Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas
22/10 15:00 Kvangju 3-1 Johor Dorul Ta'zim
22/10 15:00 Shangxay Port 3-2 Sentrel Kost
22/10 17:00 Buriram Yunayted 1-0 Poxang Stilers
22/10 17:00 Shandong Taishan 2-2 Yokogama Marinos
22/10 19:00 Istiqlol Dushanbe 0-1 Al-Vihdat
22/10 19:00 Sharja 3-1 Sepohon
22/10 21:00 Istiqlol 0-1 An-Nasr (SA)
22/10 21:00 Al-G‘arafa 1-2 Al-Vasl
22/10 21:45 Milan 3-1 Bryugge
22/10 21:45 Monako 5-1 Srvena Zvezda
22/10 23:59 Arsenal 1-0 Shaxtyor
22/10 23:59 Aston Villa 2-0 Bolonya
22/10 23:59 Jirona 2-0 Slovan
22/10 23:59 Yuventus 0-1 Shtutgart
22/10 23:59 PSJ 1-1 PSV
22/10 23:59 Real Madrid 5-2 Borussiya D
22/10 23:59 Shturm 0-2 Sporting

Demba Ba: «Rangnik istalgan joyda futbolni o‘zgartirishga qodir»

Demba Ba: «Rangnik istalgan joyda futbolni o‘zgartirishga qodir»

Baho:
+ | -

Senegallik mashhur hujumchi Demba Ba Yevropa ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» - «Marsel» o‘yini arafasida Moskvaga keldi. U 13 sentyabr kuni futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgandi. Ma’lumot uchun, «Chelsi», «Vest Xem» va «Nyukasl» klublarida yorqin iz qoldirgan baquvvat hujumchi 2011 yilning dekabr oyida APLning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi. Diqqat qiling, Demba Ba naq 5ta tilda ravon so‘zlasha oladi. Vaqtida «Xoffenxaym»da Ralf Rangnik qo‘l ostida 4 mavsum o‘ynagan sobiq hujumchi germaniyalik mutaxass bilan hamon do‘stona munosabatda va kelajakda sport funksioneri bo‘lishni rejalashtirmoqda. Xullas, u yangi yo‘nalish sir-asrorlarini «Lokomotiv»ga kelishidan oldin butun «Red Bull» futbol imperiyasini boshqargan nemis mutaxassisi oldida o‘rganishga qaror qilgan ko‘rinadi. Demba Ba «SE» nashriga bergan intervyusida buni yashirgani yo‘q.

- Adashsamak, Moskvada ilk marta keldingiz...

- Ha, shunday. Bu qisqa tashrif dasturida sayohatga vaqt yo‘q. Endilikda Ralf Rangnik yoniga iloji boricha tez-tez kelib turaman. Shunday ekan, hali ko‘p ko‘rishsak kerak.

- Aytingchi, Rossiya klublaridan biror marta taklif olganmisiz?

- Ha, «Rubin» o‘z safiga chorlagandi. Ammo o‘sha payt «Nyukasl­»­da hammasi yaxshi ketayotgandi. Shuning uchun APLda qolishni afzal ko‘rganman.

- «Xoffenxaym»da siz bilan birga o‘ynagan Karlos Eduardo vaqtida Qozon klubi safiga qo‘shilgandi. Sizni ham o‘sha payt chaqirishganmi?

- Yo‘q, keyinroq.

- Germaniyada Rangnik qo‘l ostida 4 yil o‘ynagansiz. Uning ishida eng katta taassurot qoldirgan jihat nima?

- Ehtiros. Ralf hali ham buni yo‘qotgan emas. Asosiysi, Rangnik o‘z ehtirosini atrofidagi barcha insonlarga o‘tkazadi. Shaxsan men uni har doim osongina tushunardim. Chunki ikkimizni ishga nisbatan kuchli ehtiros, sadoqat va professional yondashuv bog‘lab turardi.

- Kelajakda sport menejeri bo‘lishni xohlashingiz, boshqaruv san’atini aynan Rangnikdan o‘rganmoqchiligingiz rostmi?

- Shunday imkoniyat tug‘ilsa, baxtiyor bo‘lardim! Hamisha oldinga intilishimiz, hayotda uzoq muddatli reja asosida ishlashimiz va ko‘zimiz yetadigan yumushlarga qo‘l urishimiz, bu borada shaxsiy qarashni shaklantirishimiz kerak. Ralfdan o‘rganish - juda yaxshi. Undan yaxshiroq ustoz topish qiyin. Chunki bu sohada Rang­nikdan kuchlirog‘i yo‘q.

- Umuman, funksionerlik yo‘lini o‘zingiz tanladingizmi yoki bunda kimnidir maslahatiga quloq soldingiz...?

- 100 foiz o‘z tanlovim. «Xoffenxaym»dagi faoliyatdan keyin ham Ralf bilan aloqani uzganim yo‘q. Aytishim kerak, u futbolchilik faoliyatimga katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslardan biridir. Shu kunga qadar Rangnikning boshqa klublardagi ishini ham kuzatib keldim va beixtiyor hayratim oshdi. Yashirmayman, avvaldan uning dasturidan lol qolgan, o‘rganishga bel bog‘laganman. Mana, endi Ralf yangi yo‘nalishdagi faoliyatimga ham bevosita ta’sir o‘tkazishi mumkin.

- Xo‘sh, o‘rganish jarayoni qancha davom etadi?

- Imkon boricha barchasini puxta o‘zlashtirishim kerak. Umuman olganda, o‘rganish hech qachon yakunlanmaydigan hayotiy jarayon hisoblanadi. Shunday ekan, tirik ekanman, o‘rganishdan aslo to‘xtamayman.

- Rangnikning «Lokomotiv» taklifini qabul qilgani, o‘zini Rossiya futboli bilan bog‘laganidan hayron qolmadingizmi?

- Yo‘q. Ishonchim komil, Ralf qayerga bormasin, futbolni o‘zgartirishga qodir. Bunda nafaqat o‘z klubi, balki butun mamlakat futbolini nazarda tutyapman.

- Uning falsafasiga kengroq to‘xtalsangiz...

- Birinchi navbatda, Ralf o‘yin haqida juda aniq tasavvurga ega. Uning ideal chizmasi - bozorda qiymati oshadigan iqtidorli yoshlar ijrosidagi vertikal hujumkor futbol. Endilikda barcha klublar shunday yo‘ldan borishga qiziqishi kerak, menimcha. Ya’ni bugungi kunda birinchidan, to‘g‘ri iqtisodiy yondashuv, ikkinchidan, jozibali va kon­struktiv futbolga ehtiyoj katta. Ralfning falsafasi - shu ikkisining ajoyib birlashuvi.

- Rangnik yana pressing va bosimga qarshi kurashga yo‘g‘rilgan zamonaviy futbol mafkurachisi, kashfiyotchisi hisoblanadi. Uning «Xoffenxaym»dagi ishini qanday eslaysiz?

- Bir tomondan, mashg‘ulotlarda chinakamiga rohatlanardim. Boshqa tarafdan qarasak, tinimsiz mehnat talab etilardi. Binobarin, Ralf falsafasidagi futbol o‘yinchi zimmasiga katta hajmda ish yuklaydi: sen hamisha jismonan 100 foiz tayyor turishing shart. Bu juda ko‘p energiya talab etishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Shuning barobarida Rangnik raqiblarni ham azob tortishga majbur qiladi. Hozirda  ko‘plab murabbiylar xuddi shunday uslubda o‘yin tuzish yo‘lidan borishmoqda. To‘g‘risi, Ralf «Xoffenxaym»dagi faoliyati bilan butun Germaniyada futbolga nisbatan qarashni o‘zgartirdi. Deylik, nemis murabbiylari o‘sha davr­dan keyin butun Yevropani zabt etishga tushdilar. Ular bunda Ralf yo‘lga qo‘ygan futbolni ko‘z-ko‘z qilishdi. Bu chinakam inqilob edi!

- Qiziq, aynan qaysi murabbiy Rangnikdan ko‘proq g‘oya oldi, sizningcha?

- Hamma biladiki, Tomas Tuxel bevosita Rangnik qo‘l ostida ishlagan. Umuman, Ralfning g‘oyalari Yurgen Kloppni ham, germaniyalik boshqa murabbiylarni ham ilhomlantirgani tayin. Takrorlayman, u butun nemis futbolini o‘zgartirdi!

- Yana qaysi murabbiy sizda kuchli taassurot qoldirgan - Rafael Benitesmi, Joze Mourinyomi yoki boshqasi?

- Mourinyo. U hamisha o‘z yo‘lidan yuradi va g‘alaba qozonish ilojini topadi. Barchasiga butun faoliyati isbot...

- «Lokomotiv»da kimnidir taniysizmi?

- Albatta. Aleksis Beka yaxshi yigit va ajoyib futbolchi. Uning o‘yini chindan ham, qiziqarli.

- Irqchilik va boshqa kamsitishlarga qarshi faol kurashadigan shaxs sifatida ham tanilgansiz. «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan «Zenit»ning faqat xorijlik futbolchilari tiz cho‘kish aksiyasiga qo‘shilishdi. Rossiyalik o‘yinchilar hech qachon bunday qilishmaydi, chunki tiz cho‘kish milliy madaniyatimizga zid. Bu haqda nima deya olasiz?

- Kechirasiz, madaniyat nimaga zid?

- Tizzalab o‘tirishga.

- Yo‘q, bu hech qaysi mamlakat madaniyatiga kirmaydi. Faqat afrikalik qullar 4 asrdan ko‘proq vaqt davomida tiz cho‘kishgan. Bu masalada hech qanday ijobiy narsa yo‘q. Afsuski, irqchilik hali ham tugamadi, endi bu illatning boshqacha ko‘rinishlari ko‘zga tashlanmoqda. Demak, kurashdan chekinmaslik kerak. Yo‘q, tiz cho‘kish aksiyasiga qarshi chiqayotganlarga e’tiroz bildirmayman, shuningdek, bu amalni bajaradiganlarga xayrixoh ham emasman. Shunchaki, barcha-barcha milliy va hayotiy g‘oyalarga bag‘rikeng bo‘lsa, bas. Demoqchimanki, eng muhimi - o‘zaro hurmat.

- CHL doirasidagi «PSJ» - «Istanbul» o‘yinining to‘xtab qolishiga sababchi bo‘lgan edingiz (ruminiyalik zaxira hakami futbolchiga nisbatan «qoravoy» iborasini ishlatgach, u maydondan chiqib ketgan va o‘yin ertasiga davom ettirilgandi). Ke­yinroq o‘sha hakam bilan gaplashdingizmi?

- Ha, bir necha daqiqa. U butunlay ahmoqlik qilganini tan oldi va kechirim so‘radi. Qolgani UYEFAga bog‘liq edi va mojaro nima bilan yakunlanganini kuzatmadim.

- Fransiyada tug‘ilib-ulg‘aygansiz, lekin bu mamlakatda atigi 1 mavsum o‘ynadingiz, xolos. Nima uchun?

- To‘g‘risini aytaman, Fransiya­da meni hech qachon qaysidir akademiyaga taklif qilishmagan. Ke­yinchalik to‘rtinchi divizion klubiga bordim, u to‘liq profes­sional emasdi. O‘sha jamoa safida ham hech qachon yuqori saviyali o‘yinlarda qatnashmaganman, ehtimol, yaxshi taassurot qoldirolmagandirman. Shuning uchun yakunda boshqa yo‘ldan ketdim va bu juda to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

- Faoliyatingiz davomida Belgiya, Germaniya, Angliya, Turkiya, Xitoy va Shveysariyada to‘p surdingiz. Sizga qaysi biri mosroq tushdi?

- Angliya.

- Kelajakda qayerda yashamoqchisiz?

- Ayni payt oilam Parijda. Lekin qayerdadir muqim yashab qolmasam kerak.

- Shveysariyada mavsum tugamay turib, faoliyatingizni tugatishga qaror qilib, «Lugano» bilan xayrlashdingiz. Nega?

- Klubga yangi xo‘jayinlar guruhi keldi. Qarasam, yangi rahbariyat rejalarida menga joy yo‘q ekan. «Lugano»ga meni bosh­qa insonlar taklif qilishgandi. Xullas, barchasini obdon o‘ylab ko‘rib, futbolchilik faoliyatini tugatib qo‘ya qolishni lozim topdim.

- Futboldan tashqaridagi ambisiyalaringiz qanday?

- Hozircha dam olyapman - ham jismonan, ham ruhan tiklanishim kerak. Imkon boricha oilamga ko‘proq vaqt ajratyapman, sayohatlarga chiqyapman. Futbolga kelsak, u hamisha qalbimda. Buni na yuragim va na hayotimdan chiqarib tashlay olaman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:00, 01.10.2021.
O'qildi: 1327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.