Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

"Real" Ramosga ikki xil shartnoma taklif qilmoqda

"Real" Ramosga ikki xil shartnoma taklif qilmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramosning mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadi. Ispaniya OAVsida u haqda turli xil yangiliklar tarqalmoqda.

El Chiringuito nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, «Real» Ramosga ikki xil shartnoma taklif qilmoqda. Birinchi variantida - futbolchining maoshi hozirgidek qoladi, ammo shartnoma muddati bir yil. Ikkinchi variant esa - shartnoma ikki yillik bo‘ladi, lekin hozirgi maosh 10 foizga qisqaradi.

Serxio Ramos «Real» tarkibida 2005 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U «Sevilya» klubidan "Qirollik klubi" safiga ko‘chib o‘tgan va shu kungacha 666 ta uchrashuvda maydonga tushib, 100 ta gol kiritdi va 40 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 00:30, 05.01.2021.
O'qildi: 4814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.