Ayollar jamoalari o‘rtasidagi mamlakat Superligasi bahslari ham sekin-asta o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
27 iyundan esa O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlariga ham start beriladi va mazkur musobaqa 26 oktyabrgacha davom etadi.
Bugun, 13 iyun soat 15:00da O‘zPFL binosida ayollar futboli bo‘yicha XVIII O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Kubogi-2019da jami 16 ta klub ishtirok etadi. Ayollar Superligasining barcha ishtirokchilariga Pro-ligadan “Xorazm” jamoasi futbolchi qizlari qo‘shiladi.