Bugun, aniqrog‘i soat 21:45 Italiyaning Neapol shahridagi "Diyego Armando Maradona" stadioni katta futbol uchrashuviga guvoh bo‘ladi. "Napoli" o‘z maydonida peshqadam "Inter"ni qabul qiladi. Chempionlikni maqsad qilgan milanliklar safardan ham 3 ochko bilan qaytadimi, yoki Gattuzo shogirdlari "Inter"ning A seriyada chempionligiga qarshilik qiladimi? Hozir esa aynan shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. "Napoli" - "Inter" uchrashuvi haqidagi, qisqacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.
"Napoli"
"Napoli" ayni paytda A seriya jadvalida 5 o‘rinda ketmoqda. Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rindan "ko‘klar"ni 2 o‘rin va 3 ochko ajratib turibdi. Shuning uchun ham Jennaro Gattuzo shogirdlari mavsum yakuni arafasida umuman bo‘shashishlari kerak emas. Agarda, yangi mavsumda Yevropa klublari orasidagi eng katta musobaqada Neapol jamoasini ko‘rmasligimiz mumkin. Umuman olganda, "Napoli"ning A seriyadagi ishlari yaxshi ketmoqda. Buni oxirgi 6 uchrashuvdan 5 martasida g‘alaba qozonganidan ham sezish mumkin. Klub faqatgina, ikki tur oldin "Yuventus"dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishdi.
Bugungi bahsni "Napoli" safidan bir qancha muhim futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Xususan, jamoa darvozaboni David Ospina, meksikalik Irving Lozano va Fauzi Gulyam kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Mazkur yo‘qotishlar orasidagi eng yomoni, Lozano hisoblanadi. Chunki, ushbu futbolchi Gattuzo jamoasiga bir qancha uchrashuvlarda yordam berib kelgan. Kolumbiyalik darvozabon o‘rnida Meret maydonga tushsa, Lozano o‘rniga "neradzurri"lar sobiq futbolchisi Politano maydonga tushishi mumkin. Shuningdek, Petr Zelinski jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi va bugun katta ehtimol bilan bugun polshalik futbolchi uchrashuvni dastlabki daqiqalardan boshlaydi.
"Inter"
Shubhasiz, hujumchi Romelu Lukaku nafaqat Antonio Konte uchun, balki butun "Inter" jamoasining chempionatdagi eng muhim futbolchisi hisoblanadi. Romelu 29 o‘yinda maydonga tushib, 21 marta gol urishga erishdi. Qolaversa, "neradzurrilar"ning yana bir futbolchisi Lautaro Martinesni ham aytib o‘tishimiz kerak. Ayni paytda LaLu juftligi Italiya chempionatining eng samarali hujum tandemi hisoblanadi. O‘tgan turgi g‘alabada esa, "Inter"ning boshqa bir futbolchisi qahramonga aylandi. Ushbu futbolchining goli bilan milanliklar o‘z uyidada "Kalyari" ustidan g‘alaba qozonishga erishishdi. "Inter" hozirgi paytda super formada turibdi. A seriyada qaysi jamoa raqiblik qilayotgan bo‘lsa ham, ayab o‘tirgani yo‘q. Bugungi bahs oldidan "Napoli"ga juda qiyin bo‘lishi aniq. Konte shogirtlari o‘tkazgan har bir uchrashuvlarining, deyarli har birida gol urib kelmoqda. Hozirda "neradzurri" 69 gol bilan, chempionatdagi eng ko‘p gol kiritgan jamoa bo‘lib turibdi. Milan klubi o‘z natijalari va o‘yini bilan haqiqatan ham ajoyib, boshqa jamoalarda hozircha bunchalik o‘ziga bo‘lgan ishonch sezilmayapti. Antonio Konte ushbu mavsumda 10 yildan beri, Italiyada gigantlik qilayotgan "Yuventus"ni seriyasiga nuqta qo‘yishi mumkin.
Bugungi bahs oldidan "Inter"da katta yo‘qotishlar deyarli yo‘q. Faqatgina, Arturo Vidal va Aleksandr Kolarov maydonga tusha olmaydi.
Ehtimoliy tarkiblar:
Napoli (4-2-3-1): Meret; Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Mariu Rui; Fabian Ruis, Demme; Politano, Zelinski, InsinYE; Osimxen
Zahira: Kontini, Raxmani, Maksimovich, Xyusay, Bakayoko, Lobotka, Elmas, Mertens, Petanya, Chioffi
Murabbiy: Jennaro Gattuzo
Diskvalifikasiya: Lozano
Jarohat: Gulam, Ospina.
Inter (3-5-2): Xandanovich; Shkrinyar, De Vrey, Bastoni; Xakimi, Barella, Brozovich, Eriksen, Darmian; Lukaku, Lautaro.
Zahira: Radu, Padelli, Ranokkya, D'Ambrozio, Yang, Galyardini, Vesino, Sensi, Perishich, Sanches, Pinamonti.
Murabbiy: Antonio Konte
Diskvalifikasiya: yo‘q.
Jarohat: Kolarov, Vidal.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.