"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
33 yoshli futbolchi endilikda "Yuve" bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmayabdi.
Ma’lumot uchun joriy mavsum Xedira birorta o‘yinda maydonga tushmadi va hatto o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Spartak" Xediraga da’vogarlik qilayotgandi.