Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Diyor Imomxo‘jayev Superligani markazlashgan holda o‘tkazish g‘oyasini izohlab berdi

Diyor Imomxo‘jayev Superligani markazlashgan holda o‘tkazish g‘oyasini izohlab berdi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zPFL Coca Cola Superliga uchrashuvlarini markazlashgan holatda o‘tkazish variantini ham o‘rganib chiqayotgani haqida yozgandik. Bu bizning vazifamiz, "A" plan o‘xshamay qolsa, albatta "B" tayyor turishi kerak. Savol: musobaqalar to‘xtab qolmasligi nima uchun muhim?

— To‘xtatish oson, boshlab olish qiyin. Holat bizdanda salbiyroq mamlakatlar futbolni davom ettirishni eplayotgan bo‘lsa, biz ham harakat qilishimiz kerak.

— Kuz faslida xalqaro o‘yinlar bor, futbolchilar unga qadar yaxshi formada bo‘lishlari shart.

— Karantin sabab odamlarga uyda o‘tirish taklif etilayotgan bo‘lsa, ularning aksari futbol tomosha qiladi. Juda qiyin bo‘lsa-da, chet el futboli muxlislarga berayotgan ozuqani o‘z odamlarimizga o‘z futbolimiz bilan berishga harakat qilishdan to‘xtamasligimiz kerak.

Xo‘sh, markazlashgan musobaqa mavzusi nega ochildi?

— Viloyatlararo chegaralar yopildi, bu jamoalarga birinchi muammo.

— Poyezd va aviaqatnovlar qisqartirildi, bu ikkinchi muammo.

— Vodiy yo‘lida jamoalar avtobus bilan harakatlana olmaydi, bu uchinchi muammo.

— Surxondaryoga avtobusda boradigan Toshkent va vodiy jamoalari jismoniy tarafdan juda katta kuch yo‘qotadi, bu to‘rtinchi muammo.

Biz bu borada IIV bilan hamkorlikda ishlayapmiz. Futbol klublariga yo‘llarda qulaylik yaratish maqsadida ularning rejalari, harakat qiladigan transportlari va delegasiyalar ro‘yxati IIV uchun taqdim etildi. Ya’ni, 9-tur bizga bu borada juda ko‘p axborot beradi, keyingi rejalar shundan kelib chiqadi.

Xo‘sh, markazlashgan musobaqa uchun nega Toshkent qulayroq?

Birinchidan, Superliganing barcha klubida Toshkentdan qo‘nim topish uchun navbatchi otellar bor. Ular bu otellardan muntazam — tibbiy tekshiruv uchun, yig‘inlar uchun va hokazo vaqtlarda foydalanadi. Ya’ni, har bir klub uchun o‘z viloyatidan keyingi qarorgoh bu Toshkent.

Ikkinchidan, Toshkent va Toshkent viloyatida Superliga talablariga javob beradigan 7 ta maydon bor, biz shularning 5 tasidan foydalanishimiz mumkin (2 tasida projektorlar muammosi bor). Boshqa biror yerda buncha maydonlar yo‘q. Vodiy masalasi ko‘tarilishi mumkin albatta. Biroq vodiyda bunday stadionlar soni 4 ta (ular orasidan Istiqlol stadioni masalasi alohida mavzu).

Uchinchidan, Toshkent va Toshkent viloyatlarida mashg‘ulot maydonlari nisbatan ko‘p. Hayot faqat rasmiy o‘yinlardan iborat emas, klublar mashg‘ulot ham olib borishi kerak. Sizningcha, yana qaysi viloyat bir vaqtning o‘zida 14 klubni qabul qila oladi? Toshkentda esa ularning barchasida kelganida shug‘ullanish uchun navbatchi maydonlar bor (aslida bu mavzu hali Toshkentda ham muammolar keltirib chiqarishi katta ehtimol).

To‘rtinchidan, biz U-21 musobaqasini ham unutmasligimiz kerak. Chunki O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionatining asosiy futbolchilari mana shu ligada to‘p suradi. Hatto Toshkentning o‘zida ular uchun tabiiy maydonlar qolmayapti, biz majbur bo‘lamizki, ularga sun’iy maydonlarni taklif qilishga. Muhimi, musobaqaning to‘xtab qolmasligi.

Beshinchidan, U-21 jamoalari asosiy jamoalar bilan yonma-yon bo‘lganidagina yosh futbolchilarda motivasiya va o‘sish bo‘ladi. Shu tariqa, umumiy 28 jamoa uchun Toshkentdan boshqa viloyat qiyinchilik tug‘diradi.

Oltinchidan, uchrashuvlar hakamlari, inspektorlari va komissarlarining asosiy qismi Toshkentda istiqomat qiladi. Bu ular uchun chegaralarni bosib o‘tish muammosini kamaytiradi, futbol klublari ularni olib kelish va kuzatish xarajatlarini vaqtincha o‘ylamaydi. Ularning hammasini boshqa viloyatga ko‘chirib borish va yashashini ta’minlash esa qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi.

Yettinchidan, MTRK xodimlarining asosiy qismi ham Toshkentda istiqomat qiladi. Ularda ham chegarani bosib o‘tish masalasi bor. Bitta uchrashuvda MTRKning taxminan 15 nafar xodimi xizmat qilishi inobatga olinsa, barcha uchrashuvlar uchun yetarli personalning boshqa viloyatga olib borish muammosi, ularning xarajatlari masalasi kelib chiqadi. Qolaversa, MTRK va "Sport" faoliyati faqatgina futboldan iborat emas, ular qolgan vaqtlarda boshqa loyihalar uchun ham ishlashi kerak, buning uchun ular Toshkentda bo‘lishi lozim.

Sakkizinchidan, futbolni yoritib boruvchi asosiy internet nashrlar ham poytaxtdan turib ishlaydi. Ular ham boshqa viloyatlar uchun o‘z xodimlarini yuborishda, ularning yashashini ta’minlashda moliyaviy qiyinchilikka duch kelishi mumkin.

Kasallanish holati Toshkentda ko‘proq, viloyatlarda kamroqligi masalasida shunday deyishimiz mumkin: ayni vaqtda butun O‘zbekiston qizil zonada. Infeksiya yuqtirib olish xavfi barcha joyda bor. Agar jamoalar Toshkentdan qo‘nim topsa, rejamiz bo‘yicha ular istiqomat qiladigan maskanlarda karantin talablari kuchaytiriladi. Bu ishga SES va IIVni jalb qilish nisbatan osonroq bo‘ladi. Klublar o‘z qarorgohi orqali avtobusda mashg‘ulotga va o‘yinga qatnaydi xolos. Ular bilan begona kishilarning uchrashmasligini iloji boricha nazorat qilish mumkin bo‘ladi.  

Shuningdek, markazlashgan musobaqa bizga vaqtdan yutish imkonini beradi. Reja bo‘yicha 12-tur uchrashuvlari 4 avgust kuni tugaydi. Markazlashgan holatda esa biz 12-turni 30 iyul kuni yakunlashimiz mumkin.

Jamoalar ketma-ketligiga ham qarang. "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Metallurg", AGMK va "Surxon" Toshkentda,  "Andijon" mashg‘ulotlarni Yangiyerda olib boryapti. Ya’ni, jamoalarning deyarli teng yarmi shu yerda. Bu albatta ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ladi, biroq faktdan qochib ham bo‘lmaydi. 10-turda "Navbahor" Termizga, "Andijon" Muborakka borishi kerak. Ular baribir Toshkent orqali yo‘lga chiqadi. Bu ham muhim faktor.

Biz qachondir hamma narsa poytaxt jamoalari uchunmi, degan qarashdan voz kechishimiz kerak. Biz qachon butun bir O‘zbekiston bo‘lamiz, shunda rivojlanamiz. Istalgan sohani olib qarasangiz ham shunday, metro faqat Toshkentda, asosiy banklar, tashkilotlar va hokazo. Bu jarayonlarga futbolgina sababchi emas. Biz viloyat jamoalarining muvaffaqiyatiga, ularning xalqaro maydonlardagi o‘yinlariga ko‘proq muhtojmiz. Bu oldinga kattagina qadam tashlashimiz uchun turtki beradi. Aytaylik, kubok finali Namanganda o‘tadi, bu bitta imkoniyat. Karantindan keyin tiklangan futbolda "Nasaf", "So‘g‘diyona", "Navbahor", "Qo‘qon" kabi klublardagi o‘sishni ko‘pchiligimiz ko‘rdik, o‘ynasa, yetakchilarni ham yutish mumkin ekan. Mana endi yuqorida keltirib o‘tilgan masalalarni istalgan viloyatga solishtirib chiqasiz, savollar bo‘lsa, ularga javob berishga tayyormiz.

Shu o‘rinda IIVga ko‘rsatayotgan yordami uchun katta minnatdorchilik bildiramiz. 9-tur uchrashuvlari muammolarsiz o‘tib olsa, keyingilari masalasida yana fikr almashamiz.   

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 13:23, 11.07.2020.
O'qildi: 4115 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.