Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Pro ligada may oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Pro ligada may oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Pro liganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan may oyida Pro ligada 4 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

May oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Anvar Berdiyev (“Turon”) – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 5:2

Viktor Kumikov (“Andijon”) – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 5:2

Diyor Mirzaboyev (“Yangiyer”) – 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 8:3

Hakim Fuzaylov (“Buxoro”) – 4 o‘yin,3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 6:5

Asror Aliqulov (“Sho‘rtan”) – 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:3


May oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Suhrob Berdiyev (“Yangiyer”) – 4 o‘yin, 3 gol

Shahboz Erkinov (“Andijon”) – 3 o‘yin, 2 gol

Song Longji (“G‘ijduvon”) – 4 o‘yin, 2 gol

Ro‘zim Ahmedov (“Buxoro”) – 4 o‘yin, 4 gol.


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Pro liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Pro liganing 10 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Shuningdek, bu yildan e’tiboran O‘zPFL ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlari hamda Pro liga rasmiy brodkasteri hisoblangan UzReport TV dan ham ovozlar oladi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Kiritildi: 07:00, 05.06.2022.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.