Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Zirabuloq» klubiga texnik mag‘lubiyat yozildi

«Zirabuloq» klubiga texnik mag‘lubiyat yozildi

Baho:
+ | -

Bilasiz, 23 iyun kuni B Pro-liga ishtirokchi jamoalari 11-tur doirasidan o‘rin olgan bahslarni o‘tkazishdi.

Tur doirasidan o‘rin olgan “Zirabuloq” — “G‘ijduvon” bahsi ham aslida 23 iyun kuni o‘tkazilishi lozim edi. Biroq Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Yoshlik” o‘yingohida shu kuni viloyat miqiyosidagi muhim bayram tadbiri bo‘lib o‘tishi munosabati bilan “Zirabuloq” klubi mazkur o‘yinni bir kun keyin o‘tkazishni so‘radi. “G‘ijduvon” klubi ham bunga rozilik bergani bois o‘yin 24 iyun sanasiga ko‘chirildi.

Biroq mazkur uchrashuv bugun ham o‘tkazilmadi. “Zirabuloq” jamoasiga esa uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazishga umuman tayyor emas ekani sabab texnik mag‘lubiyat yozildi.

O‘zbekiston professional futbol klublari uchun 2019 yilgi mavsum musobaqalari Reglamenti 4.4 bandiga asosan, futbol klublari uchrashuv o‘tkazilishi bilan bog‘liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas’uldir. Ular ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutashgan hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishlari shart sanaladi. Ammo “Zirabuloq” klubi bu bandga asosan ish olib bormadi. Qolaversa, uchrashuvga tez tibbiy yordam vakillarining o‘z vaqtida yetib kelishi ta’minlanmadi.

Shuningdek, 6.39 bandga asosan maydon egalari uchrashuv rasmiylariga o‘yin videoyozuvini taqdim etish imkoniyati yo‘q ekani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 12.7 bandga ko‘ra, stadionning va tegishli xizmatlarning uchrashuvni o‘tkazishga tayyor ekani bo‘yicha akt taqdim etilmadi. Yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga asosan “Zirabuloq” — “G‘ijduvon” uchrashuvida mezbon klubga texnik mag‘lubiyat yozildi. 

 

“Zirabuloq” — “G‘ijduvon” -:+

Manba: PFL
Kiritildi: 20:34, 24.06.2019.
O'qildi: 2806 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик