Who Scored portali Ispaniya La Ligasi 36-turining ramziy jamoasini taqdim etdi.
Unga ko‘ra «Vilyarreal» va «Barselona» hujumchilari Karlos Bakka va Lionel Messilar eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishdi.
Bakka «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi (4:0), Messi kataloniyaliklar 1:2 hisobida yutqazgan «Selta»ga qarshi o‘yinda bitta gol urdi.