Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Tub yaqin. «Barselona»ni kim qutqarib qoladi?

Tub yaqin. «Barselona»ni kim qutqarib qoladi?

Baho:
+ | -1
Fevralda Goal nashri Xosep Bartomeu «Barselona» boshqaruviga kelganidan buyon 25 ta omadsiz transfer amalga oshirganiyu ularga sarflangan qariyb 1.5 milliard dollar haqida tahliliy material e’lon qildi. Undagi raqamlar va solishtiruvlar esa shunchaki dahshat.
 
Yaqin o‘nyillikning eng buyuk klubi boshqaruviga Bartomeudek sifatsiz menejer kelib qolishi va uning faoliyati asosiy jamoaning yoshi o‘tib borayotgan bir paytda ro‘y berishi juda falokatli hodisa. Xalqaro va ichki chempionatdagi natijalar azaliy raqib «Real» bilan doim solishtirib kelinadigan «ko‘k-anorranglilar»ning yulduzli erasi nihoyalanayotgandek.
 
Xo‘sh, na transferga puli bor, na salohiyatli akademiyasi, bir futbolchiga butunlay bog‘lanib qolgan; bo‘lg‘usi «ikkinchi «Milan»ni endi kim qutqara oladi?
 
Saylovlar
 
Balki bu ko‘pchilik uchun noto‘g‘riroq variant bo‘lib ko‘rinar, ammo jamoa rahbariyati o‘zgarmasa, pastda sanaydigan sabablarimiz klub o‘zgarishi uchun foyda bermaydi.
 
2021 yilda o‘tadigan saylovlar juda ko‘p narsani hal qilib beradi. Hozircha «Barselona» prezidentligi uchun nomzodlar orasida Viktor Font jozibaliroq g‘oyasi bilan ajralib turibdi.
 
barcelona-presidential-elections-2014_11cvmx6yg4lau1a23asafd7eyp.jpg
 
«2015 yilda aytganimdek, agar tizim o‘zgarmasa, «Barselona» 2025 yilda «ikkinchi «Milan»ga aylanishi mumkin — kuchli tarixga ega bo‘lgan, ammo top klublarga imkoniyatni boy beradigan» – bu Fontning Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusidan parcha. Uning asosiy maqsadi klubning yosh futbolchilar transferi orqali daromadini oshirish, Xavini bosh murabbiylikka tayinlash va «Si al futur» («Kelajak sari») shiori ostida jamoa akademiyasini kuchaytirish. Shuningdek, muxlislarga 5 yevrodan berish taklifi ham bor uning g‘oyalari qatorida.
 
O‘z navbatida Fontni «Barselona» sobiq prezidenti Xuan Gaspar, Karles Puyol va ehtimoliy bosh murabbiy Xavi qo‘llab-quvvatlamoqda. Xavi Font haqida gapirar ekan «uning nomzodi «Barsa» uchun eng to‘g‘ri tanlov» ekanini aytdi.
 
Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar»ning eng muvaffaqiyatli boshqaruvchisi Joan Laporta ham 2021 yilgi saylovlarda ishtirok etadi. Agar saylovda g‘alaba qozonsa, u tanaffus bilan «Barselona»ni 12 yil boshqarishi mumkin.
 
0_Barcelona-president-Joan-Laporta-C-and (1).jpg
 
Yaqinda muxlislar o‘rtasida yangi prezident kim bo‘lishi haqida o‘tkazilgan onlayn so‘rovnomada 42,3% fanatlar, 56,2% qatnashchilar Laporta nomzodini ma’qulladi. Eng yaqin ta’qibchi va asosiy raqib Font esa 10,6% ovozga ega chiqqan.
 
Xo‘sh, Laporta nomzodi nega jozibali?
 
O‘z vaqtida Bekxem bilan shartnoma imzolash uchun munosabatlarga kirishgan va Gvardiola bilan fantastik «Barselona» yaratgan Joan Laporta yana muxlislarga Pepni qaytarishni va’da qilmoqda. «2021 yilda «Siti» bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetishini inobatga olsak, Gvardiolani Kataloniyaga olib kelish qiyin bo‘lmaydi», dedi u Marca nashriga bergan intervyusida. Faqatgina murabbiyni o‘zgartirish bilan klubni qutqarish mumkin, degan g‘oyani hozircha faqat Laporta ilgari surmoqda.
 
Bartomeu
 
Aslida hozirgi prezidentning muammosi shundaki, u o‘z muqim g‘oyalariga ega emas. Masalan, Laporta 2015 yilgi saylovlarda yutsa, Abidalni sport direktori etib tayinlashni va’da qilgan. 2018 yilda esa Bartomeu sobiq raqibining g‘oyasini o‘zlashtirib, Abidalni sport direktori etib tayinlagan. Bu borada tajribasiz bo‘lgan Erikning Messi bilan konflikti hali ham muxlislarning yodida. O‘z navbatida Bartomeuning «yo‘llanma muxlislar» orqali Messi, Pike va Busketsga ijtimoiy tarmoqlarda bosim o‘tkazgani ham unutilib ketgani yo‘q.
 
75FlT62eqi68jeMNEMfZ3E.jpg
 
Aslida Bartomeu o‘zini qandaydir bosimdan xalos qilish uchun Kike Setyen variantini tanlab qo‘ya qoldi. Dastlab Xavi bilan ham muzokaralarga kirishilgani hammaga ma’lum, biroq jamoaning sobiq afsonasi prezidentning oldiga qattiq shartlar qo‘ygan ko‘rinadi. Kim ham biladi deysiz, balki ular orasida Messisiz jamoa qurish g‘oyasi eng og‘iri bo‘lib tushgandir.
 
4.jpg
 
OAVda aylanib yuradigan bir ibora borku «Barselonani Messi boshqaradi», degan. Aslida shu rost. Ayniqsa, Kike Setyen boshqaruvi davrida bu juda sezilib qoldi. Restartdan keyingi ayrim bellashuvlarda pult Leoda ekani va agar xohlasa, futbolchilarga ham ko‘rsatma berishi mumkinligi ko‘rinib qoldi. To‘g‘ri, Kike yomon murabbiy emasdir, ammo «Messi boshqaruvi» davridagi «Barselona»ning eng yomon murabbiyi. Va bu, borib-borib yana Bartomeuga taqaladi, chunki aynan uning davrida Messi jamoa murabbiyiga «aylandi».
 
«La Masiya»
 
Bir paytlar «Barselona» akademiyasi haqida, umuman, klublar akademiyasi haqida gap ketganda «La Masiya» juda sifatli o‘yinchilar yetishtirib chiqarishi bilan nom qozongan edi. Bilmadim, qanchalik g‘alati ko‘rinar, ammo endi Kataloniyada Messi, Iniyesta, Xavi yoki Pike kabi futbolchilarni ulg‘aytirib beradigan akademiya yo‘q. Bir qaraganda juda to‘g‘ri yo‘ldan borayotgan klub qanday qilib shunday pastlikka sho‘ng‘idi tushunish qiyin. Tub yaqindek. Font aytganidek Bartomeu «Barselona»ni nafaqat ma’naviy tanazzulga olib keldi, balki klubning yuragi bo‘lgan «La Masiya»ni ishdan chiqardi.
 
23.jpg
 
Zamonaviy futbol kuchli jamoa bilan bir qatorda kuchli akademiyani ham talab qiladi. Hatto istalgan futbolchini sotib olish salohiyatiga ega bo‘lgan arab shayxlari ham bugun futbol akademiyalariga jiddiy e’tibor qaratishgan. Demakki, hali yuksak infrastrukturaga ega bo‘lgan «La Masiya» g‘oyasini qaytadan ko‘rib chiqish va asosiy jamoaga ana o‘sha yerdan futbolchi jalb qilish an’anasiga qaytish kerak. Bu uchun ko‘p narsa talab qilinmaydi.
 
Xavi nomli «yangi qon»
 
Gvardiola davridan beri o‘zagi o‘zgarmay kelayotgan «Barselona»ni Xavi yangitdan qurish niyatida. Uning va Pepning g‘oyalari kroyfona total futbolga asoslanganligi hamda yoshlarga imkoniyat berish bobidagi qarashlari akademiyaga alohida e’tibor qilinishidan dalolat beradi.
 
Ernesto Valverde hali ishdan olinmagan paytlardan buyon Xavi nomzodi kataloniyaliklar bosh murabbiyligi kursisiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgan edi. «Barsa» afsonasi butunlay yangi «Barselona» yaratishga chog‘langan ko‘rinadi. Shu uchunmi u Messisi bor jamoani boshqargisi kelmayapti. Ko‘p intervyularida «Barselona»nini boshqarish orzusi ekanligini yashirmasada, ammo ishga kirishishga shoshilmoqchi emas. Bundan ma’lum bo‘ladiki, u Messiga ustoz bo‘lishni va yoshi o‘tib borayotgan klubni boshqarishni o‘ylamayapti, OAV esa tinmay Xavini Kataloniyaga olib kelmoqda.
 
15788352620697.jpg
 
Agar Xavi chindan ham kelajagini «Barselona»da ko‘rayotgan bo‘lsa, (aslida «Barselona» o‘z kelajagini Xavida ko‘rayotgan bo‘lsa) jamoaning 31, 32, 33 yoshli, umuman, keksa o‘yinchilari bilan tezroq xayrlashishi, ularni munosib nomzodlar bilan almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Ammo masalaning yana bir muhim tomoni bor. «As-Sadd» ustoziga juda ko‘p baho berib yuborish ham yaramaydi. Masalan, xuddi u «Barselona»ga keladiyu bir yoki ikki yilda «Oltin trebl»lar qayd etib tashlaydi. Yo‘q. Unday bo‘lmasligi bo‘lish ehtimolidan ko‘pku, to‘g‘rimi? Balki mavsumning yarmidan iste’foga chiqarib yuborilar. Zidan ham «Real»ga kelgan mavsumida hech qanday kubok yutmaganida, balki Peres ham u bilan ertaroq xayrlashgan bo‘lishi mumkin ediku.
 
Hozir vaziyat shundayki, Xavi «Barselona»ga kelib tobora yo‘qolib borayotgan muxlislardagi ishonchni (buni birgina «Chelsi»da, Frenk Lempard misolida ko‘ryapmizku) qaytarishi kerak. O‘yinchilarga yetishmayotgan g‘oliblikka tashnalikni jonlantirishi lozim. Juda ko‘p narsalar bir-biriga bog‘langan va ularning eng boshida rahbariyatning o‘zgarishi bo‘lib turibdi. Yuqorida aytganimizdek «Barselona» rahbariyatida o‘zgarish bo‘lmas ekan, hamma taxminlar taxminligicha qolaveradi.
 
Yoshlar
 
Messini o‘zi ham bir necha bor aytdi. Muxlislar ham sezib turibdi. Valverde kashf qilgan bolakay – Anssumane Fati kelajak Messisi bo‘lishi mumkin. Klubni amaldagi rahbariyati ham «Manchester Yunayted»ning ancha jozibali taklifini rad etib, Fatiga bo‘layotgan takliflar ko‘rib chiqilmasligini ta’kidladi.
 
21.jpg
 
Albatta bu, unga bildirilayotgan katta ishonchdan darak. Shuningdek, Riki Puch, Karles Peres va yana bir qancha «La Masiya» tarbiyalanuvchilari kelajakka bo‘lgan ishonchni qaytaradi.

Transferlar
 
Bilasizmi, «klubdanda ustunroq klub»ni hozir transferlar uchun puli yo‘q. Pul yo‘qmi, demak, qandaydir Neymar yoki Lautaroning orzudagi ehtimoliy transferlari haqida o‘ylamaslik kerak.
 
Xosep Bartomeuning odatdagi tuturiqsiz qarorlari qatoriga Pyanich – Artur rokirovkasini qo‘shib qo‘yishingiz mumkin. Maqsadsiz va hech qanday o‘lchovlarsiz amalga oshirilgan juda va juda tushunarsiz transfer. 23 yoshli o‘sadigan o‘yinchini 30 yoshli «otarini otib bo‘lgan» futbolchiga almashtirilishini qanday aql bilan qabul qilish mumkin?
 
 
Aslida faqat bu emas, barcha 30 ga yaqin transferni ham tushunarsiz va muvaffaqiyatsiz desa bo‘ladi. Masalan, Koutinyo va Dembeledan boshlanadigan bu ro‘yxat Grizmanda nihoyasiga yetadi. O‘rtada Arda Turon, Kévin-Prins Boaténg, Malkom, Andre Gomesh ismli azamatlarniyam uchratish mumkin. Va endi klub xohlasa ham yangi futbolchi ola olmaydi. Fontning noroziligicha bor: bugungi «Barselona»da birinchi o‘rinda tizim yomon, undan keyingi birinchi o‘rinda esa rahbariyat juda yomon.
 
Vanihoyat Messi
 
Hozir istalgan odamga Messining «Barselona»da qolishi jamoa uchun foydami yoki zarar, deb savol bersangiz, albatta foyda, deyishi aniq. «Keyingi besh yoki o‘nyillikdagi eng birinchi va oxirgi muammoimiz — Messi», dedi Viktor Font Mundo Deportivo bilan suhbatda. Ushbu fikrlar «eng katta yutug‘imiz va eng katta kamchiligimiz» deya talqin qilinganda ham noo‘rin bo‘lmasdi. Chunki Messining «Barsa» uchun qanday darajada ahamiyatli ekanini u ketsagina anglash mumkin. Uning hali hamon «Barselona»da ekanini murabbiylar badalini to‘lab yotishibdi shundoq ham...

0023.jpg
 
Xo‘sh, Messi qachon ketishi kerak?
 
Yaqinda Leoning otasi Milan shahridan uy olgani haqidagi xabarlar tarqadi. Nazarimda, shu yil, qishki transferlar vaqtida o‘z jamoasini almashtirishi kerak u. Balki bu noto‘g‘ri qarashdir, ammo Messining ketish yoki ketmasligi klub uchun baribir to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qaror bo‘lishi aniq. Xuddi shunday qolishi ham to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qarordir. Ammo qanday bo‘lmasin, u ertaroq ketishi kerak. O‘z kelajagini «Inter»da ko‘rayotgan bo‘lsa, marhamat. Bir paytlar Erik Tohir Messini Milanga olib kelishga va’da bergandi. Unda hozirgidanda qulay vaziyat bo‘lmagan argentinalikni qo‘lga kiritish uchun.
 
Mavsumda 50 talab gol uradigan hujumchi bilan xayrlashish oson emas, ammo mana «Real» shu ishni qildiku? Boshida hamma yomon ko‘rdi. Amalda esa hammasi iziga tushib, La Ligada ham zafar quchdiku «qaymoqranglilar». To‘g‘ri izlar bosilib ketishi uchun biroz muddat kerak bo‘ldi. Biroq uddalandi. Aslida Messi bilan «Barselona»ning vaziyati undanda og‘irroqdek ko‘rinadi. Leoning Kataloniyada qancha ko‘p qolishi, u yerdagilar uchun ham shuncha ko‘p zarar deganidir. Shuningdek, shuncha foyda ham.
 
To‘g‘ri, Lionel klub uchun qo‘lidan kelgan va keladigan barcha ishni qildi, biroq bu vaziyatda Yangi «Barselona» yaratish g‘oyasi uchun uning transferidan ham mo‘maygina pul ishlab olish mumkin. Keyin «otimning o‘lishini bilganimda, bir qop kepakka almashib yuborardim», bo‘lmasa bo‘lgani.
 
Agar Messi klubdan ketsa, jamoa imiji uchun katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi deguvchilarga esa «o‘zi shundoq ham bir kuni ketishi kerakku», degan javobni aytish kifoya. Uning transferidan keladigan 100-200 million yevro atrofidagi summa esa pulsiz «Barsa» uchun suv va havodek zarur. Ammo Messini sotib, undan tushgan mablag‘lar Neymarning 222 million yevrosidek havoga uchmasligi uchun iqtidoga baribir yangi rahbariyat kelishini taqozo etaveradi.
Manba: uza.uz
Kiritildi: 12:12, 02.08.2020.
O'qildi: 14333 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.