Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Milliy chempionat va kubok bahslarida tibbiy nazorat hamda karantin qoidalariga jiddiy rioya qilinadi

Milliy chempionat va kubok bahslarida tibbiy nazorat hamda karantin qoidalariga jiddiy rioya qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida 18 apreldan e’tiboran mamlakatimizda koronavirus tufayli joriy etilgan karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqida ma’lum qildi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Professional futbol ligasi karantin tartibiga amal qilgan holda milliy chempionat va mamlakat kubogi bahslarida tibbiy nazoratga yanada jiddiy e’tibor qaratishga kirishdi.

Xususan, Pro liganing 5-turidan o‘rin olgan «Neftchi» — «Xorazm» uchrashuvidan boshlab stadionga tashrif buyurgan muxlislarning masofa saqlab o‘tirishlari uchun o‘rindiqlar alohida belgilab, ajratib chiqildi.

Shuningdek, hozirda stadionga kirayotgan tomoshabinlarning harorati o‘lchanib, ularning albatta tibbiy niqobda bo‘lishlari talab qilinmoqda.

Bu borada uchrashuvlarni tashkil etishga bevosita mas’ul bo‘lgan O‘zPFL komissarlarining umumiy mas’uliyat va majburiyatlari yanada ortadi. Shu sababli o‘yinoldi va o‘yin kungi tadbirlar davomida uchrashuv ishtirokchilari va muxlislarning karantin qoidalariga to‘liq rioya qilishlarini tashkil etish yuzasidan bugun O‘zPFL uchrashuv komissarlari uchun maxsus seminar o‘tkazildi.

Endilikda barcha musobaqalar doirasidagi o‘yinlarda muxlislarning ijtimoiy masofani saqlashlariga alohida e’tibor qaratiladi. Bu bo‘yicha O‘zPFL komissarlari Sanitariya epidemiologiya xizmati bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. O‘yin oldidan har ikki klub vakillari bilan tashkilotchilik masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan odatiy yig‘ilishda bundan buyon Sanitariya epidemiologiya xizmati vakili ham albatta ishtirok etadi.

Manba: uzpfl.uz
Kiritildi: 14:46, 19.04.2021.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.