Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 1-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

E’tirof: Hammasiga Venger javob beradi

E’tirof: Hammasiga Venger javob beradi

Baho:
+ | -

FIFAning jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazish tartibiga o‘tish yo‘lidagi kurashi tobora qizg‘in tus olmoqda. Quyidagi material mazkur g‘oya muallifi Arsen Vengerning o‘z nuqtai nazarini qay tariqa himoya qilayotgani haqida.

O‘z joyini topdi

FIFA va UYEFA amaldorlari kelib-ketaveradilar, ularning faoliyati ko‘pincha futbol jamoatchiligiga umuman sezilmaydi. Hatto ular o‘tmishdagi taniqli futbolchilar yoki murabbiylar bo‘lishsa ham. Boisi, funk­sionerlarga aylanishgach, ular bor diqqat-e’tiborlarini muayyan ma’muriy topshiriqlarni bajarishga qaratadilar, assosiasiyalar prezidentlari esa asosiy figuralar bo‘lib qolaveradilar.

Lekin «Arsenal»ni uzoq vaqt boshqargan, falsafa va futbol mavzularida o‘z g‘oyalari bilan tanilgan Arsen Venger bu an’anaga barham bergan ko‘rinadi. G‘oyalarni hayotga tatbiq etish oddiy murabbiy uchun o‘ta murakkab vazifa edi. Biroq Venger FIFA tizimiga yo‘l topib, futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Shundan keyin o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish payti keldi, deb hisobladi va FIFA orqali so‘nggi yillardagi eng mojaroli mavzu - xalqaro uchrashuvlar taqvimini to‘la-to‘kis yangilab, jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazishni taklif etdi. Hozir Arsen Venger nomi bu fikrga mahkam yopishib olgan va iloji boricha ko‘proq pul topishga urinishda ayblanayotgan bosh rahbar - Janni Infantinodan ko‘proq tilga olinmoqda.

Aftidan, «to‘pchilar»ning sobiq ustozi FIFA prezidenti lavozimini egallamagan holda tarixga kirishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Kamdan-kam uchraydigan imkoniyat. Shu sababli ayrim bahsli jihatlarga qanday javob qaytarganligini bilish qiziqarli. E’tirozlar esa juda ko‘p. Ayniqsa, FIFAni o‘zining moliyaviy hamda sport manfaatlariga, jumladan, Yevropa chempio­natiga tajovuz qilganlikda ayblayotgan UYEFAning noroziliklari.

Tavsiya etilayotgan taqvim

Avvalo, Venger rejasidagi yangi taqvimni eslatib o‘taylik. Jahon chempionatlari juft yillarda o‘tkaziladi. Konfederasiya­lar turnirlari, jumladan, Yevropa chempionati ham toq yillarda tashkil etiladi. Terma jamoalarning saralash uchrashuvlari uchun bitta (oktyabr) yoki 2ta (oktyabr va mart) tanaffus ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, saralash bahs­lariga bir oy muddat ajratiladi. Hozir bunday tanaffuslar 5ta va hammasi klublar mavsumi ichidan joy olgan. Shuningdek, futbolchilarga turnirlar nihoyasiga yetganidan keyin 25 kunlik ta’til kafolatlanishi ko‘zda tutilgan.

30 sentyabrda FIFA o‘z a’zolari bilan erkaklar va ayollar terma jamoalari taqvimlarini muhokama qiladi. Amaldagi taqvim ayollar futboli uchun 2023 yilgacha, erkaklar futboli uchun 2024 yilgacha qo‘llanadi.

«Bu muddatlarga qadar hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Xalqaro uchrashuvlar taqvimini qaytadan shakllantirishda bir qator g‘oyalarga asoslandim. Birinchisi - yer yuzasida eng yaxshi futbolni joriy etish. Ikkinchisi - taqvimning nisbatan zamonaviyroq va soddaroq usulini yaratish. Shuning uchun saralash uchrashuvlari sonini kamaytirish va kvalifikasiya davrini yangidan guruhlarga ajratishni istayman», - deydi Venger.

Fransiyalik mutaxassisdan klub murabbiyligi davrida ham mazkur g‘oya bo‘yicha munosabatini so‘rashgandi: «Bu variantni yoqlagan bo‘lardim. U klublarga sezilarli yengillik beradi. Mavsum davomida xalaqit qiladigan holatlar deyarli qolmaydi. Terma jamoalar yig‘ini tufayli yuzaga kelgan tanaffuslardan ko‘p aziyat chekkanim yodimda. Hozir gap men haqimda emas, futbol uchun qulay sharoit yaratish, uning barcha uchun tushunarli, sodda bo‘lishiga qaratilgan taklif xususida. Ishonchim komilki, bundan klublar faqat manfaat ko‘radilar. Chunki ularda butun e’tiborni o‘z vazifalariga qaratish imkoni tug‘iladi, o‘yinchilar mavsum davomida ularning ixtiyorida bo‘ladilar. Uchrashuvlar sonining ortishi, ortiqcha parvozlar bo‘lmaydi, kafolatlangan ta’til tufayli turnirlar sifati oshadi. Shu bois, men loyihani himoya qilaman. Biz hamma bilan bamaslahat ishlayapmiz. Nazarimda, futbolchilar haqida qayg‘urayotganimga kasaba uyushmasini ishontira oldim».

Jo‘shqinlik uchun ayblov

Tabiiyki, mazkur qizg‘in tortishuvga UYEFA ham jimgina qarab turmayapti. Aleksandr Cheferin tasarrufidagi mahkama vakillarining fikricha, xalqaro uchrashuvlar taqvimining o‘zgartirilishi futbol uchun 4ta jiddiy xavfni, jumladan, JCH nufuzining pasayishi va futbolchilar salomatligida muammolar paydo bo‘lishini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, UYEFAdagilar FIFA bu loyihaga hech kim bilan maslahatlashmagan holda qo‘l urganidan norozilar.

Shuningdek, ular Venger tomonidan taklif etilayotgan grafik ayollar va o‘smirlar futboliga bo‘lgan e’tiborni susaytirib yuboradi, deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, ayollar va o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalar asosiy terma jamoalar turnirlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Shu sababli o‘z muxlislari va homiylaridan judo bo‘ladi. Bu esa Venger hamda FIFAning dunyo futbolini rivojlantirish g‘oyalariga zid.

«G‘oyaga xayrixoh yoki qarshi bo‘lgan muayyan kuchlarni bilmayman. Men shunchaki, rejalarimni tavsiya etdim va u futbolga manfaat beradi, deb o‘ylayman. Chunki «Arsenal»dagi uzoq yillik faoliyatimda klublar va terma jamoalar o‘rtasidagi aloqa havas qiladigan darajada emasligiga guvoh bo‘lganman. Jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazish g‘oyasi jamoatchilikni befarq qoldirmasligi va qizg‘in bahslarga sabab bo‘lishi tushunarli, bunga ajablanmayman. Biroq avvaliga g‘oyaga qarshi chiqqanlar taklifni bafurja tahlil qilganlaridan keyin fikrlarini o‘zgartiradilar. Ha, ulardagi jo‘shqin qarshilikni ham tushunaman, ular shunga ko‘nikib qolishgan. Lekin loyihaning mag‘zini to‘liq tushunib yeta olishmagan. Har ikki yilda o‘tadigan JCH saralash uchrashuvlarini o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilganidan keyin to‘liq bo‘y ko‘rsatadi. U men uchun yakka tartibdagi sayohat emas, mendan kelajak taqvimini shakllantirishda yordam berishimni so‘rashdi va men barcha bilan bamaslahat ishlayapman».

Joriy grafik - eng yaxshisi emas

O‘z taklifini himoya qilish jarayonida, Arsen Venger o‘zi va ko‘plab ekspertlar fikriga ko‘ra, mukammallikdan yiroq bo‘lgan amaldagi taqvimga muqobil variant yaratish ustida bosh qotirayotganini alohida ta’kidladi:

«Futbolning yaxshiroq bo‘lishi yo‘lida tavakkalga qo‘l urdim. Haq ekanligimga ishonchim komil bo‘lgani uchun, avantyurani davom ettirishga tayyorman. Jahon futbolining amaldagi taqvimi aniqlik va oddiylikdan yiroq, tashkiliy masalaga yondashuvi zamonaviy emas. Shu ketishda tez orada «boshimiz devorga urilishi» aniq. O‘yindagi xaos va ortiqcha yuklamalarga qarshi kurashish kerak. Mintaqalarni hozirgidek tez-tez almashtirish, klubdan terma jamoa ixtiyoriga borish va undan yana ortga qaytish futbolchilar uchun juda zararli. Kvalifikasiya davrining qisqarishidan klublar ham, futbolchilar ham faqat manfaat oladilar».

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haQida

Jahon chempionatlari nufuzining pasayishi:

«JCH shunchalik ulkan, tarixiy voqeaki, taqvimdagi o‘zgarish uning nufuziga putur yetkazmaydi, deb o‘ylayman. Biz faqat ezgulikka intilyapmiz, har yili yanada yaxshiroq bo‘lishni istaymiz».

Olimpiya va ayollar terma jamoalariga e’tiborning susayishi:

«Biz ularni qurbon qilish niyatida emasmiz. Bu masalada ko‘pchilikning fikrini o‘rgandim. Ular ayollar jahon chempionati har ikki yilda o‘tkazilishini ma’qulladilar. Qolaversa, bu ayollar futbolining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi».

Qit’alar konfederasiyalari bilan kelishishning ilojsizligi:

«Barcha mahkamalar bu borada muhokamaga kirishib, ijobiy xulosaga kelishlaridan umidvorman. O‘zim UYEFA bilan bog‘lanib, g‘oyani tushuntirdim. Biz barcha konfederasiyalar, milliy federasiyalar bilan muloqot qilishimiz lozim. Infantino va uning kasbdoshlari muhokamaga bosh-qosh bo‘lishlari kerak».

Klublar muxlislarining noroziliklari:

Hozir vaqtning 80 foizini klub futboli band etgan, 20 foizi terma jamoalar ixtiyorida. Biz mana shu muvozanatni saqlab qolish niyatidamiz. Men barcha muxlislar uchun shunday qilmoqchiman. Raqobat yanada yuqoriroq va ahamiyatliroq bo‘lishini ta’minlaymiz. Futboldagi mazkur o‘zgarishlarni 2028 yilgacha amalga oshirishni mo‘ljallayapmiz».

Ha, qalovini topsangiz, qor ham yonadi. Agar 6 yildan keyin hikoyamizdagi o‘zgarishlar haqiqatga aylansa, «Arsenal»dagi muvaffaqiyatli faoliyati va namunali insonga xos odob-axloqi bilan millionlab muxlislar mehrini qozongan fransiyalik mutaxassis bejizga «Professor» unvoniga loyiq topilmaganiga amin bo‘lamiz. 2028 yilning tezroq kelishini sabrsizlik bilan kutamiz.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:25, 06.10.2021.
O'qildi: 2591 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.