Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

60 yoshli futbolchi, eng ko‘p mag‘lubiyatsiz seriya, Levandovski, Ronaldu, va Messi yoxud 2021 yil futbol tarixida yuz bergan afsonaviy rekordlar

60 yoshli futbolchi, eng ko‘p mag‘lubiyatsiz seriya, Levandovski, Ronaldu, va Messi yoxud 2021 yil futbol tarixida yuz bergan afsonaviy rekordlar

Baho:
+ | -

Dunyo futbolida har yili yangi rekordlar qayd etiladi. 2021 yil ham bundan mustasno emas. O‘tgan mavsum ham oldingilariga qaraganda juda qiziqarli va esda qolarli bo‘ldi. Klub va milliy terma jamoa miqyosda 2021 yil allaqachon tarixga kirdi va ba’zi o‘yinchilar o‘zlarining statistikalarini sezilarli darajada yaxshilab oldilar. Biz esa eng muhim futbol rekordlarini sarhisob qilishimiz va esga olish vaqti keldi deb o‘ylaymiz. Shu sabab, o‘tgan yili qayd etilgan aql bovar qilmas natijalar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

Ronni Brunsveyk — eng keksa futbolchi

Surinam vise-prezidenti Ronni Brunsveyk 2021 yilda g‘alati rekordlardan birini o‘rnatdi. U o‘z ismini tarix sahifalarida 60 yoshida xalqaro klub musobaqalarida qatnashgan eng keksa futbolchi sifatida qoldirdi. Shunga o‘xshash rekord avvalroq Jorj Veaga tegishli edi.

 

Ronni Brunsveyk o‘zining “Inter Moyengotapoye” klubida o‘ynagan edi, afsuski, mazkur bahsda uning jamoasi o‘z maydonida “Olimpiya”ga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu Paramaribodagi (Surinam) “Franklin Essed” stadionida, KONKAKF ligasining 1/8 finali doirasidagi bahlarning birinchi o‘yinida bo‘lib o‘tdi.

U 54 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Shuningdek, u ushbu o‘yinda o‘g‘li Damian Brunsveyk bilan birga o‘ynagan.

 

Xalqaro futboldagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya

Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi 2021 yil yozida bo‘lib o‘tgan Yevro-2020 musobaqasida g‘alaba qozonib, o‘ziga xos natija qayd etishdi. Shuningdek, ular terma jamoalar miqyosigi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘lishdi.

Roberto Manchini boshchiligidagi “moviy gvardiya” 35 o‘yindan iborat bo‘lgan avvalgi rekordini o‘zlariniki qilib olishdi. Ushbu natijani avvalroq Ispaniya va Braziliya terma jamoalarini qayd etishgan edi. Mazkur rekordlar ketma-ket 37 ta o‘yinda mag‘lubiyatsiz o‘ynagan Italiya tomonidan yangilandi. Biroq, ularning rekord seriyasi oktyabr oyida Shveysariya tomonidan tufayli to‘xtatildi.

 

Yevropa chempionati tarixidagi eng yosh futbolchi

Jud Bellingem Yevropa chempionatlarida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ldi. “Borussiya D” futbolchisi terma jamoalar o‘rtasidagi Yevropa musobaqasidagi debyutini 17 yosh-u 349 kunligida o‘tkazdi. Bellingem Xorvatiyaga qarshi o‘yinda Angliya safida maydonga tushdi. Bu orqali Jud 18 yosh-u 71 kunligida Yevroda o‘ynagan Jetro Villemsning rekordini yangiladi.

Biroq, o‘sha natija Yevro-2020 musobaqasining o‘zidayoq yangilandi. Oradan atigi 6 kun o‘tib, polshalik yarimhimoyachi Kasper Kozlovski 17 yoshu 246 kunligida debyut qildi. U Yevro-2020 guruh bosqichida Ispaniyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va bahsning ikkinchi yarmida zahiraga olindi.

 

Bundesliganing bir kalendar yilida eng ko‘p gol urish

Levandovski 2020 va 2021 yillarda o‘zining yorqin karyerasining cho‘qqisiga chiqdi. Shu sabab, u ham ko‘plab rekordlarni yangilashi ajablanarli emas edi.

Avvaliga, “Bavariya” yetakchisi Bundesliganing bir mavsumida 40 ta gol urgan Gerd Myullerning rekordini yangilay oldi. Keyin u yana o‘sha Gerd Myullerning Bundesliga bir kalendar yili davomida urgan 42 ta goldan iborat afsonaviy rekordini ham o‘ziniki qilib oldi. Leva bu yil Bundesligada 43 ta gol urishni uddaladi. Aytgancha, bu rekordni 1972 yildan beri hech kim yangilayy olmayotgan edi.

 

Messining 7-marta “Oltin to‘p”ni olishi

Ha, bu voqea futbol jamoatchiligida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Biroq, Messining kolleksiyasida hozirda 7 ta “Oltin to‘p” borligi haqiqat bo‘lib qolmoqda. Bu yil nima uchun bu mukofotga Leoga berilgani haqida avvalgi xabarlarda tushuntirib o‘tgan edik.

Ertami-kechmi o‘tmishga aylanadigan turli futbol rekordlari bor. Biroq, hozirgi futbolchilardan qaysi biri 8 ta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin? Bir kun kelib bu albatta sodir bo‘ladi, lekin yana bir shunday kuchli futbolchini qancha kutishimiz kerak? Umid qilamizki, yosh iqtidorlar orasida bu rekordni yangilay oladiganlar topiladi.

Messi, PSJdagi mavsumni omadsiz boshlaganiga qaramay, 2021 yil argentinalik uchun juda sermahsul bo‘lganini tasdiqlash uchun uning bir nechta rekordlarini taqdim etamiz.

 

Bitta klub safida eng ko‘p gol kiritish 

Messi shu yozda PSJga o‘tganida, bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Bunday transfer uning yana bir misli ko‘rilmagan rekordini soyada qoldirdi –“Barselona” safida kiritgan 672 ta gol. Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pelening “Santos” safida kiritgan 646 golli rekordini ortda qoldirdi.

 

Bitta ligada eng ko‘p gol urish

Bu yana – Messi. Va u yana Pelening rekordini yangiladi. Faqat endi Leo bitta ligadagi gollar soniga bo‘yicha avsonaviy braziliyalikni ortda qoldirdi. Pele Braziliya chempionatida 469 gol urgan bo‘lsa, Messi La Ligadanketishidan oldin 474 gol urishni uddalagandi...

 

Messi Amerika kubogi—2021 musobaqasida...

Janubiy Amerika qit’asida eng ko‘p gol urish

Messi Ronalduning xalqaro miqyosidagi gollar sonidan o‘zib keta olmagan bo‘lsa-da, u 2021 yilda Janubiy Amerikaning eng yaxshi to‘purari ekanligini isbotladi. Va bu yerda yana Pele nomi tilga olinadi. Darhaqiqat, bu safar ham Messi futbol tarixidagi janubiy amerikalik o‘yinchilar orasidagi eng ko‘p gol urish bo‘yicha Pele rekordini yangiladi. Argentinalik futbolchi qit’a bo‘yicha 80 ta gol urib, Pelening avvalgi 77 ta gollik natijasini ortda qoldirdi.

 

Ronaldoning rekordlari

Tan olish kerak, 2021 yilda qayd etilgan rekordlarni yodga oladigan bo‘lsak, Ronaldusiz gapirishning umuman iloji yo‘q. Portugaliyalik futbolchi o‘zining 37 yoshini nishonlash arafasida bo‘lsa-da, ro‘yxatimizda eng muhim rekordlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, u “Oltin to‘p-2021” reytingida atigi 6-o‘rinni egalladi.

 

Ronaldu “Manchester Yunayted”da

An’anaga ko‘ra, uning yoshidagi ko‘pgina o‘yinchilar butsalarini mixga ilishdi, ammo Ron yaqin vaqt ichida bunday qilishni rejalashtirmayapti. U 2021 yilgi IFFHS Best European XI 2021 ro‘yxatiga kiritildi, shuningdek, ko‘plab jahon rekordlarini yangilagan va o‘zining yangi klubi safidadoimiy ravishda gol urishda davom etmoqda. Darhaqiqat, u futbol tarixida yutish mumkin bo‘lgan deyarli hamma musobaqada g‘alaba qozonishni uddaladi.2021 yil portugaliyalik uchun sovrinsiz yakunlangan bo‘lsa-da, Ronaldu ko‘plab jahon rekordlarini o‘rnatdi. Biz hozir shu haqida biroz ma’lumot beramiz.

 

Jahon futboli tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Pelening rekordlar ro‘yxatini nafaqat Lionel Messi, balki Ronaldu ham yangiladi. IFFHS statistik nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” yetakchisi faoliyati davomida 800 dan ortiq gol urgan. 2021 yilda u Pelening 766 gollikrekordini yangiladi. 

Yevropa chempionatida eng ko‘p qatnashgan futbolchi

O‘tgan yozda Ronaldu turli mamlakatlardagi Yevropa chempionatining ketma-ket beshtasida o‘ynagan yagona futbolchi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ldi. U Yevro-2004, 2008, 2012, 2016 va 2020 yillardagi qit’a turnirida Portugaliya terma jamoasi safida maydonga tushgan. Shuni qo‘shimcha qilamizki, u o‘zi qatnashgan barcha turnirlarda jamoa yetakchisi bo‘lgan va muntazam ravishda gol urib kelmoqda.

Yevro turnirlarida eng ko‘p kiritgan futbolchi

Portugaliyalik yulduz turnir “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritib (6 ta gol), Yevropa chempionatida gol urish bo‘yicha rekordchiga aylandi. U Mishel Platini tomonidan o‘rnatilgan10 gollik rekordni yangiladi. Qolaversa, hozirda uning hisobda 14 ta gol bor. Shunchaki, super!

Biroq, Portugaliya kutilgandek o‘yin ko‘rsata olmaganini qo‘shimcha qilamiz. Ro‘yxatda shunday yetakchi va yosh iqtidorlarga qaramay, Fernando Santush shogirdlari 1/8 final ham chiqa olishmadi. Agar, uning jamoasi yuqoriroq o‘rinlarga yetib borganda, yana qancha rekord yangilanar edi, noma’lum.

Portugaliya to‘xtatilgan bo‘lsa-da, uning yetakchisi beshta Yevropa chempionatida gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U Yevro-2004da ikkita, 2008 yilda bitta, 2012 va 2016 yillarda uchtadan gol urgan. Shu tariqa KriRo futbol tarixiga o‘z nominiyevropa chempionatida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchi sifatida yozib qoldirdi.

 

Milliy terma jamoa safida eng ko‘p gol urish

2021 yilning eng yorqin rekordlaridan biri - Ronaldu erkaklar o‘rtasidagi xalqaro futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanishi.

JCH-2022 saralashi doirasidagi Irlandiyaga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu xalqaro faoliyatidagi 110 va 111-gollarini urdi. Bu bilan u terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha eronlik Ali Dayining rekordini ortda qoldirdi - 109. KR7 keyinchalik bu reordni yanada yaxshilashga erishdi va hozirda uning hisobida115 ta gol bor.

 

Milliy terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish

Ronaldu tomonidan yangilangan rekordlardan biri shundaki, u Yevropa qit’asi doirasida terma jamoalar safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futboli nomini ham o‘ziniki qila oldi. U Portugaliya terma jamoasi safida 184 o‘yin o‘tkazib, Ispaniya safida 181 o‘yinda maydonga tushgan Serxio Ramosning rekordini yangiladi. Ammo, umumiy jahon rekordini yangilashga hali ancha bor, chunki rekord malayziyalik Sox Chin Annga tegishli. U 219 ta o‘yin o‘tkazgan.

Ko‘rib turganingizdek, 2021 yilgi futbol tarixida ko‘plab rekordlar yangilandi. Bu natijalar hali yana yangilanishi tayin. Shuningdek, biz Qatarda bo‘lib o‘tadigan birinchi qishki jahon chempionatini kutamiz. Chunki, unda biz nafaqat sensasiyalar, balki yangi rekordlarni ham ko‘rishimiz aniq.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: culture.futbol
Kiritildi: 12:59, 28.01.2022.
O'qildi: 3181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.