Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Premyer ligada chempionlik poygasi avjiga chiqqan. To‘rtlikka kirish hayot-mamot masalasi

Premyer ligada chempionlik poygasi avjiga chiqqan. To‘rtlikka kirish hayot-mamot masalasi

Baho:
+ | -

Chempionlik uchun uchta jamoa


Angliya chempionatining barcha qiziqarli jihatlariga qaramay, birinchi o‘ringa chiqib olgan jamoalar boshqalarga qaraganda ancha ilgarilab ketardi. Bu o‘z navbatida "kuchli to‘rtlik", "kuchli oltilik" degan terminlarni vujudga keltirdi. Lekin aynan chempionlik uchun bir jamoa kurashardi. Buni “Man Siti” va “Liverpul”ning so‘nggi g‘alabalari yaqqol ko‘rsatib turibdi. “Shaharliklar” 2017/18 yilgi mavsumda eng yaqin ta’qibchisidan 19 ochkoga oldinda bo‘lgan, “qizillar” esa ikki yildan so‘ng 18 ochkolik farq bilan chempionlikni nishonlagandi.

Bu ikki mavsum oralig‘ida "Man Siti" va "Liverpul" so‘nggi turgacha chempionlik uchun kurash olib borishgan. O‘tgan mavsumda Gvardiola jamoasi “Manchester Yunayted”dan 8 ochko ko‘proq to‘plab chempion bo‘lishdi. Garchi "qizil iblis"larda chempionlik ambisiyalari yo‘q edi.

Bu yilgi mavsumda 15-turdan so‘ng uchta jamoa bir-biridan 2 ochko farq bilan bormoqda. “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Siti” uchlikni tashkil qilmoqda. So‘nggi turdan so‘ng "shaharlik"lar birinchi o‘rinda bormoqda.

Chempionlar yo‘li

1. Manchester Siti - 35 ochko (11G‘ 2D 2M)

2. “Liverpul” – 34 ochko (10G‘ 4D 1M)

3. “Chelsi” – 33 ochko (10G‘ 3D 2M)

"Chelsi" so‘nggi ikki oyda bir o‘zi APLda peshqadamlik qildi, ammo "Vest Xem"dagi mag‘lubiyat Tomas Tuxel jamoasini uchinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi.

Qiziqarli jihati APL yetakchisini to‘rtinchi o‘rindagi “Vest Xem” tanlagani. “Bolg‘achilar” “Liverpul” va “Chelsi”ni bir xil 3:2 hisobida mag‘lub etishdi, ammo “Manchester Siti” Devid Moyes (2:1) jamoasini mag‘lub etdi, bu esa raqobatchilardan ustunlikni berdi.

"Manchester Siti" APLda ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozondi, "Liverpul"ning g‘alabali seriyasi to‘rtta uchrashuvdan iborat bo‘lib, ularning umumiy hisobi 13:1. Ammo so‘nggi besh turda "Chelsi" bor-yo‘g‘i ikki marta g‘alaba qozondi.

Premyer-ligada Chempionlar ligasi uchun kurash

Unvon uchun kurashuvchilar doirasini ko‘rib chiqdik. "Manchester Siti", "Liverpul" va "Chelsi" butun shohsupani egallab, qolgan klublarga umuman Chempionlar ligasi uchun faqat bitta yo‘llanma qoldiradi, deb taxmin qilish mumkin. To‘rtinchi o‘rin uchun kurash haddan tashqari kuchli bo‘ladi. Ehtimol chempion kim bo‘lishini tahmin qilish mumkindir, lekin kuchli to‘rtlikdan kimlar o‘rin olishini aytib berish mumkin emas.

4. "Vest Xem" - 27 ochko (8G‘ 3D 4M)

5. "Tottenxem" - 25 ochko (8G‘ 1D 5M)

6. “Manchester Yunayted” – 24 ochko (7G‘ 3D 5M)

7. "Arsenal" - 23 ochko (7G‘ 2D 5M)

"Vest Xem" hali ham bu kurashda o‘ziga xos ritmni o‘rnatmoqda, ammo Premyer-liganing "eng ingliz yetakchi"si "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin ham o‘zini xotirjam va ishonchli his qila olmaydi, chunki "Tottenxem"ning zaxiradagi o‘yini bor, shuning uchun zaxiradagi ochkolar bo‘yicha ular ustunroq.

Premyer-liganing oldingi ikkita mavsumida "Lester" so‘nggi turda Chempionlar ligasi zonasidagi o‘rnini yo‘qotdi. Endi "tulkilar" jadvalning o‘rtasiga tushib ketishdi, o‘tgan mavsumda oltinchi o‘rinni egallagan "Vest Xem" esa "Katta oltilik"ga qarshi kurashmoqda.

Agar "bolg‘achilar" Chempionlar ligasiga yo‘l olishsa, bu ularning 1992/1993 yilgi Premyer-liga tashkil etilganidan beri eng yaxshi ichki ko‘rsatkichi bo‘ladi. "Vest Xem" hali APLda beshinchi o‘rindan (1998/99) yuqoriga ko‘tarilgani yo‘q.

Chempionlar ligasiga da’vogarlarning yarmi chempionat davomida murabbiyni almashtirdi. Antonio Konte "Tottenxem"da Nuna Espiritu Santuni, "Manchester Yunayted"da esa Ralf Rangnikni Sulsher o‘rniga olib keldi. Mikel Arteta ham chempionat boshida ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng haydalishga yaqin edi.

Bu poygada ko‘pchilik neytral muxlislarning simpatiyalari nafaqat to‘rtinchi o‘rin, balki yangi maqom uchun kurashayotgan "Vest Xem" tomonida bo‘lsa kerak. Jamoaning kelgusi mavsumdagi ko‘rinishi ko‘p jihatdan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yoki o‘tkazib yuborishga bog‘liq bo‘ladi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasisiz o‘sha Deklan Raysni saqlab qolish juda qiyin bo‘ladi.

Kiritildi: 12:24, 07.12.2021.
O'qildi: 5772 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик