Afsuski, Usman Dembele uchun bu mavsum yakunlandi. “Barselona” hali to‘qli kashf etilmagan futbolchisini hal qiluvchi pallada boy berib qo‘ydi…
Hozir hech kim eslamasligi mumkin, biroq “Barselona” o‘z vaqtida Dembeleni qo‘lga kiritish uchun turli yoqimsiz uslublardan ham foydalangan edi. Fransusning 125 million yevrolik transfer summasining kattagina qismi bonuslar bilan bog‘liq ekanligi ko‘pchilikning yodidan ham ko‘tarilib ketgani aniq.
Italiyalik mashxur jurnalist Janlukka Di marsio Dembelening transferi haqida shunday degan edi:
“Barselona Usmanni qo‘lga kiritish uchun keragidan ortiqcha harakat qildi va buni yo‘lini topdi. O‘ylashimcha, Dortmundliklar bu transferdan norozi. 125 million o‘z yo‘liga, lekin “Borussiya” Dembele bilan o‘zi istaganicha xayrlashgani yo‘q”
Dembelening Kataloniyadagi 3 yillik ( aslida 2,5 yil) faoliyatiga nazar solsangiz, uni sotib olgan klubga rahmingiz keladi. Kuchga to‘lgan chog‘ida “Barselona”dagi Neymarning o‘rnini yopish maqsadida kelgan hujumchi aytarli hech narsaga erisha olmadi. 73 ta o‘yinda maydonga tushgan Usman ko‘proq tartibsizlik, kechikish bilangina yodimizda qoldi xolos. Umumiy hisobda Usman o‘zining 9- jarohatini oldi. Bu kunga qadar futbolchi jarohatlar sababli 62 ta rasmiy uchrashuvni va 312 ta mashg‘ulotni o‘tkazib yuborga edi. Bu raqamlar bugungi kun bilan hisoblaganda. Mavsum so‘ngida raqamlar kattalashishi aniq.
Usman noyabr oyidan boshida tizzadagi og‘riq sababli 3 oyga safdan chiqqan edi. Tiklanish jarayonida ter to‘kib ishlayotgan futbolchini ko‘rgan Kike Setyen u haqida quyidagi so‘zlarni aytgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq:
“Dembele o‘zagacha iqtidor egasi. U bizga maydonning istalgan nuqtasida foyda keltirishini bilamiz, lekin unga qanotlarda o‘ynash qulayroq. Unga albatta o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat beramiz, faqat biroz sabr qilishi kerak. Uning sog‘lig‘I va o‘yini tezroq tiklanishiga umid qilyapmiz. Uning mashg‘ulotlarda tezroq safga qaytish uchun mehnat qilayotganini ko‘rib turibman. Bu meni ta’sirlantirmoqda”
Bu murabbiy futbolchi shifoxonaga ketishi oldidan bildirgan fikr bildirgan edi. O‘tgan kuni Dembele klubning tonggi mashg‘ulotlari chog‘ida jarohat ortirib oldi va uni shifokorlar maydondan olib chiqib ketishdi. Usman klubni va jamoadoshlarini juda og‘ir vaziyatda (o‘zi istamagan tarzda albatta) tashlab ketdi.
Afsuski, futbolchi murabbiylarga o‘ng oyog‘idagi og‘riq haqida avvalroqma’lum qilgan, biroq shifokorlar Dembelening yosh va kuchga to‘lganiga suyangancha ortiqcha e’tibor berishmaydi. Oqibatda, Usman mavsum so‘nggiga qadar o‘yinlarni uyida tomosha qiladigan bo‘ldi. May oyida 23 yoshga to‘ladigan futbolchi endi yosh emas. Bu jarohat uning faoliyatida o‘z kuchini ko‘rsatmay qolmaydi. Dembele bu jarohatdan ham o‘tib olishi mumkin, biroq undagi jarohatlar surunkali og‘riqlar bilan kariyerasi oxiriga qadar tez-tez bezovta qilib turadi. Surunkali jarohati bor futbolchilarning( ayniqsa yosh futbolchilarda) taktik va jismoniy holatlari mukammal bo‘lishi juda kam kuzatiladigan holat. Ayni damda “Barselona” juda qiyin ahvolda qolgani rost, biroq undanda qiyin vaziyatga Usman Dembelening o‘zi tushib qolgani juda achinarli…
“Barselona” uchun “qora kunlar” boshlandi
Kataloniya klubi bir yo‘la 3 ta hujumchidan ayrildi. Usman mavsum so‘nggiga qadar jamoaga yordam bera olmaydi. Suares ham uzoq muddat safdan chiqqan. Ularni o‘rnini vaqtinchalik bosibturishi ko‘zda tutilgan Karles Peres “Roma”ga ijara asosida berib yuborildi. Maydonda 3 ta pozitsiyani yopish kerak bo‘lsada, klubda atigi 2 ta hujumchi qoldi. Messi va Grizman. Afsuski, jamoa mavsumning hal qiluvchi o‘yinlariga katta talofatlar bilan yaqinlashib kelmoqda.
Barcha endi katta sahnaga Ansu Fatining chiqishini kutayotgan bo‘lishi aniq. Qaysidir ma’noda yigitcha bir nechta o‘yinda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladi, biroq jamoani to‘liq yelkasida olib yurishga ishonish qiyin. Achinarlisi shundaki, Dembele o‘zi singari Fatini ham juda qiyin ahvolda tashlab ketmoqda. 17 yoshli bolakay birdaniga o‘zi bilmagan holda katta bosim ostida qolib ketdi. O‘spirin uchun hiyla og‘irlik qiladigan mashg‘ulotlar, OAV tomonidan bildirilayotgan fikrlari bir paytlar Boyan Kirkichni “sindirib” qo‘ygani kabi, Fati salbiy ta’sir o‘tkazmasligi lozim. Undan Suares, Dembeledan talab qilingan natijani kutmaslik kerak. Bunday yo‘l tutiladigan bo‘lsa, futbolchi psixolagik juda qiyin vaziyatda qolib ketadi.
Xo‘sh, unda kim o‘ynashi mumkin hujumda?
O‘rinli savol. Birinchi navbatda Fati va Riki Puchlar o‘z imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.SHuningdek, “Barselona B”dagi Aleks Kolyadoham asosiy jamoaga “tortiladi”. Sehrgar Messi ham deyarli 3 ta o‘yindan beri og‘riq ila harakat qilayotgani ma’lum bo‘ldi. U ham temirdan emasligini untumaslik lozimm. Boz ustiga yillar har qanday sportchida ham o‘z kuchini ko‘rsatadi. Oldinda “Barselona”ni bir-biridan og‘ir sinovlar kutib turibdi. Kubok o‘yinlaridagi ikkita yarim final, YECHL pley-offi va ichki birinchilikdagi “Real Madrid” bilan abadiy qarama-qarshilik. Messi yana nechta o‘yinda jamoani yelkasida olib yurishga qodir ekanligini vaqt ko‘rsatadi. Mavsum boshini jarohat sababli o‘tkazib yuborgan Leo ham hal qiluvchi uchrashuvlar oldida yaxshi sport formasida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, hozir uning sog‘ligi juda muhim. Og‘riq bilan harakatlanish istalgan futbolchida ruhiy zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Ayni damda “Barselona” Messini ham boy bersa, mavsum o‘sha kuniyoq “Barselona” uchun o‘z yakuniga yetadi. Katta ehtimol bilan endi “Barselona”ningbor e’tibor YECHL o‘yinlariga qaratiladi. Ichki birinchilikdagi o‘yinlarda yoshlardan foydalansa kerak. Sababi juda oddiy. Qancha urunsangda ikkita oyoq bir etikka sig‘masligini “Barsa”ham bilib turibdi.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev