Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Yil simulyasiyasi (video)

Yil simulyasiyasi (video)

Baho:
+ | -

Afsuski, «Oskar» mukofotiga nomzodlarni fevralda e’lon qilishdi, aks holda, da’vogarlar ro‘yxatiga «Ayaks»ning braziliyalik futbolchisi Antoni ijrosidagi aktyorlik ishi ham kirishi muqarrar edi. Har holda, uning «Feyenoord»ga qarshi bahsdagi qiliqlari shunga ishoradir.

** 93-daqiqa - Antoni raqibi bilan to‘qnashish natijasida o‘rindiqlar joylashgan hudud tomon «uchib», so‘ngra oyog‘idagi og‘riqdan nolib yotdi.

** Braziliyalik o‘yin to‘xtatilmaganini tezda anglab, oqsoqlangan ko‘yi maysaga qaytdi.

** Lekin ahvoli yaxshilanmadi: hujumchi oyog‘ini ushlab turar, Devi Klassen esa klubdoshining orqasiga yengil urib qo‘yardi.

** Shu pallada muammo nimaligidan bexabar Dushan Tadich ishga kirishdi. «Ayaks» sardori shahdam qadamlar bilan Antoni yoniga bordi, uni yerga yotqizib, raqiblar va hakamga futbolchining jarohat olgani, tanaffus kerakligini aytdi.

** Bularning bari «Feyenoord» murabbiyi Arne Slotning qarshisida sodir bo‘layotgandi. U xandon otib kulardi.

** Antoniga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘rnidan turdi. Hakam esa uning yoniga kelib, vaqt cho‘zgani uchun sariq kartochka ko‘rsatdi - bu braziliyalik futbolchi uchun o‘yindagi ikkinchi ogohlantirish edi. U avvalroq g‘alaba golini urgach, futbolkasini yechgani uchun ham «sariq»qa loyiq ko‘rilgandi. Oqibatda, uchrashuvni boshqalardan avvalroq yakunlashga majbur bo‘ldi.

** Bu o‘yin haqiqiy spektaklga aylandi, bu o‘rinda braziliyalikning simulyasiyasi bir qism xolos. Antoni 86-daqiqada hal qiluvchi golni urib, hisob 3:2 bo‘lishini ta’minladi, vaholanki, 75-daqiqada «Ayaks» yutqazayotgandi - 1:2. Darvoqe, muvozanat Dushan Tadich tomonidan kiritilgan to‘p evaziga tiklangandi - u ham o‘yin oxiridagi tomosha ishtirokchilaridan biri.

** Ushbu g‘alaba evaziga «Ayaks» Niderlandiya chempionatida birinchi o‘rinni saqlab qoldi: PSV bilan oradagi farq - 2 ochko. Amsterdamliklarning urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollardagi farqi fantastik darajada - 80:13.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:36, 26.03.2022.
O'qildi: 5993 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик