Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xayrulla Hamidov maqolasi: Valverde (d)effekti

Xayrulla Hamidov maqolasi: Valverde (d)effekti

Baho:
+1 | -

5 aprel. 2016 yil. Yana Chempionlar Ligasi. Yana chorak final. Yana birinchi o‘yin. Yana "Barselona". Yana mag‘lubiyat bilan tugagan birinchi seriya.

"Kamp Nou" birinchi uchrashuvni qabul qilishi nechog‘liq og‘irligini Kataloniya klubi Valverdedan oldinroq – Luis Enrike davrida namoyish etgandi. "Atletiko Madrid" tashrif buyurgandi "Kamp Nou"ga.

Bu safar ham "Barsa" o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. "Roma"dan farqli ravishda Simeone shogirdlari birinchi bo‘lib kiritishdi o‘sha to‘pni. O‘yinning qahramoni va antiqahramoni – Fernando Torres Ter Shtegen darvozasini ishg‘ol etdi.

Keyin mezbonlar o‘zlariga kelishdi. Tinimsiz hujumlar samara bera boshladi. Torres jamoasini uyaltirib qo‘ymaganida, ko‘p masala shu o‘yindayoq hal bo‘lishi mumkin edi. "Atletiko" foydasiga, albatta. Torres gol urganidan o‘n daqiqa o‘tib qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda tashlab ketdi.

Shunda ham Enrike yigitlari ikkinchi bo‘limda javob bera olishdi. Luis Suares 63-daqiqada hisobni tenglashtirdi. O‘n daqiqadan so‘ng "Barsa"ga g‘alaba keltirgan golni yo‘lladi.

2:1 bo‘lib tugagan bahsdan "Barselona" xotirjam bo‘la olmasdi. Javob o‘yinida "Atletiko" qiynashi aniq edi. Qiynadi ham. Bu g‘alabadan asar ham qoldirmadi.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov

Ўша ўйин видеошарҳини яна бир марта ёдга оламиз.

Kiritildi: 07:11, 05.04.2020.
O'qildi: 5001 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик