Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Aleksandr Xomyakov: «Bizda Pro ligaga ravona bo‘lish haqida o‘y yo‘q»

Aleksandr Xomyakov: «Bizda Pro ligaga ravona bo‘lish haqida o‘y yo‘q»

Baho:
+ | -

"Dinamo"-"Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etib, savollarga javob qaytardi.

- Albatta, natija meni quvontirdi. Juda muhim uchrashuvda g‘olib bo‘ldik. "Olti ochkolik" o‘yinligini bilib turganimiz uchun uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib hujumga zo‘r berishi ma’lum edi. Shu sababli, shogirllarimga himoyada bexato o‘ynashlarini, tezlik bilan qarshi hujumga o‘tishlarini uqtirdim. Raqibning xatomizdan foydalanib sodir etgan bir-ikki hujumlarini hisobga olmaganda, shogirdlarim barcha ko‘rsatmalarimni aniq bajarishdi. Yigitlarga minatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, doim bizni yolg‘izlatib qo‘ymaydigan muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan alohida tabriklayman!

- Ketma-ket yetti mag‘lubiyatdan keyin "Dinamo" jamoasidan nima kutayotgandingiz?

- Raqibning asabiylashib turgani aniq. Sababi, birinchi davrada yorqin o‘yin namoyish etgan jamoaning hozirgi kunda ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani yoqimsiz albatta. Bugun ular o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq oldinga o‘tishini hisobga olgandik va kutgandik. O‘yindagi asosiy maqsadimiz himoyada bexato o‘ynash va qarshi hujumga o‘tish edi.

- Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldimi?

- O‘yinni teng bo‘ldi deb aytish mumkin. Sababi, gol kiritganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratdik. Raqib ham gol o‘tkazib yuborganidan keyin vaziyatlar yaratdi. Imkoniyatdan foydalanish bobida ustunlik qildik. Qaytarib aytaman, asosiy maqsadimiz himoyamizda xato qilmaslik va raqibni xato qilishga majburlash edi. Bunday o‘yinlarda uchrashuv taqdirini 1-2 ta vaziyatlar hal qiladi. Kam xato qilgan jamoa yutadi. Bularning barchasini udallay oldik.

- "Andijon" xavfli zonani tark etdi deb aytish mumkin?

- Aslo, yo‘q! Avvalo, bizda Pro ligaga ravona bo‘lish haqida o‘y yo‘q. Bu haqda o‘ylamayapmiz ham. To‘g‘ri, turnir jadvalida vaziyat juda qiyinlashib bormoqda turdan turga. Qolaversa, o‘yin tashkil qilishda bizda muammolar bo‘ldi. Lekin Superligadan tushib ketmasmikinmiz degan fikr yo‘q jamoada.

- Superligada qolishga kurashayotgan "Buxoro" va "Dinamo" jamoalarining qaysi birida vaziyat og‘ir deb hisoblaysiz?

- Fikrimcha, "Dinamo"ning taqvimi qiyinga o‘xshayapti.

- O‘zingizni" Dinamo" uchun noqulay murabbiy deb hisoblaysizmi? "Mash’al" bilan ham, "Andijon" bilan ham doim yutib ketasiz.

- Men bunday statistikalarga qiziqmayman. Men bu haqda o‘ylamayman ham.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 21:04, 20.09.2019.
O'qildi: 2504 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.