Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon - Dinamo
13/05 19:00 Nasaf - Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Ulardan umid katta edi. 2021 yilda transfer narxida pasayish bo‘lgan futbolchilar

Ulardan umid katta edi. 2021 yilda transfer narxida pasayish bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yil oxirida Transfermarkt futbolchichilarning narxlarini yangiladi, biz esa narxida katta o‘zgarish bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z yuritishga qaror qildik.

2021 yilda qiymatini yo‘qotgan10 nafar yulduz futbolchisi

  • 1-2. Eden Azar (“Real”; Belgiya; 31 yosh) =  - 42 million yevro

    1-2. Filippe Koutinyo (“Barselona”, “Aston Villa”ga ijaraga berilgan; Braziliya; 29 yosh) =  - 42 million yevro

    3-5. Sadio Mane (“Liverpul”; Senegal; 29 yosh) = - 40 million yevro

    3-5. Joau Feliks (“Atletiko”; Portugaliya; 22 yosh) = - 40 million yevro

    3-5. Lionel Messi (“Pari Sen-Jermen”; Argentina; 34 yosh) = - 40 million yevro

    6. Neymar (“Pari Sen-Jermen”; Braziliya; 29 yosh) = - 38 million yevro

    7. Kleman Lengle (“Barselona”; Fransiya; 26 yosh) = - 36 million yevro

    8-9. Saul Niges (“Atletiko”, “Chelsi”ga ijaraga berilgan; Ispaniya; 27 yosh) = - 35 million yevro

    8-9. Miralem Pyanich (“Barselona”, “Beshiktosh”ga ijaraga berilgan; Bosniya; 31 yosh) = - 35 million yevro

    10. Roberto Firmino (“Liverpul”; Braziliya; 30 yosh) = - 34 million yevro

 

- Transfer qiymati 30 million yevroga tushgan futbolchilar bilan ro‘yxati: Kevin De Bryuyne, Trent Aleksander-Arnold, Yan Oblak, Antuan Grizmann, Mark-Andre ter Shtegen va Renan Lodi.

- Eden Azar ketma-ket uchinchi yil sayyoramizning eng arzon futbolchilari 10 taligiga kirdi va ketma-ket ikkinchi bo‘lib reytingda peshqadamlik qilmoqda. Belgiyalik “Chelsi”dan “Real”ga o‘tganidan so‘ng, ishonchsiz o‘ynamoqda, ko‘p jarohat olmoqda va o‘yin saviyasi bilan birga qadrini ham yo‘qotdi. 2019 yilning yozida Azar 150 million yevroga baholangan edi, endi esa Transfermarkt Edenning bozor qiymati kamtarona 18 million yevro deb ko‘rsatilmoqda.

- 150 milliondan 18 millionga tushib qolgan yana bir futbolchi Filippe Koutinyo bo‘lib, uning faoliyati Azarnikiga o‘xshaydi. Braziliyalik futbolchi Premyer-ligada yulduzga aylandi, katta pul evaziga Ispaniyaning top-klubiga o‘tdi va faoliyatida pasayish bo‘ldi. Biroq, bular orasidagi farq ko‘rinib turibdi: chunki Edenning o‘zi faoliyati orqaga ketishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, Filippe kataloniyaliklarning qurboni bo‘ldi. Koutinyo Myunxenda deyarli barcha kubokni yutdi, “Barselona”dagi shaxsiy statistikasi ham yomon emas. Faoliyatini Angliyada qayta boshlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud, Albionga uni “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi Jerrard jalb qilgan.

- “Liverpul” uchun yomon xabar shundaki, “qizillar”ning hujumkor yetakchilari qarimoqda: shu sabab ularning narxi tushib ketgan Mane va Firminoni ham top 10talikda uchratamiz. Roberto allaqachon Diogo Jotaga asosiy tarkibdagi o‘rin uchun raqobatda mag‘lub bo‘lmoqda, senegallik futbolchining o‘rnini bosadigan hujumchi Kloppda hozircha yo‘q, lekin u o‘zining cho‘qqisidan o‘tib ketgandek faraz bor. Harqalay, 2018/19 yilgi mavsumdan so‘ng Sadioning o‘yini doimiy ravishda pasayib bormoqda.

- 11 yil ichida birinchi marta Lionel Messining transfer qiymati 2010 yilda zabt etilgan 100 million yevrodan pastga tushdi. Uning eng yuqori cho‘qqisi 180 million yevroga baholandi. Yettita “Oltin to‘p” sohibi “Barselona”dan PSJga o‘tdi va u yerda odatdagidek yorqin o‘yin ko‘rsatmayapti. Biroq, Messining ko‘rsatkichi tushib ketishining asosiy sababi - yoshi. 2021 yilda Lionel o‘zining 34 yoshini nishonladi.

- 34 yoshida Messi 60 million yevroga baholanmoqda. Transfermarkt 22 yoshli Joau Feliksni ham xuddi shunday summada baholamoqda. Yosh portugaliyalik “Atletiko”ning umidlarini oqlamadi. Qisman Koutinyo (135 million yevro), Azar (115) va Feliks (127) kabi qimmat transferdagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli ispan grandlari Yevropa arenasida o‘z o‘rnini yo‘qotdi.

- 2021 yilda transfer summasi pasaygan eng faol futbolchilar “Barselona” a’zolari hisoblanadi: bu nafaqat Koutinyo, balki Lengle va Pyanich ham, kuchli o‘nlikka kirishdi. Grizmann va Ter Shtegenning ham bozor qiymatida katta pasayish bo‘lgan. Qolaversa, 2017 yilda 140 million yevroga sotib olingan va hozir 30 baholangan Usmon Dembeleni ham nutmaslik kerak. Balki, Erling Xolandning karyerasini xavf ostiga qo‘ymasligingiz kerakdir, janob Laporta?

 

2021 yilda nisbiy qiymat yo‘qotish bo‘yicha dunyodagi 10 nafar futbolchi

  • 1. Salif Sane (“Shalke”; Senegal; 31 yosh) =  narxi -91,6%ga pasayish bo‘lgan (9,5 mln yevrodan 800 ming yevroga)

    2. Konstantinos Manolas (“Olimpiakos”; Gresiya; 30 yosh) = - 84,4% (60 million yevrodan 15 million yevroga)

    3. Andreas Samaris (“Fortuna Sittard”; Gresiya; 32 yosh) = -84% (5 million yevrodan 800 ming yevroga)

    4. Roman Byurki (“Borussiya Dortmund”; Shveysariya; 31 yosh) = -83,6% (11 million yevrodan 1,8 million yevroga)

    5-7. Gilfi Sigurdsson (“Everton”; Islandiya; 32) = -83,3% (18 mln yevrodan 3 million yevroga)

    5-7. Shkodran Mustafi (“Levante”; Germaniya; 29 yosh) = -83,3% (12 million yevrodan 2 million yearoga)

    5-7. Samuel Umtiti (“Barselona”; Fransiya; 28 yosh) = -83,3% (12 million yevrodan 2 million yevroga)

    8. Daniel Ginchek (“Volfsburg”; Germaniya; 30 yosh) = -82,9% (7 mln yevrodan 1,2 million yevroga)

    9-10. Duglas Kosta (“Gremio”; Braziliya; 31 yosh) = -80% (20 million yevrodan 4 million yevroga)

    9-10. Xoni (“Lasio”; Ispaniya; 30 yosh) = -80% (5 million yevrodan 1 million yevroga)

 

- Nisbiy nuqtai nazardan qiymatning eng yorqin regressiyasi himoyachi Salif Sane bilan kuzatildi. U o‘tgan yili “Shalke” bilan ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi va bu mavsumda u 8 daqiqa o‘ynadi.

- Biz turli yillardagi ikki jahon chempioni - Shkodran Mustafi va Samuel Umtitini ko‘rmoqdamiz. Nemis va fransuz futbolchisidan ko‘p narsa kutilgandi. Ammo, bu yigitlar biroz ertaroq muammolarga aralashib qoldi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 21:10, 11.01.2022.
O'qildi: 5337 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.