p uzatishlar juda ko‘p. Yaqinda «Nyukasl»ga qarshi bahs olib borganimizda qattiq zarba yedim. Raqib hujumchisi Kurt Zuma ikkimizning o‘rtamizga sakradi. Men to‘pga bosh bilan zarba berdim, u esa tirsagi bilan menga zarba berdi. Tanaffusda shifokorimiz hammasini o‘rniga keltirib qo‘ydi.

- Shunday futbolga tayyormidingiz?

- Albatta. Axir Angliyada hujumchilar oxirigacha kurashishi, hech qachon oyog‘ini tortib olmasligi hammaga ayon-ku. Ular 100 emas, balki 200 foiz ishtiyoq bilan o‘ynashadi.

- Qo‘rqinchli bo‘lmadimi?

- Yo‘q. Agar qo‘rqsangiz, ikki karra og‘riydi. Ammo bitta vaziyatni unutmayman. O‘shanda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘ynayotgandik. Eshli Yang orqamdan zarba berdi. Agar sakrab olmaganimda, tovon suyagimni sindirib olishim hech gap emasdi. To‘pni qaytarmoqchi bo‘lsam, u dovuldek kelib zarba berdi. Hakamlar esa e’tibor ham berishmadi.

- Nahotki, Angliyada hakamlar shunchalik liberal bo‘lishsa?

- Aynan shunday. Bu yerning futbolchi shunaqa. Lekin menga yoqadi. O‘yin to‘xtatilmaydi, barchasi dinamik tarzda bo‘ladi. Agar moslashib olsangiz, hech qanday muammolarga yo‘liqmaysiz. Axir hamma bir xil sharoitda o‘ynaydi-ku.

- Demak, Angliyada himoyachilar qayta o‘rganishlari kerak ekan-da?

- Ha. Standart vaziyatlarda bosh­qacha o‘ynashni o‘zlashtirish kerak. Qo‘pol to‘qnashuvlar odatiy xol bo‘lib qolgan. Lekin hakamlar o‘yinni hadeb to‘xtataverishmaydi. Shunday ekan, zarbani qabul qilishni yoki vaqtida sakrab olishni o‘rganish talab etiladi. Ikki metrli «shkaflar»ga qarshi turishni o‘rganish lozim.

- Gavdangiz katta emas. O‘zingiz aytgandek, zarbani qaytarish uchun trenajyor zaliga tinimsiz borsangiz kerak?

- Unchalik emas, haftada bir kun xolos. To‘g‘ri, jiddiy mashq qilamiz. Lekin har kuni emas. Agar nimadir kamchiliklar bo‘lsa, har kuni borish mumkin. U yerda jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha murabbiylar yordam berishadi. Hech kim sizni majburlamaydi.

- Oyoqqa zarba berishni ham o‘rgatishadimi?

- Yo‘q, albatta.

- Angliyada ancha jiddiylashgansiz. O‘zingizga ham shunday tuyulyaptimi?

- Yo‘q. Balki biroz qo‘pollashgandirman, lekin unchalik emas. Oyoqda baquvvat turadigan bo‘ldim. Shu, xolos. Birovga atayin ziyon yetkazadigan odatim yo‘q. Bu mening xarakterimga mos emas. Umuman olganda, bu sport tushunchasiga ham to‘g‘ri kelmaydi.

- Angliyadagi birinchi o‘yiningizni eslaysizmi?

- Albatta, eslayman. Payshanba kuni kubok o‘yinida maydonga tushdik. Shanba kuni esa chempionat o‘yini bor edi. 75-daqiqaga kelib, nafas ololmay qoldim. Finish! Bunday o‘yinlarga tayyor emasdim. Lekin bir haftadan so‘ng hammasi joyiga keldi. O‘shanda o‘rnimga boshqa futbolchi tushirishlarini so‘raganman. Faqat bir oyoqda yugurgandek bo‘lganman.

- Bu suzishni bilmaganni hovuzga tashlashdek gap ekan-da...

- Unday emas. Chunki mashg‘ulotlarda shunday tempga tayyorgarlik ko‘riladi. Bu yerda mashg‘ulotlar asosan o‘yinga yaqin vaqtda olib boriladi. Har bir mashqlar oldindan o‘ylangan. Ayniqsa, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganlarga foydali.

- Angliyadagi stadionlarda muhit qanday?

- O! Shunchaki super! Hamisha stadionlar to‘ladi. Raqib «Nyukasl» bo‘ladimi yoki «Manchester Yunayted», farqi yo‘q. Fanatlar o‘yin boshidan oxirigacha qo‘shiq kuylashadi. Ajo­yib. O‘yin kuni futbolchilar, muxlislar, umuman, shahar aholisi ruhan birga bo‘ladi. Angliya futbol mamlakati deyishardi. Shunga o‘zim guvoh bo‘ldim.

- Qaysi stadion sizga yoqda?

- O‘zimizniki. «Gudison Park». Haqiqiy inglizcha stadion, an’anaviy usulda qurilgan. Muxlislar deyarli yon chiziq yonida o‘tirishadi. Ya’ni, futbolchilardan bir metr narida. Ajoyib hissiyot. Bunaqasi hech qayerda yo‘q.

- Bir metr narida o‘zingizning muxlislaringiz bo‘lgani yaxshi. Agar raqib jamoa bo‘lsa-chi?

- Shunaqa shovqinki, hech nimani eshitmaysiz. Hattoki, futbolchilar bir-birimizni eshitmaymiz. Buni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Ashaddiy raqibimiz «Liverpul»ga qarshi «Enfild»da o‘ynayotgandik. Har safar to‘pga teginganimda tribunadan menga nisbatan hayqiriqlar bo‘ldi. Lekin bu odatiy hol. Har nima qilganda ham, angliyalik muxlislar raqib jamoa futbolchilarini hurmat qilishadi.

- «Everton»ga kelganingizda muxlislar sizda «Liverpul»ning shiori bo‘lgan «I`LL NEVER WALK ALONE» deb yozilgan taturiovkani ko‘rishgandi. Munosabat qanday bo‘lgan?

- Muxlislarimizga nima uchun shunday tatuirovka qilganimni tushuntirib berdim. Shundan so‘ng barchasi joyiga tushdi. Hammasi shunday bo‘lgandi: 1 sentyabr kuni maktabga birinchi bor borganimda, ota-onam menga medalyon sovg‘a qilishgan, unda shunday youv bor edi. Shu bois ham tatuirovkam shunaqa. Uning futbolga mutlaqo aloqasi yo‘q. Otam va onamga hurmat yuzasidan shunday qilganman. «Liverpul» muxlislari esa meni xuddi o‘z jamoalarining fanatidek ko‘rsatishgan. Ular bir narsani bilishmaydi. Meni ikki marta «Liverpul»ga taklif qilishgan va har safar rad javobini berganman.

- Qachon shunday bo‘lgan?

- Birinchisi 2013 yili «Lill»dan «PSJ»ga o‘tayotganimda. Keyin 2016 yili «Roma»dan «Barselona»ga o‘tayotganimda. «Everton» muxlislari uchun bu voqea xuddi yaraga malhamdek gap.

- Sizni Angliyada nima ko‘proq ajablantirdi?

- O‘yinlar tempi va intensivligi. Hech qanday pauzalar yo‘q. Ammo aynan shu jihat menga ma’qul keladi. Kiyinish xonasidagi dam olish ham yoqadi. Kimdir musiqa tinglaydi, ba’zida boshqa o‘yinlar sharhini ko‘ramiz. «Chelsi»ga qarshi bahs oldidan bir tomonda musiqa, boshqa tarafda televizor ishlab turgandi. Bu esa jimlikni yoqtiradiganlarga ham xalaqit bermaydi. Murabbiylar bunga umuman aralashishmaydi. Ajoyib.

- Issiq Rim va Barselonadan keyin Angliya iqlimi ta’sir qilmayaptimi?

- Ob-havo biroz xavotirga solgandi. Chunki to‘rt yilimni quyoshli o‘lkalarda o‘tkazgandim. Qandaydir qiyinchiliklar yuzaga keladi, deb o‘ylagandim. Lekin muammo bo‘lmadi. To‘g‘ri, bu qish ancha sovuq keldi. Shu bois ham mashg‘ulotlarni sharf va termokiyimda o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Liverpul va Manchester ikkita ajoyib shahar. Men Manchesterga yaqin joyda yashayman. Kvartalimizda fransuzlar juda ko‘p. Morgan (Shneyderlen), Antoni (Martial), Pol (Pogba), Kurt (Zuma), Idriss (Geye)lar bilan ko‘p vaqtimni birga o‘tkazaman. Shunchaki sayr qilamiz, restoranga boramiz, oilalarimiz bilan qandaydir marosimlarni o‘tkazamiz. Bu yerning xalqi ajoyib, mehmondo‘st. Misol uchun, adashib qolsangiz, albatta, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘­yishadi. Menda ham bir marta shunday holat bo‘lgandi.

- Demak, inglizlar fransuzlarni yoqtirisharkanda?

- Ha. Inglizlar ancha ochiqko‘ngil. Ular hammani yaxshi ko‘rishadi.

- Rojdestvo bayramida butun dunyo dam oldi. Sizlar esa maydonda yugurdinglar. Bundan ham rohatlandingizmi?

- Qiyin. Lekin bunda nimadir bor. Muhit boshqa chempionatlarnikidan keskin farq qiladi. Tribunalarda bolalar juda ko‘p, o‘yinlarga oilalar bilan borishadi. Mening yaqinlarim ham tribunalarda o‘tirishdi. Bunday kunni unutib bo‘lmaydi.

- Har holda, Yangi yilni uyda, dasturxon oldida kutib olish yaxshiroqdir? Yoki issiq o‘lkalardami?

- Yo‘q. Oilam men bilan birga qoldi va hech qayerga ketmadi. Oldin hammamiz stadionga boramiz. Men o‘ynayman, keyin kechki ovqat uchun biror joyga boramiz. Ikki kundan keyin yana shunday vaziyat. 1 yanvar kungi o‘yin juda og‘ir bo‘ldi. Bu haftadagi to‘rtinchi uchrashuv edi. Odamlar yangi yilni kutishayotgan bir paytda, bizga bayramni dabdabali qilib yubormasligimizni aytishdi. Shu bois ham 31 dekabr kuni soat 21:30dayoq uxladim. Oldin men bilan umuman bunaqasi bo‘lmagandi.

- Qaysi jamoaga qarshi o‘ynash qiyin?

- «Manchester Siti»ga qarshi. «Barsa» tipidagi jamoa.

- Qaysi futbolchi ko‘proq hayron qoldirdi?

- Eden Azar. Uni yaxshi bilaman. Jahondagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Hamisha har narsani kerakli paytda to‘g‘ri bajaradi. Bejizga ko‘p gol urmaydi. U golli pas berishga oshiqmaydi. Muhimi, golli vaziyat yaratadi. Bu inson futbol bilan tirik.

- «Everton»da gol urishni boshlab yubordingiz...

- Ha, standartlardan. «Barselona»da meni to‘pga yaqinlashtirishmasdi.

- «Barselona»dek ajoyib jamoa­ni tark etganingizdan afsuslanmaganmisiz?

- Albatta, afsuslanarli. Bir qarorga kelishim juda qiyin bo‘lgan. Orzumdagi jamoada jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga o‘ynardim. U yerda hammasi boshqacha edi. Mavsum davomida 25ta o‘yinda maydonga tushayotgandim. Har holda, ketishimga hojat yo‘q edi. Ammo «Everton» ustozi Marko Silva bilan dildan suhbatlashganimdan so‘ng fikrim o‘zgardi. U menga asosiy tarkibdan joy berishini aytdi. Shuningdek, Angliya chempionatida o‘ynash niyatim ham amalga oshayotgandi. Natijada shu qarorga keldim. Keyinchalik Jordi Alba va jamoaning boshqa o‘yinchilaridan SMSlar kelib turdi. «Barsa»dagi fransiyalik futbolchilar, xususan, Erik Abidal bilan doimo aloqadaman. Klub hattoki, chempionlik soatini ham jo‘natdi. Haqiqatan ham buyuk klub.

- «Everton»ga terma jamoaga qaytish uchun ham o‘tdingizmi?

- Gap bunda emas. Shunchaki, Marko Silva bilan uchrashdim, qanday tushuntirsam ekan... Xullas, kelishib oldik. Boz ustiga, «Everton» ham agentim bilan doimiy muloqotda bo‘lgan. Silva bilan futboldagi tushunchalarimiz bir xil ekan. U ham «barselonacha» fikrlaydi.

- Lekin sizni Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCHga taklif qilishmadi... Bu sahifani yopmadingizmi?

- Albatta. O‘tgan ish bo‘lib o‘tdi. Bu hayot. Buning uchun asabimga ziyon yetkazishim shart emas. Futbolchining faoliyati qisqa bo‘ladi. Shu davr ichida har narsaga asabiylashish yaramaydi.

- Hech kimdan xafa emasmisiz?

- Yo‘q.

- Germaniya chempionatiga qachon o‘tasiz?

- (Kuladi.) Yo‘q-yo‘q! Bu haqda o‘ylamayapman. APL bugun men uchun kerak liga. Bu yerda rohatlanyapman. Hech qayerga ketish niyatim yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:27, 25.05.2019.
O'qildi: 1960 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.