Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema jarohatidan keyin kuchliroq bo‘lib qaytishi haqida gapirdi.
«Vilyarreal»ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng bir necha daqiqa o‘tib, fransiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarga video joylashtirdi va u bu orqali Chempionlar ligasida «PSJ» bilan o‘yingacha tiklanishi mumkinligiga ishora qildi.
«Menga to‘liq motivasiya yetib turibdi. Men kuchli bo‘lib qaytaman», - deydi Benzema videoda.