Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Xot-dogga muhabbat uchun diplom!

Xot-dogga muhabbat uchun diplom!

Baho:
+ | -

Futboldagi yil voqeasi: Shvesiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson xot-dogga nisbatan alohida muhabbati ortidan maxsus diplom oldi. Bu hazil emas, shved mutaxassisi ushbu yegulik reseptini juda yaxshi biladi. Asosiysi, u deyarli barcha stadionlarda xot-dog mazasini tatib ko‘rgan. Xalmstad aholisi Anderssonning bu «zaif»ligini yaxshi biladi. Zero, u shu shaharda tug‘ilgan va uzoq yillar «Xalmstad»ni boshqargan.

Endi murabbiyning xot-dogga muhabbati milliy miqyosda e’tirof etildi. Kolbasa akademiyasining 30 yilligi munosabati bilan Shvesiyada bu mahsulotni ommalashtirishga katta hissa qo‘shgan fuqarolar uchun maxsus mukofot ta’sis etildi. Jumladan, Andersson «Xot-dogga abadiy muhabbati va sosiskalarni mahorat bilan reklama qilgani uchun» diplomi bilan taqdirlandi. Shvesiya milliy jamoasi bosh murabbiyi endi tantanali marosimda rassom Kyell Engman tomonidan yaratilgan esdalik sovg‘asini ham oladi - temir sanchqi ustida shisha kolbasa. Xot-dogning futboldagi asosiy elchisi uchun munosib mukofot.

Murabbiyning o‘zi barchasidan xursand: «Ajoyib. Rosa ta’sirlandim! Yillar davomida qancha sosiska tanovul qilganimni hisobga olsak, chindan ham, munosib elchiman. Lekin buning uchun mukofot olishni kutmagandim. Shvesiya­dagi son-sanoqsiz stadionlarda bo‘lganman va hamma joyda avvalo, xot-dog qidiraman. Deylik, qaysidir o‘yinni ko‘rgani borsam, yarim soat avval xot-dog xarid qilaman. Uchrashuv boshlanishi arafasida yana bitta olaman! Shundan keyingina o‘yin boshlanishi mumkin». Umuman, murabbiy hattoki, matbuot anjumanlarida ham xot-dogni qo‘lidan qo‘ymaydi.

Anderssonni yaxshi biladigan Shvesiya terma jamoasi bosh oshpazi Mats Brostrem Rossiya-2018 mundialiga alohida tayyorgarlik ko‘rganini aytgandi: «Ha, bu yerga non va Boston bodringlarini olib keldik, lekin sosiska emas. Chunki Rossiyada sifatli sosiska borligini yaxshi bilardik». Murabbiy JCH davomida o‘z odatiga qarshi bormadi - kiyinish xonasida ham xot-dog tanovul qildi va shvedlar Janubiy Koreya termasini yengishdi. Jamoasi chorak finalda mag‘lubiyatga uchragach, Yanne buni ham xot-dog bilan bog‘ladi: «Aftidan, menga yomon qovurilgan sosiska berishgan...».

Anderssonning xot-dog haQidagi intervyusi (2009 yil)

- Aytishlaricha, siz jamoa boshlig‘i Anders Smit bilan Shvesiyaning barcha stadionlarida xot-dog tatib ko‘rgan ekansiz...

- Ha, odatda futbolchilar chigalyozdi mashqlarini bajarishayotganlarida, 1-2tadan xot-dogni paqqos tushiramiz, har bir arenada shunday qilamiz.

- Eng sifatli nonli sosiska...?

- Namligi me’yorida, go‘shti esa ko‘proq bo‘lishi kerak.

- Qalampir, ketchup, qovurilgan piyoz...?

- Faqat qalampir va ketchup.

- Eng yaxshi xot-dog qayerda?

- «Sederstadion» (2013 yilgacha bu arenada Stokgolmning «Xammarbyu» klubi o‘ynagan) ko‘p yillar davomida yetakchilikni qo‘ldan bermayapti. «Eryans Vall» («Xalmstad» arenasi)da ham sifat chakki emas.

- Eng yomoni?

- Yo‘q, birovni muhokama qilishni istamayman.

- Hozir nimani ko‘proq ma’qul ko‘rasiz?

- Non bilan yaxshi sosiskani...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:05, 05.12.2021.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.