Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Oybek Bozorov Singapurga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

Oybek Bozorov Singapurga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 iyun, dushanba kuni JCH—2022 saralashi doirasida Singapurga qarshi bahs olib boradi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Nasaf» yarim himoyachisi Oybek Bozorovning xizmatlaridan bellashuvda foydalana olmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunga Bozorovning 2020 yilda Tailandda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining so‘nggi o‘yinida olgan qizil kartochkasi sabab bo‘lgan. Shu tariqa 23 yoshli futbolchi diskvalifikasiya sababli Singapurga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Ta’kidlash joiz, Vadim Abramov ham ushbu holat o‘zi uchun kutilmagan yangilik bo‘lganini aytdi.

O‘zbekiston D guruhida 5 o‘yin o‘tkazgan holda 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam Saudiya Arabistoni esa 6 o‘yinda 14 ochko jamg‘argan. O‘zbekiston—Singapur bahsi 7 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:23, 07.06.2021.
O'qildi: 4450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик