Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mo‘’jizaviy «Receba!» (video)

Mo‘’jizaviy «Receba!» (video)

Baho:
+ | -

Braziliyada yangi megayulduz paydo bo‘ldi: tik-tokdagi barcha trendlar Braziliya yaqinidagi 30 ming aholisi bor kamtarona Kijingi shaharchasidan chiqqan 20 yoshli Iran Ferreyra bilan band. Bu yigitcha atigi yarim yil ichida 15 million obunachi to‘plashga ulgurdi. Iranning tuproq va loy maydonda tayyorlagan roliklarini Neymar repost qiladi, golni nishonlash uslubini esa kichik Krishtianu parodiya qiladi. Muvaffaqiyat siri - afsonaviy «Receba!»

Iran tayyorlagan har bir videoning resepti oddiy: u maydonda o‘ziga xos harakatlarni amalga oshirib, ularni original nishonlash bilan yakunlaydi. Yarim yil avval Ferreyraning «Receba» deb hayqirishi deyarli virusdek tarqalgandi - u shiddat bilan braziliyalikning siymosiga aylandi. «Receba»ni «Qabul qiling» deya tarjima qilish mumkin. Iran bu so‘zni har bir roligida ishlatadi, mazkur «fishka» auditoriyaga juda yoqadi.

Ferreyra obrazidagi yana bir muhim jihat - qurilish qo‘lqoplari. «Shahardagi barcha qurilish do‘konlariga kirib, eng arzon qo‘lqoplarni topdim. Ular ajoyib g‘oyadek tuyuldi - darvozada turish yoki shunchaki, obraz yaratish uchun. Bizning kompaniyada hech kim darvozabon qo‘lqoplari borligi bilan maqtana olmasdi. Do‘stlarimning ko‘pchiligi mening quruvchilarga o‘xshashimni aytib, hazillashishardi, lekin Braziliyadanman. Menga baribir».

Iran har bir roligida futbolkalarini o‘zgartirishni ham unutmaydi. Ferreyraning oilasi «Vasko da Gama»ga muxlislik qiladi - shu bois, yigitcha ko‘p hollarda aynan shu jamoa libosida ko‘rinish beradi. Yaqinda «Vasko» tik-tokerni ko‘rib, klub stadionida rolik ishlash taklifini berdi. Iran ularga rad javobi berolmasdi.

«Receba» butun dunyoda mashhur bo‘lib ketdi. «Bavariya»dagi Serj Gnabri uni takrorlashdan aslo uyalmaydi. Kichik Krishtianu ham chetda qolmadi. Neymar va Risharlison esa Iranning roliklarini o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida obunachilariga ulashishdi: shundan so‘ng Ferreyraning akkauntiga yuz ming-lab yangi obunachilar tashrif buyurishdi.

Yaqinda Ferreyra Jornal de Brasilia nashriga katta intervyu berib, unda jumladan shunday dedi: «Futbol bilan 5 yoshimdan shug‘ullanishni boshlaganman, men ham yulduzga aylanishni xohlaganman. Har doim professional futbolchi bo‘lish orzusi bilan yashaganman. Krishtianu Ronalduning o‘yinlarini ko‘rib, uning tirish-qoqligi va maqsad sari intilishiga havas qilganman. Buni qanday uddalayotganini tushunmaganman, axir bu juda qiyin. Futbol - hayot. Bu mening qalbim. Futbolsiz hech kimman. Hayotda eng katta rohatni har kuni futbol o‘ynash orqali olaman. Mashhurlikka erishishimga aynan nima yordam berganini aytolmayman. Chunki o‘zim ham sababini bilmayman. Qo‘lqoplar? Ular chindan ham obrazimning bir qismiga aylandi. Bunga kim ham ishonardi? Tosh yo‘nuvchining qo‘lqopi mening noyob anjomim bo‘lib qoldi. Haqiqiy mo‘’jizalar aynan shu tariqa ro‘y beradi».

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:33, 04.04.2022.
O'qildi: 3164 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик