Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Xayrulla Hamidov maqolasi: O‘ynayotgan afsona

Xayrulla Hamidov maqolasi: O‘ynayotgan afsona

Baho:
+ | -1

Bugun 30 mart. Serxio Ramos 35ga kirdi. Bu yigit haqida nima yozishniyam bilmaydi odam. U haqda berilgan ta’riflar, u haqda yozilgan esselar shu qadar ko‘pki, qay birini taqdim etishni ham bilmas ekansan shunday paytda. Qisqa qilaman.

Ramos – o‘ynayotgan afsona. Eng yaxshi ta’rif shu. Yana bir ta’rif borki, Serxioning o‘zi bizga aytib beradi:

“O‘n besh yoshimdan beri “Sevilya”daman. To‘rt yil o‘tgach, bor-yo‘g‘i 19 yoshimda meni terma jamoaga chaqirishdi. Mashg‘ulotlaridan biriga borar ekanman, odatiy yumushlarimni qildim: sumkamda ehtiyojimga kerak matohlar, butsa va formam... Chunki terma jamoa mashg‘ulotidan yo o‘yinidan so‘ng uyga qaytasan, bu narsalarni o‘zing bilan olib yurishing kerak.

O‘sha kuni men uyga qaytmadim. Balki Las Rosasda soat 23:30da shartnomaga qo‘l qo‘ydim. Transfer oinasi yopilishiga yarim soat qolgandi. Shartnomaning pastki qismiga qo‘l qo‘yar ekanman, bunga o‘sha payti ishonolmasdim. Ha, ha, o‘sha kuni telefonim smslarga to‘lib ketdi. Hayotim davomida eng ko‘p sms qabul qilgan kunim edi.

Bu imzoning ostida oldinga tashlangan katta qadam va og‘ir mas’uliyat yotardi. Hozir men yana o‘sha g‘o‘r davrimga qaytib qolsam ham, shu ishga takror qo‘l urardim.
Tasavvur qilish qiyin, “Sevilya” o‘yinchisi bo‘lib uyquga yotasan, “Real” o‘yinchisi bo‘lib uyg‘onasan. Dahshatku! Va ertalab bir jamoaga borishingni-da bilasanki, u yerdagi kiyim almashtirish xonasida seni Raul, Bekhem, Zizu, Iker, Roberto Karlos, Ronaldo kabi yulduzlar kutib oladi. Axir, ularning bari mening kumirlarim-ku. 12 soatdan so‘ng ular bilan bir xonadasan. Dahshatku bu!
Dunyo ostin-ustun bo‘lib ketgandek tuyulardi menga!”

Zo‘r izohlar, a? Ha, Ramosning gaplarida samimiyat bor. O‘sha g‘o‘rlik davrini samimiy eslay olgan. Lekin bugun u shunday darajaga chiqdiki, Qirollik klubiga keladigan har qanday yosh bolakayning xayolidan endi  Serxio nomi birinchi bo‘lib eslanadigan ro‘yxat tuziladi. Bo‘ldi. Ertak shunday bo‘ladi. “Atletiko” darvozasiga so‘nggi soniyalarda urgan goli kabi tugaydi va boshqachasi Ramos kabi afsonaviy yulduzga yarashmaydi ham.

Darvoqe, "Atletiko"ga urgan golidan so‘ng shunday degandi u: "Endi xotirjam o‘lsam bo‘laveradi!"

35 yoshida qaytadan "Real" bilan shartnoma imzolayotgan yigitning kamtarligini qarang-da endi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 16:19, 30.03.2021.
O'qildi: 6380 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик