Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidov maqolasi: Oxirgi ertak

Xayrulla Hamidov maqolasi: Oxirgi ertak

Baho:
+ | -

Yettinchi mayni "Liverpul" muxlislari o‘z kunlari deb e’lon qilib olaverishsin. Klub o‘tgan yilning shu sanasida misli ko‘rilmagan kambekni amalga oshirib, 2005 yilgi YECHL finalidagi o‘zlarining rekordini-da yo‘qqa chiqarishdi.

"Kamp Nou"da 0:3 hisobi qayd etilgach, "Liverpul" klubining kambekiga ko‘pchilik ishonmagandi. Chunki "Barselona" mehmonda o‘z golini uradi baribir deguvchilar ko‘p edi, shuningdek, Kataloniya klubi 2018 yili Romaga boy berilgan alamli mag‘lubiyatning takrorini amalga oshirmaydi deyishgandi. Ammo ko‘r hassasini ikki marta yo‘qotmasa-da, Valverde boshchiligidagi kataloniyaliklar shu ishning takrorini eplashdi. Dahshatli suratda.

Shu kuni "Liverpul" jamoasiga Salah yordam bera olmagani va uning o‘rnida o‘ynagan Divok Origi o‘yin taqdirini hal qilganini bilganimiz zahoti, Kloppning topqirligiga va vaziyatdan chiqib keta olishiga amin bo‘lamiz. Firmino ham yo‘q edi o‘sha kun. Shu holida "Liverpul" to‘rt gol urib o‘z darvozasi dahlsizligini ta’minlashi lozim edi.

Enfild shu kuni o‘n ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi. Birinchi bo‘limda bir gol yo‘llagan maydon egalari tanaffusdan so‘ng 2005 yilgi qahramonlikni ko‘rsatishdi. Ayniqsa, Yurgen Kloppning Robertsonni maydondan olishi va o‘rniga Veynaldumni tushirishi ko‘p narsani hal qilib berdi. Golland dubl muallifi bo‘lib karaxt ahvoldagi Barsaning holini yanada qiyinlashtirdi.

Oxiridagi g‘alaba goli muzeylarga saqlanguvchi nodir asar bo‘ldi. Trent Aleksandr Arnoldning burchak uzatmasi va kataloniyaliklarning himoyasi uxlab qolgani – shu kungi o‘yinning ramziy ifodasiga aylandi. 4:0 – Enfild Messi va uning do‘stlarini hech qachon esdan chiqmaydigan tarzda mag‘lub etdilar.

Tabiiyki, bu qadar olamshumul muvaffaqiyatga erishgan Klopp finalda vatandoshlarini o‘ynab-kulib yengishi taxmin qilindi. Shunday bo‘ldi ham. Yettinchi may oqshomidan so‘ng mersisaydliklar mag‘lubiyat so‘zini lug‘atlaridan olib tashlagandilar.

Xayrulla Hamidov maqolasi.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 10:01, 07.05.2020.
O'qildi: 5151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик