Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Aspilikueta: "Chet el klubi sardori bo‘lgan birinchi ispan futbolchisi ekanman"

Aspilikueta: "Chet el klubi sardori bo‘lgan birinchi ispan futbolchisi ekanman"

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta "ko‘klar" sardori sifatida nimalarni his qilayotganini aytdi.

"Jamoa sardori bo‘lish - o‘zgacha hissiyot. Chet el jamaosi sardori bo‘lgan birinchi ispan futbolchisi ekanman. Buni bilmas edim, buni menga aytishgach, o‘zim uchun juda ham faxrlanadigan natija bo‘ldi. Juda kuchli hissiyotlarni boshdan kechirdim, sovrinni sardor sifatida yutish - juda o‘zgacha ish, umid qilamanki, hammasi oldinda.

Yoshligimda sardor bo‘lmaganman, chunki doim katta yoshdagilar bilan o‘ynaganman. Yoshlar jamoasida men ikki yosh kichik bo‘lardim, yonimda katta yoshli futbolchilar bo‘lar edi, "Osasuna"da 17 yoshimda debyut qilganman.

Keyin tez orada "Marsel"ga o‘tdim, ammo Ispaniyaning U-17 va U-19 terma jamoalarida sardor bo‘lishga ulgurgandim, o‘shanda Yevropa chempioni bo‘lgandik. Men finalda sardor edim.

Ispaniyaning U-21 sardor va Olimpiya termasida sardorlardan biri bo‘lganman. "Chelsi"ga kelganimdan so‘ng faqat o‘sdim. Tajribali o‘yinchilardan ko‘p narsalarni o‘rgandim", - deydi Aspilikueta.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 09:09, 12.09.2019.
O'qildi: 2639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик