Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 21:45 Lill - Galatasaroy
21/10 21:45 Komo - Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya - Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid - RB Leypsig
21/10 23:59 Inter - Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa - Viking
21/10 23:59 Betis - Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge - Lans
21/10 23:59 Sporting - LASK

Nazorat o‘yini. Sidorovning goli evaziga "Navbahor" "Alashkert" ustidan g‘alaba qozondi

Nazorat o‘yini. Sidorovning goli evaziga "Navbahor" "Alashkert" ustidan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antalya shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan “Navbahor” jamoasi bugun Armanistonning “Alashkert” (Erevan) klubiga qarshi nazorat-sinov o‘yini tashkil etdi. 

Ushbu bahsda hisobni “lochinlar” ochishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan hujumchi Andrey Sidorov Ehsoni Panshanbening burchakdan uzatib bergan to‘pini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Uchrashuv aynan namanganliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Xabaringiz bor, “Navbahor” 12 fevral kuni Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasiga qarshi o‘yin (1:0) o‘tkazgandi, shu bois, bugun murabbiylar shtabi kechagi uchrashuvda maydonga tushmaganlar va nisbatan kamroq daqiqa mobaynida to‘p tepganlarni maydonga tushirib, ularning holatlarini yana bir bor ko‘zdan kechirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Nazorat-sinov o‘yini
“Navbahor” – “Alashkert” (Erevan) – 1:0
Gol: Andrey Sidorov.

“Navbahor”: Rahimjon Davronov, Xurshidbek Muxtorov, Bobur Mo‘ydinov, Abbos G‘ulomov, Hojiakbar Yunusov, Sardor Telyakov, Jamshid Boltaboyev, Asad Sobirjonov, Islom Kenjaboyev, Ehsoni Panshanbe, Ibrohim G‘anixonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muzaffar Mo‘minov, Andrey Sidorov.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” mazkur yig‘in doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini 16 fevral kuni Rossiyaning “Ximki” klubiga qarshi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:05, 13.02.2022.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик