"Vest Xem" futbolchisi Jarrod Bouen "Lion"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U shunday deydi:
"Men bu o‘yinni intiqlik bilan kutdim. "Sevilya"ga qarshi bahsda ham qo‘limdan kelganicha harakat qilgan edim. Ammo jarohatlar meni maydonda harakat qilishimga yo‘l bermagan. Jamoadoshlarimning o‘zi mensiz u to‘siqdan o‘ta olgandi. Hozir esa oldimizda yana ikkita, o‘ta muhim o‘yin turibdi".
Bouen 5 mart kuni "Liverpul" bilan o‘yinda jarohat olgandi.