Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jabrdiyda “Lokomotiv“, ochko olgan autsayderlar, “Nasaf“ va “AGMK“da seriya davom etadi yoxud Superligada 6-tur yakunlari

Jabrdiyda “Lokomotiv“, ochko olgan autsayderlar, “Nasaf“ va “AGMK“da seriya davom etadi yoxud Superligada 6-tur yakunlari

Baho:
+ | -

25-26-27 iyun kunlari O‘zbekiston Superligasi 6-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, shahdam qadam tashlashda davom etayotgan “Qo‘qon-1912“ jamoasi, “Surxon“ni qabul qildi 3:0. Ancha hujumkor ruhda kechgan ushbu bahsda, shunchaki natijadan boxabar bo‘lgan tomoshabinga o‘yinning kechishi biroz boshqacharoq bo‘lganligi nomalum. Ya’ni, 3 ta to‘p farqi yuzaga kelgan bo‘lsada, termizliklar mezbonlarga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olishdi. Bir qancha keskin hujumlar, xavfli vaziyatlar sodir etishdiyu, ammo golgacha yetib borisha olmadi. Hatto, mehmonlar ikkita gol o‘tkazib yuborgan bo‘lishsada, hisob qisqarishi uchun harakat qilishdi biroq, Suxrob Berdiyev jarimadan yo‘llagan ajoyib goli bilan uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Shu tariqa, qo‘qonliklar 12 ochko jamg‘arib, kuchli uchlikda qolishdi.

 

Galdagi o‘yin, “Milliy“ stadionida, “Bunyodkor“ hamda “Lokomotiv“ jamoalari o‘rtasida kechdi. Darvoza tomon zarbalar bo‘lib turganiga qaramay, jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalangan “qaldirg‘ochlar“ga, Selim Nurmuradov va Shaxboz Erkinovlarning gollari g‘alaba keltirdi. Mana 3-o‘yindirki, ketma-ket raqiblardan “tarsaki“ yeyayotgan “temiryo‘lchilar“ esa o‘ziga o‘xshamayapti. Ko‘rinadiki, bu holatda ularga bemavrid ketgan Zoteev va ayni paytda ko‘proq zahira futbolchisi sifatida, toshkentning boshqa bir jamosi uchun to‘p tepayotgan Anzur Ismoilovlarning xizmatlari kerak. Ushbu mag‘lubiyatlar bosh murabbiy manzili tomon savollarning ko‘payishiga olib kelar, uning jamoadagi keyingi faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatar, ehtimol.

Shu kuni chempionat yetakchisi “Paxtakor“ Navoiyda mehmon bo‘ldi. Shundog‘am so‘nggi o‘rinlarda borayotgan “Qizilqum“ jamoasi, toshkentliklar uchun ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmadi. Aksincha, Tajmurod Agamuradovning vazifasi yanada qiyinlashdi.

Dostonbek Hamdamov va tobora yangi jamoa, yangi muhitga ko‘nikib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishga urinayotgan Eren Derdiyoklarning gollari evaziga, mehmonlar zafar quchishdi 0:2.

Juma kuni, Jizzax va Qarshidagi o‘yinlarda ochkolar baham ko‘rildi. “So‘g‘diyona“ ikki grand klubga qarshi kechgan qiyin o‘yinlardan keyin, nisbatan kuchsiz bo‘lgan “Andijon“ bilan bahsda biroz tin olishi mumkin edi. Ammo mehmonlar bunga imkon berishmadi va aksincha raqiblariga hujumkor o‘yin taklif etishdi. Shohruz Norxonovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olib, ko‘proq e’tiborni himoyaga qaratgan mezbonlar, so‘nggi daqiqalarda jazolanishdi. Farhod Bekmurodov raqiblar darvozasiga uzoq masofadan, chiroyli to‘p kiritib, mehmonlarga 1 ochko taqdim etdi. Yakunda, hisob 1:1.

Qarshida esa, “Nasaf“ va “Buxoro“ jamoalari o‘rtasidagi bahs nursiz durrang bilan yakun topdi. Ko‘plab xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmagan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi, yana ochko yo‘qotdi. Lekin, chempionat avvalidan buyon hali biron marta mag‘lub bo‘lganicha yo‘q. Bu esa jamoaning yuqori pog‘onalar uchun imkoniyatlarini saqlab qoladi. Mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev tarkibda muammolar mavjudligini hisobga olib, shogirdlari ko‘rsatgan o‘yin va natijadan mamnun ekanligini bildirdi.

Shanba kuni, “Navbahor“ “Metallurg“ ustidan ishonchli g‘alaba erishdi. Azizbek Turg‘unboyevning dubli va Ruslan Bolovning goliga, bekobodliklardan Stanislav Andreev bir marotaba javob qaytara oldi. Umumiy hisob 1:3.

Bu orqali Namanganliklar jadvaldagi o‘rinlarini ancha yaxshilab olgan holda, 11 ochko bilan 6-pog‘onani band etishdi.

Olmaliqda, “AGMK“ “Mash’al“ni qabul qilib, kichik hisobda taslim etdi 1:0. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Bahrom Abdurahimov o‘yinning ham eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. Har qaysi jamoa Dilyaver Vaniyev shogirdlari bilan ro‘baru kelganda muborakliklardan nima kutishni bilmaydi, lekin bu safar ham olmaliqliklar mag‘lub bo‘lishmagan holda Mirjalol Qosimov o‘z natijasini yaxshilashda davom etdi.

Dadajon FOZILJONOV tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:08, 28.06.2020.
O'qildi: 4885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик