Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mavsum-2019 sarhisobi: gollar, natijalar, rekordlar

Mavsum-2019 sarhisobi: gollar, natijalar, rekordlar

Baho:
+ | -

Raqamlar tilga kirganda

Futbol bo‘yicha XXVIII milliy chempionati o‘yinlari tarix sahifalaridan joy olganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin millionlar o‘yini shunday ohanraboki, bir kun uni kuzatmasak, bir kun eslamasak, sog‘inib qolamiz. Mavsum ortda qoldi-yu, hali uningshukuhi qalblardan ketgani yo‘q. Go‘yo erta indin o‘yinlar yana o‘tkaziladigandek, Superligada bronza medali, kuchli beshlikka kirish, kuchlilar safida jon saqlab qolish intrigasi yana davom etadigandek his tuyg‘u boshlarda g‘ujg‘on aylanmoqda...

Hali voqealar rivoji ifori sovub ulgurmasidan, nazarimda sarhisobni boshlasak, qaynoq statistikani muxlislar e’tiboriga havola etsak, ayni muddao bo‘lar. Bu yilgi chempionatning ham o‘ziga xos jihatlari, esda qolarli holatlari ko‘p bo‘ldi. Jumladan, “Lokomotiv”ning uch yillik gegemonligiga “Paxtakor” chek qo‘ydi. “Paxtakor”ning 24 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga “Bunyodkor” barham berdi. Ketma-ket 11 ta mag‘lubiyatdan iborat bo‘lgan “Dinamo”ning ko‘ngilsiz seriyasi so‘nggi ikki o‘yinda o‘rnini g‘alabaga bo‘shatdi. Ammo “Dinamo” Superligadagi o‘rnini Pro liga A g‘olibi “Mash’al”ga bo‘shatib berdi... Xullas, mana shunaqa qiziqarli voqeiliklarga ega chempionatimizni tarix sahifalariga muhrladik.

14 ta jamoalik kuchlilar ligasi O‘zbekiston chempionatlari tarixida 8-marta o‘tkazildi (2004-05, 2010-14, 2019). Qizig‘i shundaki, mazkur chempionatlarda faqat ikkita jamoa tantana qilgan: “Paxtakor” 5 marta (2004, 2005, 2012, 2014, 2019), “Bunyodkor” 3 marta (2010, 2011, 2013) chempion bo‘lgan.

Shota Arveladze bu yilgi mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishni juda xohladi. Ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ustozlik qilayotgan “Bunyodkor” “sherlar”ning kuragini 25-turda yerga tekkazdi. Natijada, “Paxtakor” 2004 yilgi natijasini qariyib takrorladi. Oliy liga jamoalari 14 taga qisqartirilgan birinchi mavsumni “Paxtakor” Tachmurod agamurodov yetakchiligida o‘tkazib, 22 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan, 3 ta o‘yinda durang o‘ynagan va bitta uchrashuvni boy bergan, raqiblar darvozasiga 81 ta gol urib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p o‘tkazib yuborgandi. O‘shanda ham 69 ochko jamg‘arilgandi. Bu yilgi natijada faqat to‘plar nisbati biroz boshqacharoq xolos – 75:18. 2004 yilda “Paxtakor”ni “Navbahor” yuta olgandi – 1:0. 14 ta jamoadan iborat bo‘lgan chempionatlarimiz orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich 2014 yilgi “Paxtakor”ga tegishli: 26 uchrashuv, 23 g‘alaba, 3 durang, mag‘lubiyat yo‘q, to‘plar nisbati 54:14, 72 ochko.

Endi bevosita Superliga yakunlariga o‘tsak. Uch yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston chempionligini qaytarib olgan paxtakorchilar bu yil raqiblar darvazasiga eng ko‘p to‘p kiritdi – 75 ta gol. Eng mustahkam himoya chizig‘i “Lokomotiv”ga tegishli bo‘lib, temiryo‘lchilar 17 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Eng kam to‘p urgan jamoa – “Buxoro”, bu jamoa raqiblari darvozasiga bor yo‘g‘i 18 marta yo‘l topa oldi, xolos. Eng bo‘sh himoya chizig‘i navoiyliklarga tegishli, “Qizilqum” o‘z darvozasidan 48 ta gol o‘tkazib yubordi. G‘alabalar soni bo‘yicha ham yetakchi “Paxtakor” bo‘lsa (22), “Buxoro” va “Qizilqum” bu ro‘yxatda autsayder (5). Eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoa “Dinamo” (14), eng kam yutqazgan jamoa esa “Paxtakor” (1). Murosaga eng ko‘p imzo chekkan klub – “Navbahor” (11), eng kam durang o‘ynagan jamoalar –  “Surxon” va AGMK (5).

“Paxtakor” o‘z maydonida eng ko‘p ochko jamg‘ardi – 34 ochko. Ammo o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa – bu “Lokomotiv” bo‘ldi. Shuningdek, o‘z maydonidagi o‘yinlarda “So‘g‘diyona”, “Surxon”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, AGMK hamda “Nasaf” 50% va undan yuqori natijalarni qayd etdi.

O‘z maydonida eng ko‘p yutqazgan jamoalar – “Qo‘qon 1912” va “Nasaf” (!) bo‘ldi – 6 tadan mag‘lubiyat. O‘z maydonida eng ko‘p gol urgan jamoa – “Paxtakor” (44), eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa – “Qo‘qon 1912” (20). Eng mustahkam himoya chizig‘i – uyda “Lokomotiv” va “Surxon”ga tegishli – 6 tadan gol o‘tkazishgan. Uyda raqiblar darvozasiga eng kam to‘p urgan jamoa esa – “Buxoro” bo‘ldi – 5 gol.

Uy o‘yinlari musobaqa jadvali

Jamoalar

   O‘

 Yu

  D

 M 

  T - N   

Ochko

1

Paxtakor

13

11

1

1

44-12

34

2

Lokomotiv

13

9

4

0

25-6

31

3

So‘g‘diyona

13

8

3

2

18-11

27

4

Surxon

13

7

5

1

13-6

26

5

Bunyodkor

14

7

5

2

23-16

26

6

Metallurg

13

7

1

5

20-11

22

7

AGMK

13

5

5

3

23-15

20

8

Nasaf

13

6

1

6

22-13

19

9

Dinamo

13

5

3

5

15-19

18

10

Andijon

13

4

5

4

14-17

17

11

Navbahor

13

4

4

5

15-12

16

12

Qizilqum

13

3

6

4

13-18

15

13

Qo‘qon 1912

13

3

4

6

17-20

13

14

Buxoro

12

2

5

5

5-14

11

Safar uchrashuvlarida “Paxtakor” mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan yagona jamoa bo‘ldi. Eng ko‘p yutuq ham “sherlar”ga tegishli – 11 g‘alaba. Eng kam g‘alabaga erishgan jamoa – “Dinamo” (1) bo‘lsa, eng ko‘p yutqazgan jamoa – “Surxon” bo‘ldi – 10 ta mag‘lubiyat. Safarda eng sermahsul hujum chizig‘i va eng mustahkam himoya chizig‘i – “Paxtakor”da bo‘ldi. Eng kam gol urgan jamoa – “Andijon” (9) bo‘lsa, eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa – “Qizilqum” (30) bo‘ldi.

Safar uchrashuvlari musobaqa jadvali

Jamoalar

    O‘

   Yu

  D 

 M

   T - N 

Ochko

1

Paxtakor

13

11

2

0

31-6

35

2

Lokomotiv

13

4

6

3

15-11

18

3

Bunyodkor

12

5

2

5

14-17

17

4

Navbahor

13

3

7

3

11-11

16

5

Nasaf

13

3

5

5

12-14

14

6

Metallurg

13

2

7

4

13-15

13

7

So‘g‘diyona

13

3

4

6

11-18

13

8

Buxoro

14

3

4

7

13-23

13

9

Qo‘qon 1912

13

3

4

6

14-25

13

10

AGMK

13

4

0

9

13-22

12

11

Andijon

13

2

5

6

9-20

11

12

Surxon

13

3

0

10

13-27

9

13

Qizilqum

13

2

3

8

11-30

9

14

Dinamo

13

1

3

9

10-28

6

P.S. Musobaqa jadvallarida "Bunyodkor"ning uyda 14 ta, "Buxoro"ning esa safarda 14 ta uchrashuv o‘tkazganligini ko‘rayapsiz. Ushbu jamoalarning kelishuviga binoan ularning har ikkala davradagi o‘zaro o‘yinlari Toshkentda - "qaldirg‘ochlar" maydonida bo‘lib o‘tgan.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:25, 02.12.2019.
O'qildi: 6920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.