Yarim himoyachi Joau Mariu «Sporting» klubining to‘laqonli a’zosiga aylandi.
Lissabonliklar 28 yoshli portugaliyalikni «Inter»dan bonuslar bilan 8 mln yevroga sotib olishdi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
O‘tgan mavsum Mariu «Sporting»da ijarada o‘ynagandi. Shuningdek, 2011-2016 yilgi mavsumlarda ham Portugaliya klubida o‘ynagan.
Iyun oyi boshida xavbek uchun «Spartak» qiziqayotgani ma’lum qilingandi.