"Milan" yarim himoyachisi Yens Xuge faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Gazzetta dello Sport nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, ayni damda norvegiyalik futbolchiga "Volfsburg" va "Ayntraxt" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
O‘z navbatida milanliklar futbolchisini 15 mln yevroga sotishga tayyorligini ma’lum qilgan.