Angliya premyer-ligasining 10-turi doirasida «Lester» o‘z uyida «Sautgempton»ni qabul qilib, 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 10-daqiqasida "tulkilar"ning hujumi paytida mezbonlar himoyachisi Rayan Bertran raqib forvardi Ayoze Peresega nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi. Uchrashuv hakami Andre Marriner o‘yinni to‘xtatmadi va Chiluell hisobni ochdi. Goldan keyin referi videoyordamchi bilan maslahatlashib, Bertranni maydondan chetlatdi.
Shundan so‘ng "Lester" tanaffusgacha yana 4ta, tanaffusdan keyin ham 4ta gol urib, hisobni 9:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Brendan Rodjers jamoasi Angliya chempionatlari yuqori divizioni tarixidagi safar o‘yinida eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu paytgacha ushbu rekord «Manchester Yunayted»ga tegishli edi. Mankunianliklar 1999 yilda «Nottingem Forest» maydonida 8:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Shuningdek, «Lester» «MYU»ning boshqa rekordini takrorladi. Jamoa 1995 yilda Fergyuson qo‘lostida o‘z uyida «Ipsvich»ni 9:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Bu jamoalar AL tarixidagi eng yirik hisobda g‘alabaga ega bo‘lib turishibdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Lester» 20 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib olgan edi.
Uchinchi o‘rindagi «Manchester Siti» hisobida 19 ochko va bitta zaxira o‘yini mavjud.
Angliya chempionati, 10-tur
Sautgempton – Lester 0:9 (0:5, 0:4)
Gollar: 0:1 – 10 Chiluell, 0:2 – 17 Tilemans, 0:3 – 19 Peres, 0:4 – 39 Peres, 0:5 – 45 Vardi, 0:6 – 57 Peres, 0:7 – 58 Vardi, 0:8 – 85 Meddison, 0:9 – 90, penalti Vardi.
Sautgempton – Gann, Bednarek, Yosida, Vestergor (Danzo, 46), Valeri (Armstrong, 70), Uord-Prouz, Romeu, Xeybyerg, Bertran, Ingz (Stivens, 46), Redmond.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Seyundjyu, Chiluell, Ndidi, Peres (Grey, 74), Tilemans, Meddison, Barns (Olbrayton, 72), Vardi.
Chetlatish: Bertran (12).