Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

“SHerdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi

“SHerdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasining  2020 yil 30 iyundagi 04-sonli yig‘ilish bayoniga asosan “Sherdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari belgilangan talablarni bajarmayotgani hamda qatnashchilik badali va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun O‘zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi.

“Sherdor” futbol klubi 2018 yilda, “Ittifoq Navoiy” futbol klubi esa 2019 yilda Pro-ligada ishtirok etishi uchun shartli ravishda qabul qilingan bo‘lib, bunda klublar rahbariyatining o‘sha vaqtda O‘zPFL tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarish yuzasidan bergan va’dalari  muhim o‘rin tutgan edi. Biroq, hozirga qadar mazkur futbol klublari o‘z majburiyatlarini bajargani yo‘q. 
O‘zbekiston Professional futbol ligasi joriy yilning yanvar oyida Pro-ligada ishtirok etuvchi futbol klublarining umumiy ish faoliyati, ijro intizomi hamda reglament talablarining bajarilishini o‘rganish maqsadida Ishchi guruh tashkil qilgandi. Bunda “Sherdor” futbol klubining faoliyati o‘rganilgan. O‘rganishlar jarayonida futbol klubining moliyaviy-hisob faoliyati to‘liq yuritilmasligi, 2020 yilgi xarajatlar smetasi tasdiqlangan bo‘lsa-da moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi aniqlangan.

“Sherdor” futbol klubida moliyaviy holatning yaxshi emasligi, qarzdorliklar bartaraf etilmagani, qatnashchilik badali hatto o‘tgan mavsum uchun ham to‘liq to‘lanmagani, moliyaviy-hisob faoliyati talab darajasida yuritilmasligidan kelib chiqib, O‘zPFL uning kelgusi faoliyatiga shubha bilan qaraydi. Aslida “Sherdor” futbol klubining 2020 yil 24 fevraldagi 07-sonli murojaat xatiga asosan, futbol klubiga joriy yilning 1 apreliga qadar vaziyatni o‘nglash uchun muddat berilgan hamda shartli ravishda Birinchi liga ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishiga ruxsat berilgandi.  Shunday bo‘lsada, “Sherdor” futbol klubi ketma-ket kafolat xati yozish bilan cheklandi xolos. Aslida esa klublar avval qatnashchilik badalini to‘lab, so‘ng musobaqada ishtirok etishi kerak. O‘zPFL esa bu borada klublarga doim imkoniyat yaratib beradi. Ammo o‘tgan yillardan ham qarzdor bo‘lgan klublarning musobaqada davom etishi, Musobaqalar o‘tkazish reglamentining buzilishi hisoblanadi. O‘zPFL bunday klublarga vaziyatni chigallashtirmay, Ikkinchi liga musobaqasida faoliyatini davom ettirishni tavsiya qiladi. 

Shu bilan birga, “Ittifoq Navoiy” futbol klubi ham o‘tgan yilgi mavsumda chempionatda munosib ishtirok etmagani, reglament talablarini to‘liq bajarmayotgani, qatnashchilik badali yuzasidan “Sherdor” futbol klubidagi kabi qarzdorliklar mavjud ekanidan kelib chiqib, Ikkinchi liga uchun tavsiya etiladi. “Sherdor” va “Ittifoq Navoiy” futbol klublari qatnashchilar safidan chiqarilgani uchun mazkur futbol klublari va ularning futbolchilar bilan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilingudek bo‘lsa, futbolchilarning O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi boshqa futbol klublari bilan imzolagan mehnat shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazib beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:17, 02.07.2020.
O'qildi: 4012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.