Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

OAV vakillari uchun IFABning yangi qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi

OAV vakillari uchun IFABning yangi qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro Futbol Assosiasiyalari Kengashi IFAB mart oyidagi yig‘ilishida joriy yilning 1 iyunidan boshlab futbol qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qilgan edi.

Ushbu qoidalar futbolning jonli devor, golni nishonlash, to‘pni o‘yinga kiritish, qo‘l bilan o‘ynash, o‘yinchi almashtirish, penalti, bahsli to‘p, murabbiyga kartochka ko‘rsatish kabi holatlari bo‘yicha qabul kilingan.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan musobaqalarda ham ushbu qoidalar joriy mavsumning ikkinchi davrasidan e’tiboran amal qilishni boshlaydi. Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha dastlab milliy chempionatimiz va kubok bahslarida ishlaydigan hakam hamda nazoratchilar, shuningdek, klublar futbolchi va murabbiylari uchun seminar tashkil etildi.

Bugun esa milliy chempionatimizni yoritib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham seminar bo‘lib o‘tadi. Unda yangi qoidalar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi. Seminar soat 14:00da O‘FA majlislar zalida boshlanadi. Seminarda barcha turdagi OAV vakillari qatnashishi mumkin.

Kiritildi: 09:42, 23.07.2019.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.