Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Saloh: "Bugun Mane bilan raqib bo‘lamiz, keyin esa jamoadoshga aylanamiz»

Saloh: "Bugun Mane bilan raqib bo‘lamiz, keyin esa jamoadoshga aylanamiz»

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Afrika Kubogi finalidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Senegal terma jamoasiga va Sadio Manedek futbolchiga qarshi o‘ynash ajoyib. Bugun biz raqib bo‘lamiz, keyin esa jamoadoshga aylanamiz.

U bilan finaldan oldin ozroq suhbatlashdik, Marokash terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boshidan olgan jarohati haqida so‘radim. O‘shanda men unga finalda uchrashish niyatida ekanligimni aytgandim.

Terma jamoa tarkibida sovrin yutish o‘zgacha narsa. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganimda ham ajoyib his-tuyg‘uga ega bo‘lgandim. 30 yildan beri bu ishni qilmagan jamoam bilan APL g‘olibiga aylandim. Men Shveysariyada g‘alaba qozondim, xullas ko‘p joylarda yutdim. Endi esa o‘z vatanim tarkibida g‘alaba qozonmoqchiman. Umid qilamanki, bugun buni uddalaymiz», – dedi Saloh.

Misr hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 7 fevral kuni soat 00:00da boshlanadi.

Kiritildi: 01:17, 06.02.2022.
O'qildi: 1845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик