Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Ijodkor futbolchilarni qanday tarbiyalash mumkin?

Ijodkor futbolchilarni qanday tarbiyalash mumkin?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Messi haqida o‘ylashni va to‘pni maydon bo‘ylab huda-behuda maqsadsiz tepishni bas qil, to‘pni qabul qilib olganingda uni eng yaxshi o‘yinchiga oshir". Ushbu gaplar ijodkor futbolchilarni ruhlantiradimi?

Bu kabi sharhlar odatda, murabbiylar tomonidan aksariyat hollarda qo‘llaniladi va shu qadar siyqasi chiqib ketganki, hatto yosh o‘yinchilarni bezdiradi.   Afsuski, bolalar va yoshlar futbolida bu kabi ko‘rsatmalar o‘yinchilarni chalg‘itadi hamda ularni o‘ylashdan, fikrlashdan, qolaversa, hal qiluvchi qaror qabul qilishdan to‘xtadi.

Turli yosh toifasidagi yoshlar murabbiylari sovrinlarni yutib olishda muvaffaqiyatsizlikni ko‘proq qabul qilishlari va o‘yinchilarni individuallik va o‘yinni yaxshi tushunishlari uchun sharoit yaratishga ko‘proq e’tibor qaratishlari kerak.

Xo‘sh, ijodkor o‘yinchilarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi usullar qaysilar?

Albatta, bu pul, moliyaviy jihatlar emas, bu kabi o‘ylardan, maqsadlardan voz kechish kerak, aynan shu usul bilan bolalarni, yoshlarni motivatsiya qilmaslik kerak.

Avvalo, murabbiy sifatida o‘yinchilarning qanday  o‘ynashni yaxshi ko‘rishlarini tushunish kerak va bu ularning rivojlanishiga qo‘l keladi, o‘yin natijasi esa ikkilamchi darajada bo‘lishi lozim.

Tabiiyki, baribir o‘yinchilar g‘alaba qozonishni istaydilar, ammo ular o‘z o‘yin uslubini qo‘llash orqali o‘yinni yutib olishlarini tushunishlari kerak.

Jamoadagi har bir o‘yinchining “o‘z”ligi bor, bu ularning imkoniyatlaridan qat’i nazar muhimdir.

Murabbiylar o‘zlarining "kamroq qobiliyatli" futbolchilariga to‘pni har qanday zarurat bilan jamoaning eng yaxshi o‘yinchisiga berishga e’tibor qaratishni o‘rgatishlari kishini ajablantiradi.

Jamoaning har bir o‘yinchisi murabbiyning e’tiboriga loyiqdir. Mashg‘ulot jarayonida har bir o‘yinchini qanday ushlab turish mumkinligiga e’tibor qaratish muhim. Futbolchilar bir-biriga futbol bilan ishonishni o‘rganishlari kerak.

Bu faqat murabbiy futbolchilar bir-biriga ishonadigan muhit yaratgan taqdirdagina yuz berishi mumkin, ular qachon o‘ynashadi, ularga to‘pga chiqish va o‘z fikrlarini bildirish uchun ishonch bildirilishi dolzarbdir.

Ha, xatolar bo‘ladi, ammo bu murabbiy futbolchilarga kelajakda o‘z o‘rnini topishiga va o‘zgarishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan oltin daqiqalar ekanligini yetkaza olishi darkor.

Ko‘pchilik futbolda ijodkorlik - bu o‘yinchi mudofaa chizig‘ini berganda yoki to‘p bilan qandaydir ajoyib “fokuslar”ni amalga oshirishida deb o‘ylashadi. Men uchun ijodkor o‘yinchilar bu - to‘p bilan unumli yuguradigan futbolchilardir . Yosh o‘yinchini to‘p bilan yugurishi uchun o‘ziga ishonchni uyg‘otish kerak. Futbolchilar o‘zlariga ishonch hosil qilgan holda to‘p bilan yugurishni boshlashsa, ular jamoadoshlari uchun qulayliklarni yaratishi mumkin.

O‘yinchilar to‘p bilan yugurganda ikki yelka tomoni hamda oldingi tomondagi – jami uchta nuqtani his qilgan holda yugurishlari kerak !   Bu ularga raqibdan xabardor bo‘lishga va foydalanish uchun ochiq bo‘lgan bo‘shliqlarni ko‘rishga yordam beradi. Shuningdek, futbolchilarga to‘p bilan qachon va qayerda yugurish kerakligi o‘rgatilishi kerak. Buni faqatgina amaliy va real vaqt bo‘yicha, masalan, o‘yinchining qarorlarini rag‘batlantirgan holda o‘rgatish mumkin.

“To‘p bilan yugurishim uchun bo‘sh joy bormi, bo‘sh joy bo‘lmasa, keng maydonga chiqishim uchun joy bormi?” Mana shu fikrlar o‘yinchining ongida bo‘lishi muhimdir. Agar old tomonda bo‘sh joy bo‘lsa, o‘yinchi yo’nalishni o‘zgartirishi va to‘pni ko‘rsata turib, himoyachi bo‘ylab yugurishi mumkinligini, shu bilan birga, to‘p bilan yugurayotganida to‘pni xavfsiz tomondan (oyog‘ini raqibdan uzoqroqqa) saqlashni o‘rganishi kerak.

Ijodkor futbolchilarni rivojlantirish, ularga to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatish, ba’zi murabbiylar uchun qiyin bo‘lishi mumkin, ayniqsa agar ular "o‘yin" ga aloqasi bo‘lmagan "mashqlar" dan foydalansalar. O‘yinchilar to‘g‘ri qarorlarni tez-tez qanday qabul qilishni o‘rganishlari uchun ular doimo o‘yin bilan bog‘liq vaziyatlarga duch kelishlari kerak. Bu murabbiyga o‘z o‘yinchilarini to‘g‘ri yechimga yo’naltirish va o‘yinda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda yordam beradi.

Xullas, ijodkor yosh futbolchilarni topish va ularning yaratuvchanlik qobiliyatlarini yanada shakllantirish uchun eskicha, real holatda maydonda amalga oshmaydigan mashg‘ulotlar va ko‘rsatmalardan voz kechilsa, murabbiylarimiz oldinga qadam qo‘ygan bo‘ladilar. Ammo murabbiylarning ishiga aralashib, ularga bosim o‘tkazib ijodkor o‘yinchilarning o‘rniga katta sahnaga chiqib nima qilishni bilmay qoladigan puldor-u amaldor akaxonlarimizning soxta, zo‘raki “iqtidor”li bolalari maydonga tushaversa, kamida ikki qadam orqaga ketamiz. Bizning chekinishimiz esa raqiblarimizga naqadar qo‘l kelayotganligini afsuski, faqatgina tomosha qilib turibmiz. Iltimos, tomoshabinlikni yig‘ishtiraylik.

Erkin Sodiqov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:59, 10.02.2020.
O'qildi: 5280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.