Kuni kecha "PSJ"ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytgan Neymar Fransiya chempionati doirasida bugun "Renn" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvning qaydnomasidan joy olmadi.
Aftidan, braziliyalik futbolchini jamoaning rasmiy o‘yinlarida maydonga tushishiga klub shifokorlari tomonidan ruxsat berilmagan.
Bundan tashqari, Neymar 15 fevral kuni Parijda "Real"ga qarshi YECHL doirasida maydonga tushishi ham katta so‘roq ostida turibdi.