Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

1998 yilgi Jahon chempionatida Eron va AQSH o‘rtasidagi o‘yin keskinlik timsoliga aylandi, ammo Qatar-2022dagi o‘yin siyosiy qarama-qarshilikni davom ettirishi mumkin

1998 yilgi Jahon chempionatida Eron va AQSH o‘rtasidagi o‘yin keskinlik timsoliga aylandi, ammo Qatar-2022dagi o‘yin siyosiy qarama-qarshilikni davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

Eron va AQSH 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Angliya bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Jahon kubogi sport doirasidan tashqariga chiqadigan qarama-qarshilikni taqdim etadi.

Sport siyosatdan tashqaridami?

Sport va uning atrofida har doim juda ko‘p shiorlar mavjud bo‘lib, ular haqiqatga deyarli aloqasi yo‘q. Misol uchun, Pyer de Kubertenning Olimpiadada nafaqat g‘alaba qozonish, balki ishtirok etish muhim degan iborasi ko‘p marta talqin qilingan va o‘zgartirilgan. Muallifning o‘zi buni turli xil versiyalarda aytgan. Masalan, “ishtirok” so‘zini “munosib kurash” bilan almashtirish.

Ammo baribir, bu mohiyatni o‘zgartirmadi va sportning siyosatdan tashqarida ekanligi to‘g‘risida gapirish umuman bo‘lmagan gap. Aksincha, sport yutuqlari hamisha siyosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. Shunga ko‘ra, davlatlar va tizimlarning ziddiyatlari sportga o‘tkazildi. Aks holda, 1980 va 1984 yilgi Olimpiada o‘yinlarining boykotlari ro‘y bermagan bo‘lardi va UYEFA saralash turnirlarida ba’zi jamoalarni yoki Yevropa musobaqalarida ba’zi mamlakatlar klublarini jalb qilmagan bo‘lardi.

Yevro-2012 saralashida Armaniston va Ozarbayjon terma jamoalari bir guruhga tushib qoldi va futbol mutasaddilari jonli efirda buni o‘zgartirishga majbur bo‘lishgandi. Ammo bundan to‘rt yil oldin munosabatlari keskinlashgan qo‘shni davlatlar o‘zaro qayerda va qanday o‘ynashni aniqlay olmadi va UYEFA ikkala jamoaga texnik mag‘lubiyatlar yozishga majbur bo‘ldi.

Bundan tashqari, Yevropa turnirlarida Rossiya va Ukraina, Ispaniya va Gibraltar, shuningdek, Serbiya va Bosniya bilan Kosovo o‘rtasidagi o‘yinlar tashkil etildi. Garchi bu mumkin bo‘lgan nizolarni bartaraf etmasa ham. Misol uchun, JCH-2018da Shveysariya terma jamoasi yarim himoyachilari Jerdan Shakiri va Granit Jaka serblar bilan o‘yinda alban burguti tasvirini ifodalab gollarni nishonlagan.

Ustiga-ustak, Shakirining butsalarida nafaqat Shveysariya, balki Kosovo bayrog‘i ham tasvirlangandi. Va bularning barchasini 2014 yilda Serbiya va Albaniya o‘rtasidagi o‘yinda Belgraddagi maydonda Buyuk Albaniya bayrog‘i tushirilgan dron paydo bo‘lganiga qiyoslash mumkin bo‘lgan provokasiya deb hisoblash mumkin. Mezbonlar himoyachisi Stefan Mitrovich millatchilik deb hisoblangan bayroqni urib tushirgach, maydonda mushtlashuv kelib chiqqandi.

Barcha o‘yinlar onasi

2022 yilgi jahon chempionatida bir guruhdan joy olgan Eron va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar ham murakkabroq. Qattiq sanksiyalar, Yaqin Sharq mintaqasidagi mojarolar, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar... Xohlasangiz, Islom inqilobi va 1979 yilda Tehrondagi Amerika elchixonasining bosib olinishidan boshlab, shu mavzuda butun boshli tadqiqot yozishingiz mumkin. Lekin gap hali yil oxirida Eron va AQSH futbol maydonida uchrashishi haqida ketmoqda.

Ular 1998 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida o‘ynashgan va bu o‘yinga katta e’tibor qaratilgan edi. Shtatlarda sport boshliqlaridan biri qur’a tashlash marosimidan keyin "barcha o‘yinlarning onasi" atamasini ishlatgan, garchi keyinchalik jamoada hamma siyosiy tuslarni qat’iyan rad etgan. Eronda ko‘plab siyosatchilar uchun bu yovuz imperiya bilan uchrashuv edi. Liondagi o‘yin arafasida esa vaziyat qizigandi. Jumladan, eronlik kurashchilar shtatlarda bo‘lib o‘tadigan turnirga qo‘yilmagan, qochqinlar esa forslar bosh murabbiyi, o‘tmishda terma jamoaning mashhur futbolchisi Jalol Tolebiyning matbuot anjumanida norozilik bildirishgan.

Aytgancha, avvalroq Eron yoshlar terma jamoasida ishlagan mutaxassis mamlakatda futbolga vaqtinchalik taqiq qo‘yilganidan so‘ng vatanini tark etishga majbur bo‘ldi. Tolebi Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur va Indoneziyada ishlagan, keyin butunlay Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda universitet jamoasiga murabbiylik qilgan. Biroq, jahon chempionatidan uch hafta oldin terma jamoa Tomislav Ivichni ishdan bo‘shatib, o‘z qahramonini chaqirgandi.

Eron uchun amerikaliklar bilan o‘yin 1998 yilgi jahon chempionatidagi asosiy o‘yin bo‘lib, terma jamoa lageridan qattiq gaplar eshitildi. Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgan Hadad Azizi, forslarning fikricha, AQSH tomonidan gijgijlangan Eron-Iroq urushi qurbonlarini esladi. O‘yinda misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralari ko‘rilishiga olib kelgan tartibsizliklar haqida mish-mishlar tarqaldi. Tolebi esa har ikki davlatga yaqin inson sifatida bor e’tiborni futbolga qaratishga undadi va uning yondashuvi g‘alaba qozondi.

Oq atirgullar va jamoaviy suratga tushish

Qoidaga zid ravishda amerikaliklar birinchi bo‘lib qo‘l berib ko‘rishdi, o‘yin oldidan eronliklar Eronda tinchlik ramzi hisoblangan oq atirgul guldastalarini raqiblarga sovg‘a qilishdi. Forslarning jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabasi (2:1) esa milliy bayramga aylandi.

"20 yil o‘tdi, lekin men o‘sha paytda boshdan kechirgan his-tuyg‘ularimni qanday ifodalashni hali ham bilmayman", dedi Tolebi The Guardian nashriga bergan intervyusida. "Men buni tushuntirib berolmayman. Hali ham ko‘nglimda, yuragimda. Lekin bu AQSH bo‘lgani uchun emas. Bu Eron xalqi baxt kutayotgan bir paytda jahon chempionatidagi ilk g‘alaba edi. Va bu odamlarni xursand qildi. Mening yurtimdagi odamlar o‘sha tunni va erta tonggacha ko‘chalarda qanday raqsga tushishganini hech qachon unutishmagan.

Biz o‘yinni siyosiylashtirmadik, ammo Eron buni haddan tashqari qildi. Menimcha, Eron hukumati buni siyosiy o‘yinga aylantirdi. Agar men buni yana qilishim kerak bo‘lsa, men ikki davlat o‘rtasidagi tarixni ko‘tarib, natijaga erishish uchun motivasion vosita sifatida foydalanardim. Ammo o‘sha paytda men bunday qilmaslikka qaror qildim. Men o‘z mamlakatimga yordam berishdan xursand bo‘ldim, ammo AQSHda ham baxtli edim. Bu menga imkoniyat bergan joy edi. Vatanimga yomonlik qilishni xohlamadim, bu menga va oilamga yaxshi kelajakka ega bo‘lish imkoniyatini berdi".

“Lion” o‘yini ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilagan. Biroq, bir necha yillik muloqot va vaziyatni yumshatish bo‘yicha haqiqiy qadamlar muvaffaqiyasizlikka aylandi. Jorj Bush 2002 yilda Eronni yovuzlik o‘qi deb e’lon qilgan va hozir munosabatlarning normallashuvi haqida gapirishning hojati yo‘q. Ammo Qatardagi jahon chempionatidan keyin nima bo‘lishini kim biladi?

Kiritildi: 20:43, 03.04.2022.
O'qildi: 2915 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.