Sky Sports xabariga ko‘ra, emlanmagan muxlislarga Britaniya stadionlariga tashrif buyurish taqiqlanadi. Bu Premyer-liga o‘yinlariga ham, oliy ligadagi har qanday futbol o‘yinlariga ham tegishli.
Ayni paytda hukumat Premyer-liga rahbariyati bilan mumkin bo‘lgan taqiqni muhokama qilmoqda. Shuningdek, stadionlarga 20 ming tomoshabinga ruxsat berilishi aytilmoqda.
Emlanmagan fuqarolarga esa tadbirlarga faqat kam qatnashish huquqi beriladi.