Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qiziq muammoga duch keldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qiziq muammoga duch keldi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi dastlabki o‘yinda tashkilotchilik bilan bog‘liq qiziq muammoga duch keldi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.

Eronga qarshi o‘yinda futbolchilarimiz kiyib tushgan futbolkadagi ishlab chiqaruvchining logotipi Osiyo chempionati emblemasi bilan yashirilgan edi.



Yashirilgan emblema bu "Pres-Jog" kompaniyasi logotipi edi. Gap shundaki, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi 2018 yilning sentyabr oyida Xitoyning “QIERTE Co.Ltd” kompaniyasi (“PRES-JOG” brendi) bilan 2018-2022 yillar uchun homiylik va hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018-2022 yillar oralig‘ida xalqaro musobaqada "Pres-Jog" tomonidan taqdim etilgan liboslarda o‘ynashi majburiy etib qo‘yilgan.

Ammo o‘sha voqeadan atigi bir yarim oy o‘tib O‘zbekiston futbol assosiasiyasi "Jako" firmasi bilan shartnoma imzoladi. O‘sha paytda MOQ va O‘FA prezidenti bir inson — Umid Ahmadjonov rahbarlik qilgan edi. Ya’ni O‘zbekiston olimpiya (U23) terma jamoasini kiyintirish huquqi birdaniga ikkita kompaniya — "Pres-Jog" va "Jako" kompaniyalariga berib yuborildi.

Olimpiyachilarimiz shu paytgacha "Pres-Jog" formalarida o‘ynab kelishdi, ammo Tailanddagi Osiyo chempionati boshlanish arafasida "Jako" o‘z huquqlarini talab qila boshlagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun futbolkadagi "Pres-Jog" logotiplari ustiga Osiyo chempionati ramzi yopishtirib chiqildi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi: O‘zbekiston U23 terma jamoasining Hindistonga qarshi o‘yinida surat.

Manba: www.stadion.uz.

P.S. Никимбаев аниқлик киритди. Маълум бўлишича "Pres-Jog" логотипи ўлчами ҳаддан ташқари катта бўлиб, бу ОФК регламанти талабига зид келган. Шунинг учун логотип яширилган.

Лекин бошқа савол туғилади: бу логотип билан саралаш ўйинларида иштирок этишга нима учун рухсат берилган? Назаримда, комиссарлар бунга аҳамият қаратишмаган.

Шунингдек, "Pres-Jog" ҳам халқаро спорт ташкилотларининг билмайди шекилли?

Kiritildi: 08:57, 11.01.2020.
O'qildi: 19039 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.